Nazorat savollari
Genetik axborot qanday usullarda ko`chiriladi.
Replikatsiyaning qanday turlari farq qilinadi?
Replikatsiya qanday mexanizm bo`yicha amalga oshadi?
Transkripton nima?
Intron va ekzonlar nima?
Transkriptsiya uchun qanday sharoitlar bo`lishi kerak?
Transkriptsiyaning mexanizmi qanday?
RNK ning posttranskriptsion o`zgarishlari.
4.3. Oqsillar biosintezi - translyatsiya. Genetik kod va uning xossalari.
Rekognitsiya. Ribosomalarda oqsil biosintezi. Translyatsiya –mRNK dagi irsiy matnni oqsil polipeptid zanjiriga – muntazam aminokislotalar ketma-
ketligida o`tkazish. Translyatsiya mahsuloti maxsus oqsil bo`lganligi uchun translyatsiya jarayonni teng ma’noda oqsil biosintezi deb atasa ham bo`ladi.
Translyatsiya jarayonini hujayraning turli qismlarida boradigan ikki bosqichga bo`lish mumkin: rekognitsiya, ya’ni aminokislotalarning faollanishi va oqsil biosintezining o`zi. Rekognitsiya gialoplazmada, oqsil biosintezi esa ribosomalarda amalga oshadi.
Aminokislotalar faollanish jarayoni mohiyati bo`yicha aminokislotalarni o`z tRNK siga birikishidan iborat. tRNK strukturasi ―tarjimonlik‖ sifatiga ega, ya’ni bitta molekulada ―nukleotidli matnni o`qish‖ (tRNK antikodoni mRNK kodoni bilan mos kelishi kerak) va o`zi aminokislotasini tashish (aktseptorlik oxirida) qobiliyatlari mujassamlashgan. Ammo tRNK to`g`ridan-to`g`ri o`zi aminokislotasi bilan birika olmaydi. Bu vazifani bajarishda hujayra shirasida tRNK o`z aminokislotasini ―tanishini‖ ta’minlaydigan, maxsus ―tarjimon‖ sifatidagi fermentlar mavjud. Bu fermentlarga aminoatsil-tRNK-sintetazalar (qisqacha ARS azalar) deb ataladi. Har bir aminoatsil-tRNK-sintetazani 3 ta bog`lovchi markazi bor: aminokislota, tRNK va ATF uchun. Proteinogenli aminokislotalarning har biriga mos keladigan kamida 20 ta ARS azalar bor. ARSazalar – yuqori
molekulali (100000-240000), to`rtlamchi strukturaga ega. Ular tRNK va aminokislotani o`ziga xos ravishda ―taniydi‖ va quyidagi reaktsiya bo`yicha birikishini ta’minlaydi:
O
ARSazalar ║
R-CH-COOH + HO-tRNK + Mg²+∙ ATF → R-CH-C ~ O-tRNK+AMF+H4P2O7
│ │
NH2 NH2
aminokislota aminoatsil-tRNK
Aminoatsil-tRNK da makroergik bog`lar hosil bo`lishida energiya manbai
sifatida ATFdan (Mg²+ kofaktor vazifasini bajaradi) foydalaniladi. Reaktsiyada
barcha transport RNK lar uchun bir xil bo`lgan oxirgi SSA ning adenozinidagi 3¹-OH gidroksiliga aminokislota bog`lanadi. Hujayrada proteinogen aminokislotalar soniga mos keladigan 20 ta emas, balki taxminan 40-60 ta tRNK mavjud, chunki ayrim aminokislotalar o`zlariga xos bo`lgan bir nechta tRNKdan foydalanadi. Demak, aminokislota bilan tRNK bog`lanishida aminokislota yetakchilik qilib, tanlash vazifasini bajaradi, unga esa o`zining tRNK si borib bog`lanadi.
So`ngra tRNK o`ziga birikkan aminokislotani oddiy diffuziya yo`li bilan ribosomaga o`tkazadi va u yerda turli xil aminoatsil-tRNK ko`rinishidagi aminokislotalardan oqsil yig`ilishi amalga oshadi.
Ribosomalarda oqsil biosintezi. Oqsil biosintezida (translyatsiyaning II bosqichi) quyidagilarning bo`lishi zarur:
mRNK – genetik matritsa sifatida;
aminoatsil tRNK, mRNK―matni‖ni o`qish va oqsil yig`ilishida
aminokislotalar manbai sifatida;
ribosomalar – mRNK dasturi asosida aminokislotalarni polipeptid zanjirida ketma-ket birikishida molekulyar mashina sifatida;
GTF – ribosomalardagi oqsil sintezida energiya manbai sifatida;
oqsilli ―faktor‖lar - ribosomalarda oqsil yig`ilishining turli davrlarida yordam beradi;
ayrim ionlar (Mg²+, K+ va h.k.) – kofaktor sifatida.
Ribosomalar o`zi qanday tuzilishga ega? Prokariotlar va eukariotlarning ribosomalari deyarli bir xil tuzilgan, faqat molekulyar massalari bilan farq qiladi. Eukariotlarda ribosomalar – 80 S, prokariotlarda esa – 70 S. Ribosomalar katta va kichik ikkita subbirlikdan tashkil topgan. Har birini skeleti oqsil bilan o`ralgan rRNK tashkil etadi. Ribosomalar tarkibida 60 dan ortiq oqsillar mavjud bo`lib, ularning ko`pchiligini vazifalari hali aniqlanmagan. Lekin, ribosomalar faqat to`liq yig`ilgandagina faol bo`lishi mumkinligi aniqlangan. Oqsil sintezida ishtirok etmaydigan ribosomalar osongina parchalanib ketadilar. Hujayrada ribosomalar hujayra shirasida erkin yoki endoplazmatik to`rning membranasi bilan bog`langan holda bo`ladi. Hujayrani turli qismlarida ribosomani joylashishi yoki uning turli
joylaridagi endoplazmatik retikulum membranasi bilan bog`lanishi sintezlangan oqsilni hujayraning kerakli qismida yig`ish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |