42
ayrim yot g‗oyalar yoshlarni o‗ziga rom qilib o‗z shaxsiy manfaat yo‗lida foydalanishga harakat
qilayotganliklari boisdan ham milliy istiqlol g‗oyasini o‗rganish zaruriyatga aylandi. «Kelajagi buyuk
davlat»ni barpo etish milliy istiqlol g‗oyasini singdirish orqali amalga oshiriladi.
Prezidentimiz Islom
Karimov
bu borada: «Oldimizga
qo‗ygan olijanob maqsad-
muddaolarimizga etish, eski mafkuraviy asoratlardan batamom xalos bo‗lish, g‗oyaviy bo‗shliq paydo
bo‗lishiga yo‗l qo‗ymaslik, begona va yot g‗oyalarning hurujidan himoyalanish, bunday tajovuzlarga
qarshi tura oladigan har tomonlama barkamol insonlarni voyaga etkazish zarurati xalqimiz va
jamiyatimiz manfaatlariga mos yangi mafkurani shakllantirishni taqozo etmoqda» (Karimov I.A.
Asarlar. T.9. 220-bet) degan edi.
Milliy istiqlol g‗oyasining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari Islom Karimov asarlarida
asoslab berilgan ta‘limotdir. Milliy istiqlol g‗oyasining mazmuni quyidagilardan iborat:
1.
Tarixiy xotirani uyg‗otish, o‗tmishdan saboq chiqarish, o‗zlikni anglash mezoni.
2.
Xalq maqsadlarini ifoda etib, jamiyat a‘zolarini birlashtiruvchi g‗oyaviy vazifani bajaradi.
3.
Millat, xalq va jamiyatni birlashtiruvchi kuch, yuksak ishonch e‘tiborining manbaidir.
4.
O‗zbekistonda yashovchi barcha xalq, millat, elat, ijtimoiy qatlam vakillariga birday
taalluqlidir.
5.
Millat aholisi ongi va qalbida «O‗zbekiston - yagona Vatan» degan tushunchani
shakllantirishga xizmat qiladi.
6.
Turli millat, qatlam, uning vakillari, siyosiy partiya va ijtimoiy guruhlar mafkurasidan ustun
turadigan yuksak fenomen - ijtimoiy hodisa mazmuniga egadir.
7.
Biron-bir dunyoqarashni mutloqlashtirmaslik yoki biron-bir kuch, partiya yoki guruh qo‗lida
siyosiy qurolga aylanmaslik.
8.
Har qanday ilg‗or g‗oyani singdirish va har qanday yovuz g‗oyaga qarshi javob bera olish.
9.
Sub‘ektivizm, valyuntorizm kabi illatlardan xoli va jamiyatimizning xolis fikriga tayanuvchi
ob‘ektiv mafkura bo‗lish.
10.
So‗z bilan ishni, nazariya bilan hayotni birlashtira olish.
11.
Davr o‗zgarishlariga qarab, o‗zi ifodalaydigan g‗oya, manfaat, muddaolarni amalga
oshirishning yangi-yangi vositalaridan ijodiy foydalanish.
Milliy istiqlol g‗oyasi ana shu qayd etilgan sifatlarga javob bergan taqdirdagina kutilayotgan
maqsadlarga erishish mumkin. Ammo, milliy istiqlol g‗oyasi o‗z-o‗zidan inson ongiga, tafakkuriga
singib, ishonch va e‘tiqodiga aylanib qolmaydi. Bunga har bir inson o‗z hayoti davomida erishib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: