Toshkent Farmatsevtika instituti Sanoat Farmatsiya yoʻnalishi 104- B guruh talabasi Qoʻchqorova Sevinchbonuning Noorganikadan tayyorlagan mustaqil ishi Tekshirdi: Quramboyeva M Mavzu: Bor birikmalari va xossalari Reja: - Bor tuzilishi
- Tarqalishi
- Ishlatilishi
Bor - Bor ( kimyoviy belgi - B , lot. Borum dan ) – D. I kimyoviy elementlar davriy tizimining ikkinchi davrining 13-guruhning kimyoviy elementi ( eskirgan tasnifga ko’ra - asosiy kichik guruhning uchinchi guruhi, IIIA) . Mendeleev , atom raqami 5.
Bor Bor - Bor oddiy moddasi rangsiz, kulrang yoki qizil kristall yoki quyuq amorf yarim metalldir . Borning 10 dan ortiq allotropik modifikatsiyalari ma’lum bo’lib, ularning hosil bo’lishi va o’zaro o’tishlari bor olingan harorat bilan belgilanadi
Bor Kimyoviy unsur (kimyoviy element) – bir xil zaryadli yoki atom raqamli atomlar majmui. Bugungi kunga kelib (2011), unsurlar soni 118 taga yetgan.[1] Ulardan 25 tasi sunʻiy yoʻl bilan (yadroviy reaksiya yordamida) hosil qilingan. Kimyoviy elementlar – yadrolarining musbat zaryadi hamda atom qobigʻidagi elektronlar sonining bir xilligi bilan tavsiflanadigan atomlarning alohida bir turi. Bor Massa soni (atom yadrosini tashkil etadigan protonlar va neytronlar massalarining yigʻindisi) har xil boʻlgan Kimyoviy unsur izotoplar deb ataladi. Tabiatda koʻp Kimyoviy unsur 2 yoki undan koʻp izotoplardan tashkil topgan. Yer poʻstida tarqalgan tabiiy Kimyoviy unsurning izotop tarkibi oʻzgarmasdir, shuning uchun ularning eng muhim hisoblangan tavsifi — atom massasi deyarli oʻzgarmas boʻladi. Bor Tabiiy Kimyoviy unsur, asosan, noradioaktiv boʻlib, turlituman oddiy (kimyoviy jihatdan parchalanmaydigan) va murakkab (kimyoviy birikmalar) moddalarni tashkil etadi. A, r, u — nurlanuvchi Kimyoviy unsur (uran, toriy, poloniy, radiy) radioaktiv elementlardir (qarang Radioaktivlik). Bor Elementlar tabiatdagi butun mavjudotning eng oddiy tarkibiy qismlari, degan tushuncha miloddan bir necha asr ilgari vujudga kelgan. Aristotelning fikricha, boshlangʻich materiya 4 abstrakt “prinsip” (asos): issiqlik, sovuqlik, namlik va quruklikdan tashkil topgan. Ularning juftlarida qismlar miqdori maʼlum bir sonni tashkil etgach, 4 asosiy element — olov, suv, havo va tuproq hosil boʻlarmish. Keyinchalik alkimyogarlar Aristotelning “prinsip” va “element”lariga eruvchanlik (tuz), yonuvchanlik (oltingugurt) va metallsimonlik (simob) degan tushunchalarni kiritdilar. Bor Bor (unsur) poʻlatlar qattiqligini oshiruvchi qoʻshimcha sifatida, yadro reaktorlarida ishlatiladigan oʻzaklar tayerlashda va boshqa maqsadlarda ishlatiladi. Bor (unsur)ning koʻpgina birikmalari (mas, borat kislota va uning tuzlari, VGʻ3 va boshqalar) dan sanoatda keng foydalaniladi. Bor Borosilikat shishalar shuningdek kimyo laboratoriyalarida ham keng ishlatiladi. Kimyo laboratoriyalarida uchratish mumkin bo‘lgan turli kolbalar, probirkalar va boshqa turdagi shaffof idishlarning aksariyati aynan pireksdan tayyorlanadi. Shuningdek, bunday shisha teleskoplar uchun ko‘zgular yasash uchun ham yaxshi xom-ashyo sanaladi. Masalan, AQSHning Palomar tog‘ cho‘qqisida o‘rnatilgan diametri 5.08 metr (200 dyum) teleskopning ko‘zgusi aynan pireksdan yasalgan. Bor Borosilikatning ingichka tolalaridan esa shisha tola tayyorlanadi. Fiberglas deb nomlanuvchi bunday shisha toladan esa o‘tga chidamli matolar tayyorlanadi. Borning eng mashhur birikmasi bu – bura bo‘lsa kerak. Uning kimyoviy nomlanishi natriy tetraborat[1] bo‘lib, formulasi Na2B4O7 tarzida yoziladi. Formulasidan ko‘rinib turibdiki, uning molekulasi ikki atom natriy, to‘rt atom bor va yetti atom kisloroddan iborat. Mazkur modda insoniyatga juda qadim zamonlardan buyon ma’lum. Bor Mazkur modda insoniyatga juda qadim zamonlardan buyon ma’lum. Uning xalqaro ommalashgan nomi “bura” arab, yoki, fors tilidan kelib chiqqan bo‘lib, u yaqin sharq hududida ko‘p uchraydigan mineralning nomi bo‘lgan. 1808 yilda farang kimyogarlari Gey-Lyussak va Jak Ternar tarixda ilk bora sof borni ajratib olishganida, o‘zlari sintez qilgan ushbu elementga o‘sha – arabcha-forscha atama nomini biriktirib qo‘yishgan. Shu tariqa, bor ham sirkoniy singari, arab-fors tilidan ildiz olgan atama sanaladi. Bor elementining sof holdagi kristallarini ilk bora 1910 yilda olishga erishilgan.Bura suvni yumshatish uchun qo‘llaniladi. Bor Bor elementining manbai – bir zamonlar dengiz va ko‘llar tubi bo‘lgan va hozirda qaqragan cho‘lga aylangan sahrolardir. Jahon eng yirik bor konlari Shimoliy Amerikaning g‘arbida joylashgan qurigan ko‘llardan qolgan tekisliklarda yastanib yotibdi. XX asr boshlarida bor ajratib olinadigan eng yirik joy Kaliforniyadagi o‘lim Vodiysi sanalardi. Hozirda jahonning ko‘plab boshqa joylarida ham Kaliforniyadagidan ham boy bor konlari aniqlangan. Chunonchi, Rossiya Uzoq Sharqida, aniqrog‘i, Primore o‘lkasidagi Dalnegorsk hududida butun jahon bor zahirasining 3% jamlanganligi ma’lum. Bor Eʼtiboringiz uchun rahmat
Do'stlaringiz bilan baham: |