Nazorat savollari
1. Nutqning uslubiy turlarining shakllanishiga qanday asoslar sabab bo`lgan?
2. So`zlashuv uslubining asosiy xususiyatlari nimalardan iborat?
3. Rasmiy uslubning qanday xususiyatlari bor?
4. Ilmiy-uslubning qanday xususiyatlari bor&
5. Publitsistik va badiiy uslubning qanday jihatlarini bilasiz?
Asosiy darsliklar va qo’shimcha o‘quv qo‘llanmalar
Adabiyotlar:
Sh.M.Mirziyoyev “Erkin va farovon demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”.Toshkent, “ O’zbekiston” NMIU, 2017.-29b
Sh.M.Mirziyoyev “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi”. Toshkent, “ O’zbekiston” NMIU, 2017.-47b
Sh.M.Mirziyoyev “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”. Toshkent, “ O’zbekiston” NMIU, 2017.-485b
O’zbekistom respublikasi Prezidentining 2017yil 7 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanadarivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida” gi PF-4947-sonli Farmoni. O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2017y.,6-son,70-modda.
Barkamol avlod orzusi. T., “Sharq”, 1999.
I.A.Karimov. Milliy istiqlol mafkurasi – xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir. T., “O`zbekiston”, 2000.
N.Mahmudov. O’qituvchi nutqi madaniyati. T.: Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2009.
R.Qo`ng`urov va b. Nutq madaniyati va uslubiyot asoslari. T., “O`qituvchi”, 1992.
A.G`ulomov, B.Qobilova. Nutq o`stirish mashg`ulotlari. T., “O`qituvchi”, 1995.
8-mavzu. Nutqning kommunikativ va boshqa sifatlari.
R e j a:
Kirish.
Suhbat va uning oldiga qo`yilgan talablar
Muhokama va uning oldiga qo`yilgan talablar
Munozara va uning oldiga qo`yilgan takabkar
Notiqlik va uning oldiga qo`yilgan talablar.
Tayanch iboralar
Suhbat, muhokama, munozara, tashviqiy nutq, tanqidiy nutq, tabrik nutqi.
Fikr suhbat, muhokama, munozara shaklidagi nutqiy faoliyatlar davomida og`zaki bayon qilinadi.
Suhbat – ma’lum bir mavzu yuzasidan dialog (yoki polilog) tarzida bo`lib o`tadigan nutqiy muloqot.
Suhbat oldiga qo`yilgan talablar:
Mavzudan chetga chiqmaslik
Savollarga aniq, qisqa, to`la javob berish.
Javob berish jarayonida savolning ahamiyatiga e’tibor berish, dalil va misollarning ishonarli bo`lishini ta’minlash.
Suhbat jarayonida tinglovchilar holati, vaqti qiziqishlari, mavzuning dolzarbligini hisobga olish.
Suhbatda kamtarlik, xushmuomalalik talablariga javob berish.
Suhbat davomida nutqning ifodalilik, ta’sirchanlik, mantiqiylik, to`g`rilik, soflik kabi xususiyatlari talablariga rioya qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |