Beshinchidan, davlatning islohotchilik vazifalarini demokratik talablar asosida, xalqimiz va jamiyatimiz manfaatlariga mos holda amalga oshiradigan iste’dodli, izlanuvchan, chuqur bilimli va yuksak malakali, Vatanga, ona zaminimizga sadoqatli yosh kadrlarni tanlash joy-joyiga qo‘yish va yangilashga imkon beradigan tizimni takomillashtirish. Bu – hech qaysi zamonda osonlikcha hal bo‘lmaydigan, odamlarning tafakkuri va dunyoqarashi o‘zgarishini taqozo etadigan, odatda sub’ektivizm, manfaatparastlik, uruQ-aymoqchilik kabi ko‘p-ko‘p illatlarni bartaraf etish, jamiyatni tubdan yangilashni talab qiladigan jarayondir.
Davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy siyosatining qanchalik to‘g‘ri va samarali amalga oshirilishi ko‘p jihatdan turli bo‘Qindagi tashkilotchi–ijrochilarga bog‘liq. Ularning kasbiy tayyorgarliklari qanchalik baland bo‘lsa, o‘z vazifalarini qanchalik halol va vijdonan bajarsa, ishlar shuncha olg‘a ketadi, kundalik muammolar tezroq hal bo‘ladi. Bu hol odamlarning kayfiyatiga va ularning davlat idoralariga munosabatiga ijobiy ta’sir qiladi. SHunda jamiyatda o‘zaro ishonch mustahkamlanadi, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-axloqiy muhit yaxshilanadi.
Vatanparvarlik va milliy g‘oyaga sodiqlik rahbarning faoliyatini, izlanishlarini yuksak ma’no-mazmun bilan to‘ldiradi. U yo‘lida uchraydigan qiyinchiliklarni, ba’zi bir omadsizliklarni psixologik jihatdan osonroq engadi, tushkunlikka tushmaydi, yutuqlardan esankiramaydi. U o‘z faoliyatiga va jamoasi erishgan yutuqlarga doimo eng yuksak mezonlar bilan yondashib, unga tanqidiy baho beradi. U eng ilQor tajribalarni ko‘zlab ish yuritadi, ularni jamoasi faoliyatida joriy etishga urinadi. Vatanparvarlik va milliy Qoyaga sodiqlik uning kuchiga kuch, aqliga aql, tashabbusiga tashabbus qo‘shadi, uni haqiqiy fidoyiga aylantiradi.
Rahbar xodim nafaqat tashkilotchi, balki tarbiyachi ham bo‘lmoQi lozim. SHu bois vatanparvarlik va milliy Qoyaga sodiqlik fazilatlari uning o‘z jamoasini to‘g‘ri tarbiyalashda, uni yuksak omillarga etaklashda rahbarga yordam beradi. Vatanparvarlik va milliy g‘oyaga sodiqlik bor joyda dangasalikka, o‘g‘irlikka, ta’magirlikka, mahalliychilikka, guruhbozlik, urug‘-aymoqchilik va boshqa salbiy illatlarga aslo o‘rin bo‘lmaydi.
Bu turli bo‘g‘in rahbarlarining kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish borasidagi o‘zboshimchaliklarining, noxolisliklarining ko‘p jihatdan oldini oladi yoki kadrlarni ularning o‘zboshimchaligidan, turli tasodiflardan muhofoza qiladi. Oshkoralik tamoyilini qo‘llash, ba’zi sohalarda konkurs-tanlov asosida lavozimga tavsiya etish, tanlanayotgan mutaxassis haqida jamoaning fikrini o‘rganish va shu kabi tadbirlar ham kadrlar tanlash mexanizmini takomillashtirishga, binobarin, yangi jamiyat qurishni tezlashtirishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |