Bo’g’ma (difteriya) qo’zg’atuvchisining mikrobiologik diagnostikasi
Bo’g’ma (difteriya) qo’zg’atuvchisi — Corynebacterium diphtheriae Actinomycetales
tartibiga aloqador bo’lib, biror-bir oilaga kirmaydigan Corynebacterium zotiga kiradi. Difteriya
qo’zg’atuvchisining asosiy biologik belgilaridan biri, uning kasallik patogenezini belgilovchi
toksin ishlab chiqarish xususiyatidir, bu xususiyat bilan boshqa difteriodlardan farqlanadi.
Kasallikda mahalliy patologik jarayon odatda tomoqda joylashadi, bo’g’ma qo’zg’atuvchisi
terida, ko’zda, jinsiy organlarda ham difteriya kasallikni keltirib chiqarishi mumkin (rasm 76).
Laboratoriya diagnostikasi bakterioskopik va bakteriologik tekshiruvlar buyicha olib boriladi.
Uslubiy ko`rsatmalar
Difteriyada tekshirish uchun material olganimizda qo’zg’atuvchini qaysi organlarda
jarayonni keltirib chiqarishiga bog’liq. Shu bilan bir qatorda tamoq difteriyasi eng ko’p uchraydi.
Tekshirish uchun material 2 ta steril paxtali tampon bilan olinib, biridan surtma tayyorlash,
ikkinchisidan ekish uchun foydalaniladi. Material ovqatlanmasdan oldin yoki ovqatlangandan
keyin 2 soat o’tkazilib olinadi. Antibiotiklar bilan davolanmasdan turib olinsa ajratib olish foizi
yuqori bo’ladi. Olingan material 2 soat ichida laboratoriyaga yetkazilishi va ekilishi kerak, agar
uni iloji bo’lmasa tampon 5% gliserin yoki fiziologik eritma bilan ho’llab olinadi.
1 –kun.
Olingan material darhol birinchi tampon bilan buyum oynasiga bir necha surtmalar
tayyorlaniladi, surtmalar quritilib, qotirilib Neysser va Gram usullari bilan bo’yaladi. Bo’g’ma
surtmada yengil egilgan tayoqchalar bo’lib o’lchami 3-6 mkm. Tayoqchani ikki uchida volyutin
donachalari (Babesh-Ernest) joylashgan bo’lib, tayoqchaga to’g’nog’ich shaklini beradi. Bundan
tashqari bo’g’ma qo’zg’atuvchilari surtmada xarakterli «X» va «V» harfi shaklida yoki ieroglif
ko’rinishida joylashadi (rasm 76, 7-sxema). Shu bilan bir qatorda bo’g’ma qo’zg’atuvchisi o’ta
polimorfizm xususiyatiga ega. Surtmada tipik formalari bilan bir qatorda kokksimon, uchlari
yo’g’onlashgan kolbasimon, ipsimon va shoxlangan formalari ham uchraydi.
Difteroid va psevdodifteriya tayoqchalarida volyutin donachalari bo’lmaydi yoki ular
tayoqchalar uchida emas, balki tanachasi bo’ylab joylashadi. Bundan tashqari bu bakteriyalar
surtmada to’da-to’da, qator-qator (chastakol) bo’lib joylashishi mumkin.
Lyuminessent mikroskopik usul tekshirish samaradorlikni oshirish imkonini beradi. Bunda
bo’g’ma tayoqchalari psevdodifteriya tayoqchalaridan ulardagi volyutin donachalarining
korifosfin-flyuroroxrom bilan bo’yalgandan so’ng jigarrang qizil rangda nurlanishidan farqlash
mumkin. Bu bakteriya sitoplazmalari yashil yoki sariq rangda nurlanadi. Ammo bo’g’ma
tayoqchalari o’zining morfologiyasini tez-tez o’zgartirib turadi, jumladan, tomoq difteriyasini
antibiotiklar bilan davolaganda, bu esa kasallikka morfologik xususiyatlari bo’yicha diagnoz
qo’yishni qiyinlashtiradi. Shuning uchun kasallik qo’zg’atuvchisini aniq, identifikasiya qilish
maqsadida bakteriologik tekshiruv o’tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |