112
(ba’zilarida o’simtalar analogi bo’lishi mumkin); spermatozoidsimon faglar, ya’niy
kubsimon
boshi va dum qismidan iborat bo’lib, ustida qisqaruvchi va qisqarmaydigan yopqichlar mavjud
bo’ladi. Faglarni o’lcham 20 dan 800 nm gacha bo’ladi.
Faglar o’zlarini tarkibida DNK yoki RNK tutadi. Faglarni nuklein kislotalari ikki ipli, bir
ipli, chiziqli halqasimon bo’lishi mumkin. Ko’pchilik faglar ikki ipli halqasimon DNK tutadi.
Struktura tuzilishlari viruslarga o’xshash kapsid va kapsomerlar faglar shakillanishida qatnashadi,
lekin faglarda simmetriya tiplari aralash bo’ladi. Bosh qismi kubsimon simmetriyaga ega bo’lsa
dum qismida spirallsimon simmetriya tiplari uchraydi.
Faglarni antigen xususiyati. Bakteriofaglar gruppospesifik va tipospesifik antigenlar tutadi
va ular immunogen xususiyatga ega, organizmda maxsus antitelalar hosil qiladi.Bu antitelalar
faglar bilan birikib ularni bakteriyaga qarshi litik xususiyatini neytrallashi mumkin.Tipospesifik
xususiyati bo’yicha faglar serotiplarga bo’linadi.
Rezistentligi (chidamliligi). Viruslarga qaraganda tashqiy muhit faktorlariga ancha chidamli.
Temperatura tasirida 65-70ºS o’ladi,bundan tashqari UF nurlari va radiasiyaning yuqori dozalari,
kislota, farmolinlarga chidamli.Uzoq vaqt past temperaturada, quritganda saqlanib qoladi.
Faglarning yuqumliligi o’ta maxsus bo’lib, ma’lum bakteriyalarda ko’payadi. Ularni maxsus
strukturasiga nisbatan sezgir bakteriyalarda reseptorlar mavjud.Faglarni
sezgir bakteriyalar bilan
maxsus o’zaro munosabatiga asosan faglar quyidagi ko’rinishlarda bo’ladi: polivalent – qarindosh
bakteriyalarda ko’payya oladi; monovalent- ma’lum tur bakteriyalarda ko’payadi; tipovoy –
bakteriya turlarining aloxida tiplarida ko’paya oladi.
Faglarni bakteriya bilan o’zaro munosabati viruslarga o’xshab produktiv, abortiv va
integrativ ko’rinishda kuzatiladi. Produktiv formada fag bakteriyani to’liq lizisga uchratadi va
fagning avlodlari hosil bo’ladi. Abortiv formada, bakteriya lizisga uchramaydi va fagning
avlodlari ham hosil bo’lmaydi. Integrativ tipda esa fag bakteriyaning xromosomasiga kirib oladi
va u bilan birga (profag) turadi. Shuning uchun faglarni bakteriyalar bilan o’zaro munosabati
natijasida ular ikki xil ko’rinishda, virulent va avirulent (mo’’tadil) bo’ladi.
Virulent faglarni bakteriyalar bilan o’zaro munosabati produktiv tipda kuzatiladi. Ularning
reproduksiyasida 200-300 ta yangi faglar xosil bo’ladi.
Mo’’tadil faglar virulent faglardan farqlanib ularning bakteriyalar
bilan munosabati
produktiv yoki integrativ bo’lishi mumkin (rasm -39). Produktiv ko’rinishda virulent fagdan
reproduksiyasida farq kuzatilmaydi va bakteriyaning lizisi bilan tugaydi. Integrativ tipda fag
genomi bakteriyaxromosomasiga kirib oladi va sinxron ko’rinishda ko’payayotgan bakteriya
genomi bilan birga replikasiya bo’ladi, bakteriyani lizisga uchratmaydi. Shunday DNK saqlovchi
faglar p r o f a g deb ataladi, bakteriya esa “l i z o g ye n” li kultura deb nomlanadi, chunki
bunday lizogenli bakteriyalarda har doim profag aktivlansa lizisga uchrash ehtimoli yuqori
bo’ladi.. Bunday bakteriyalar profagni o’z avlodlariga o’tkazadi. Lekin,
fag replikasiyaga
uchramaydi va o’z naslini qoldirmaydi. Buning sababi bakteriya hujayrasida fagni
transkripsiyasini to’xtatib turuvchi past molekulyar oqsil repressor ishlab chiqiladi. Repressorlar
biosentizini fag genlari boshqaradi. Shuning uchun bunday lizogenli bakteriyalarda boshqa
faglarga nisbatan immunitet xosil bo’ladi, ya’niy boshqa yaqin qarindosh faglar bakteriyaga kira
olmaydi.Ammo, lizogen termini shu bakteriyalarni har doim lizisga uchrashi mumkinligini
bildiradi. Buning isboti sifatida, bakteriyalar tarkibidagi fag o’z-o’zidan spantan ravishda, yoki
fizik, kimyoviy faktorlar ta’sirida vegitativ formaga o’tishi va bakteriya
hujayrasini lizisga
uchratishi mumkin. Bakteriya xromosomasidan ajrab chiqgan fag, bakteriyadan ma’lum ma’lum
informasiya saqluvchi genlarni o’ziga biriktirib olishi va bu ma’lumotlarni boshqa bakteriyalarga
(transduksiya xodisasi) o’tkazishi mumkin. Bakteriyalar oldin o’zlarida kuzatilmagan belgi va
xususiyatlarni na’moyon qilishi mumkin. Profag ta’sirida bakteriyalarni xususiyatlarini o’zgarishi
“ fagli konversiya” deb nomlangan ( lot. sonver-sio- o’zgartirmoq).
Bakteriofaglar
amaliyotda
quyidagi
maqsadlarda
qo’llaniladi;
fagoterapiyada,
fagoprofilaktikada, fagoidentifikasiyada va fagotiplashda.Bundan tashqari ichak tayoqchasini
kolifagi tashqi muhit ob’ektlarini ifloslanishini aniqlashda sanitar ko’rsatkich (indikator)
mikroorganizm sifatida qo’llaniladi:
1) fagoterapiya — ayrim yuqumli
kasalliklarni keltirib chiqaradigan (shigella, protey,
stafilokokk, ko’k yiring tayoqchasi) bakteriyalarga qarshi davolashda ishlatiladi.
113
2) fagoprofilaktikada — epidemik o’chokda bo’lgan kishilar orasida ayrim
kasalliklarning oldini olishda (masalan, dizenteriya, vabo);
3) fagoidentifikasiyada — fag yordamida bakteriya kulturasini qaysi turga mansubligini
aniqlash;
4) fagodiagnostika kasal organizmidan (masalan, najasdan) fagni ajratib olishdan
iborat bo’lib, organizmda shu fagning mikrobi borligini ko’rsatadi, ya’ni
fag bilan diagnoz
qo’yish;
5) fagotiplash - bakteriyalarni fagotipini aniqlashda, ya’ni fagotipning, bir turdagi bakteriya
shtammini shu tipga xos faglar bilan lizis qilish orqali aniqlanadi; bu esa tekshirilayotgan
kulturalarni belgilaganda, kasallikni epidemiologik tekshirishda ayniqsa muhimdir.
Amaliyotda bulonda o’stirilgan bakteriyalar hujayralaridagi virulent faglar reproduksiyasi bu
hujayralarning lizisga uchrashi va muhitning tiniq, yaltiroq tusga aylanishi bilan tugaydi. Petri
kosachasidagi agarli muhitda sezuvchan bakteriyani gazon usuli bilan o’stirilganda faglar lizis
o’choqli yoki yaxlit zonalarini hosil qiladi. Bu esa, fagning kopsentrasiyasiga bog’liqdir. Lizisning
o’choqli zonalari fagning negativ koloniyalari yoki steril dog’lar — pilakchalar deb nomlanadi.
Ular ma’lum faglarga xos morfologiyaga ega bo’lib, birgina fag zarrachasidan hosil bo’ladi va
boshqa hujayralarga kirishi va keyinchalik ko’payishi natijasida hosil bo’ladi.
Fagning «sof liniyasini» (boshqa faglar aralashmasidan holi) olish uchun morfologik
jihatdan bir xil bo’lgan negativ koloniyalarning qator passajlari
bir xil bakterial shtamm
gazonining aynan o’zida olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: