Ikkinchi kesishuv KoQ∙H2 dan c1 sitoxromgacha bo`lgan qismda ro`y beradi. Vodorodning tashqi membranaga transport qilinishi va bu joyda KoQ∙H2 ning oksidlanishi qanday borishi noma`lum bo`lgan Q-siklda amalga oshadi. KoQ∙H2 tarkibidagi vodorodning ichki membranadan tashqi membranaga maxsus Q-oqsillar yordamida o`tkaziladi. Tashqi membrana yuzasida KoQ∙H2 ning oksidlanishi muhitga 2–juft protonlarning o`tishi va 2 ta elektronning b566 sitoxromi va FeS li oqsil (FeS-PR2) orqali boshqa KoQ molekulasiga qaytadi. Bu KoQ esa qaytarilish jarayonida matriksdan yana 2 ta protonni biriktirib oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |