Umumiy qoidalar
Mikrobiologiya fani bo‘yicha talabalar mustaqil ishi Toshkent farmatsevtika instituti “talabalar
mustaqil ishini tashkil etish , nazorat qilish va baxolash tartibi to‘g‘risidagi nizomi” asosida olib
boriladi.
“Farmatsevtika” va “Kasb ta’lim ” yo‘nalishlarining o‘quv rejasida mikrobiologiya fanidan TMI
5- semestriga mo‘ljallangan. TMI ning shakli , mazmuni va xajmi muayyan fani namunaviy va
ishchi dasturida ifoda etilgan. Mikrobiologiya fanining xususiyatlari shuningdek xar bir
talabaningakademik o‘zlashtirish darajasi va qobiliyatini xisobga olgan xolda TMI ni tashkil
etishda
ayrim
nazariy
mavzularni
o‘quv
adabiyotlari
yordamida
mustaqil
o‘zlashtirish,laboratoriya mashg‘ulotiga tayyorgarlik ko‘rishi, ilmiy maqola, anjumanda
ma’ruza,tezislarni tayyorlashi, shuningdek mavzu bo‘yicha referat,jadvallar, krosvordlar
tayyorlashi,prezintatsiyalar tayyorlashi, vaziyatli masalalar majmuasini ishlab chiqishi, test tizishi
va boshqa usullardan foydalaniladi.
talaba uchun mustaqil ish to‘plamlari kafedra etakchi professor o‘qituvchilari tomonidan
laboratoriya mashg‘ulotlarini bevosita olib boruvchi o‘qituvchi bilan birgalikda tuzilgan va
kafedra yig‘ilishida tasdiqlangan o‘quv yili boshida taqsimlanib beriladi.TMI ni nazorat qilish
tasdiqlangan taqvimiy reja asosida amalga oshiriladi. TMI ni nazorat qilish bevosita laboratoriya
mash0ulotlarini olib boruvchi o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Talabaning TMI joriy nazorat jarayonida tegishli topshiriqlarini bajarilishi va unga ajratilgan
ballardan kelib chiqqan xolda baxolanadi.
Uslubiy ko‘rsatmalar
Mustaqil ishni bajarish uchun talabaga axborot manbasi sifatida darslik va o‘quv qo‘llanmalar,
mavzular bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar,ma’lumotlar to‘plami, ommoviy va ilmiy nashrlar,
internet tarmoqdagi tegishli ma’lumotlar,shuningdek mazkur ko‘rsatma xizmat qiladi.
Talabaga berilgan topshiriqda mustaqil ishni bajarish bo‘yicha dastlabki ko‘rsatma va tavsiyalar
beriladi. Talabalar tomonidan egallagan bilimlari konspektlarga yoki referat tarzida aks etiladilar.
Referat xajmi 10-15saxifa bo‘lishi maqsadga muofiq. U qo‘llanma shaklida yoki kompyuterda
terilgan bo‘lib, reja va foydalangan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lishi kerak.
test savollar kamida 20 ta berilgan mavzuni mazmun jigatidan to‘la qamrab olgan xolda tuziladi.
Javob variantlari 4 ta bo‘lib, bulardan faqat bittasi to‘g‘ri javob bo‘lishi lozim.
Krasvordlar tayyorlashda bajariladigan topshiriq kamida 10 so‘zdan iborat bo‘lishi
shart.Topshiriq bilan birga aloxida betga krosvord javoblari berilishi lozim.
Tanlangan mavzu bo‘yicha vaziyatli masalalar tuzilsa,ularni soni kamida 10 ta bo‘lishi va to‘g‘ri
javoblari keltirilgan bo‘lishi talab etiladi.
YUqorida qayt etilgan topshiriqlarni bajarishda talabalarga ushbu uslubiy ko‘rsatmada keltirilgan
adabiyotlar yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |