Fan bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakaga qo‘yiladigan talablar
“Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
- milliy g‘oya va mafkuraning mazmun-mohiyatini bilish va ulardan amaliyotda foydalanish;
- milliy g‘oyaning tarixiy negizlarini, falsafiy asoslarini o‘rganish va ularning rivojlanish qonuniyatlarini bilish;
- ijtimoiy-siyosiy jarayonlar haqidagi muqobil g‘oyalarni qiyosiy tahlil qilish va ularga mustaqil munosabat bildirish;
- g‘oyaviy-mafkuraviy jarayonlarga doir nazariy bilimlarni amaliy hayotda qo‘llash;
- yoshlarda ma’naviy tahdidlarga qarshi kurashish ko‘nikmasini shakllantirishdan iborat.
Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatidan uzviy ketma – ketligi “Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fani falsafa, tarix,
huquqshunoslik, ma’naviyat asoslari, siyosatshunoslik, pedagogika, psixologiya kabi ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan bevosita aloqador.
Do'stlaringiz bilan baham: |