Mafkuraviy tarbiya ishlari samaradorligini baholash mezonlari. Mafkuralar kurashining jahonshumul jarayonini o‘rganish, uning monito-ringi, bu kurashning umumbashariy va mintaqaviy muammolarini aniqlashga asosiy e’tiborni qaratish zarur.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro‘yobga chiqarish uchun Milliy dasturning monitoringi va bajarilishini ekspertiza qilish asosida uning ayrim qoidalari va tadbirlariga tuzatishlar kiritilishi ko‘zda tutilgan.
Mafkuraviy monitoring: - Monitoring - inglizcha so‘z bo‘lib tekshirib turish, nazorat ma’nosini bildiradi. Demak, mafkuraviy monitoring - bu insonning g‘oyaviy, mafkuraviy, xususan milliy mafkuraviy faoliyati orqali jamiyat ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy, ya’ni g‘oyaviy holatini kuzatish, baholash va oldindan aytib berish - prognozlashdir.
Milliy istiqlol g‘oya va milliy mafkura milliy va umuminsoniy g‘oyalarning yaxlit tizimi sifatida xalqimizni g‘oyaviy jihatdan mushtarak maqsad yo‘lida birlashtiruvchi kuch bo‘lib quyidagi vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiladi. Demak, mafkuraviy monitoring tufayli:
O‘zligimizni anglash, milliy, diniy, ma’naviy qadriyatlarimizni joyiga qo‘yib, ularni yangi sifat bosqichiga ko‘tarib, ta’sirchanligini oshiradi.
Milliy maqsadlarimizni hozirgi zamon umumbashariy talablar bilan uyg‘unlashtiradi.
Islom dini iymon, e’tiqod, axloq va ma’rifat aqidasi ekanligidan kelib chiqib, «Olloh qalbimizda, yuragimizda» tamoyiliga safarbar etadi.
Milliy g‘oya va e’tiqodimiz dushmanlariga qarshi mafkuraviy kurashish, fuqaroda Vatan tuyg‘usi - «Men O‘zbekistonlikman» degan iftixor tushunchasini shakllantiradi.
Jismoniy sog‘lom, zamonaviy tafakkurga ega bo‘lgan avlodni tarbiyalaydi.
Milliy qadriyatlarimizni, urf-odat, an’analarimiz mohiyatini oshirib, millatlararo totuvlik, hamjihatlik va siyosiy-g‘oyaviy barqarorlikni ta’minlaydi.
Mafkuraviy monitoring asosida Milliy g‘oyaningshakl-lanishini nazorat, kuzatish natijasida milliy mafkuramiz quyidagi omil-larga bog‘liqligi ma’lum bo‘ladi:
Aholi munosabatlarining tig‘izligi va dinamikasiga, ya’ni aholi zich joylashgan joylarda bunga katta e’tibor zarurligi ayon bo‘lmoqda.
Odatlarning shakllanishining muddati va bartaraf etish vositalariga bog‘liq bo‘lishi kuzatilmoqda. Masalan, vahhobiylik yoki hizbut-tahrir-likka moyil odamlar to‘plangan joylardagilarning odat, ko‘nikmalarini bilish zarur bo‘ladi.
YAngi odatlarning odamlar hayot sharoitlari va turmush darajasiga mosligiga bog‘liqligi sezilmoqda.
YAngi g‘oyalarning odamlar tabiati va ruhiyatiga mosligiga bog‘liq bo‘layot-ganligi bilinadi.
Umuman, mafkuraviy tarbiya ishlari samaradorligini baholash mezon-lari ko‘pincha milliy istiqlol g‘oya va milliy mafkuraning tarbiyaviy tamoyillariga bog‘liq bo‘ladi. Bu tamoyillarga quyidagi jarayonlarni kiritish mumkin:
1) Tushuntirishda va bayon etishda oddiylik va lo‘ndalik mavzuni yanada oydinlashtiradi.
2) Talab va taklifni doimiy nazorat ostiga olish.
3) Ongga ta’sir etishning yangi texnologiyalarini ishlab chiqish.
4) Ziyolilar mavqeini oshirish.
5) Turli bilimlarga ega bo‘lgan ishtiyoqni qo‘llab-quvvatlash.
6) Ommaviy axborot vositalarida xalq ruhiyatiga yaqinlashtirilgan yangi mafkuraviy materiallarni ko‘paytirish, doimiy «aks ta’sir» tamoyiliga amal qilish. («Ta’lim va tarbiya» jurnali. 2000. № 1-2, 40-bet).
Do'stlaringiz bilan baham: |