Enteropatogen E.coli keltirib chiqaruvchi kasalliklar diagnostikasi
E.coli odam yo’g’on ichagini normal mikroflorasi hisoblanadi, lekin hozirda uning ko’plab
serologik tiplari odam uchun patogen hisoblanadi. 57-jadvalda kasallik keltirib chiqaruvi serologik
tiplari keltirilgan. E.coli ning enterotoksigen serovariantlari- odamda vaboga o’xshash diareya va
toksikoinfeksiyalarni keltirib chiqaradi. Bu bakteriyalar termolabil va termostabil enterotoksin
ishlab chiqaradi. Toksin ishlab chiqarishini mo’’tadil faglar boshqaradi.
E.coli ning enteropatogen serovariantlari asosan bolalarda diareya keltirib chiqaradi. Hamma
serovarlari plazmid tutadi, bu plazmidlar ichak mikrovorsinkalarini epiteliy hujayralariga birikib
(adgeziya) oluvchi maxsus oqsil strukturalari sintez qiladi. Bu serovariantlari enteroinvazivlardan
farq qilib epiteliy hujayralariga kirmaydi. Kasallik bolalarda og’ir o’tadi.
E.coli ning enteroinvaziv serovariantlari - odamda ichburuqqa o’xshash kasallik keltirib
chiqaradi. Bular ichburuqqa o’xshab ichakning epiteliy hujayralariga kirib ko’payadi.
E.coli ning enterogemoragik serovariantlari esa odamlarda og’ir o’tuvchi gemorragik kolitni
keltirib chiqaradi.
Bu kasalliklarning mikrobiologik diagnostikasi faqatgina bakteriologik usullarda aniqlanadi.
Bakterioskopik va serologik usullar qo’llanilmaydi.
Bakteriologik tekshiruv
.
1 kun
. Kasallardan patologik material (najas, siydik, qon, qusuq, seksion material va bosh.)
maxsus boyituvchi, ko’paytiruvchi muhitli (gliserinli aralashma, selenitli muhit) tamponli
probirkalarga yig’iladi, probirkalar albatta rezina qalpoqcha bilan mahkam berkitilgan bo’lib,
laboratoriyaga jo’natiladi (11- sxema). Material tamponni o’zi bilan yoki qovuzloq bilan Endo,
Ploskerova, Levina muhitlaridan biriga ekiladi va termostatga 37º S da kelasi kungacha
qoldiriladi.
2-kun.
Material ekilgan muhitlar termostatdan olinib ko’zdan kechiriladi. Endo muhitida ichak
tayoqchalari laktozani parchalashiga qarab ikki xil rangda koloniyalar hosil qiladi. Laktozapozitiv
(laktozani parchalaydi) koloniyasi to’q qizil rangda (asosan normal E.coli) va laktozanegativ
(laktozani parchalamaydi) koloniyasi rangsiz oq pushti rangda bo’ladi. Asosan enteropatogen
ichak tayoqchalari ikkinchi tipdagi koloniyalar hosil qiladi. bo’lsa daslabki chamali javob beriladi.
Toza kultura ajratib olish uchun bir nechta agglyutinasiya musbat koloniyalardan uch qandli
Kliger muhitiga ekiladi va termostatga qo’yiladi.
3-kun.
Kliger muhiti ko’zdan kechiriladi. Bu muhitda normal ichak tayoqchalari
uglevodlarni (glyukoza, laktoza va saxaroza) kislota va gaz hosil qilib parchalaydi, muhitni rangi
somon rangiga kiradi, ko’p gaz hosil qilganligi uchun agar ustunchalari yorilib ketadi. Vodorod
sulfid va mochevinani parchalamaydi. Bunday kulturalar bilan chamali polivalentli zardob bilan
agglyutinasiya reaksiyasi qo’yiladi, manfiy bo’lsa tekshirish to’xtatiladi. Enteropatogen ichak
tayoqchalari ko’pincha laktozani saxarozani parchalamaydi, glyukozani esa kislota hosil qilib,
gazsiz parchalaydi. Bular bilan ham chamali polivalentli OK zardob bilan agglyutinasiya
reaksiyasi qo’yiladi, agar musbat bo’lsa alohida (OKA, OKV va x.k) seroidentifikasiya qilinadi.
Musbat natija olingan holda, probirkalarda tegishli OK zardoblar bilan kengaytirilgan
agglyutinasiya reaksiyasi qo’yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |