Sub‟ektiv omillar - insonning ichki imkoniyatlari, aql-idroki, qobiliyati ko‗zg‗oladi, bularning
barchasi tafakkur izmiga bo‗ysunib rivojlanish. yuksalib, muvaffaqiyat, samara kabi tushunchalarda
ifodalangan boyliklar va qadriyatlarni yuzaga keltiradi. SHu tariqa inson omili jamiyag taraqqiyotida hal
qiluvchi kuchga aylanadi, bu hakiqatni to‗tri tushunmaslik, uning roliga etarli e‘tibor bermaslik inson
omilini faollashtirish uchun barcha chora-tadbirni ko‗rmaslik tushkunlikka olib keladi.
YAqin o‗tmishdagi voqealar buning yorqin guvohidir. Sobiq Sovet ittifoqida inson omilini
faollashtirish haqida ko‗p gapirilar edi. Kompartiya va hukumat qarorlarida, iqtisodiy
49
rivojlanishga bag‗ishlangan risolalarda inson omilini faollashtirish ijtimoiy taraqqiyotning hal qiluvchi
kuchi ekanligi qayta-qayta uqtirilardi, Ammo amalda inson omilini faollashtirish uchun zarur shart-
sharoitlar yo‗q edi. Markazlashgan rejali iqtisodda yashlab chiqaruvchi o‗zining ishlab chiqargan
mahsulotining‗ oxirgi natijalaridan manfaatdor emasdi, ishlab chiqarishni boshqarishda ham, moddiy
ne‘matlar ishlab chiqarish jarayonida ham, tovarlar realizatsiyasida ham inson erkin fikrlay olmas, erkin
harakat qila olmas, erkin, mustaqil ravishda qarorlar qabul qila olmas edi.
SHu bois sobiq totalitar tuzumning yakka hukmron mafkurasi ta‘siri natijasida kishilarimiz
xarakteriga va ularni faollashtirishga putur etgan edi. Haqiqatga ishonmaslik, o‗z ijodiy mehnati zavqini
tuymaslik, loqaydlik, fikrsizlik, ruhsizlik kabi illatlar jamiyatda ildiz otgan edi. SHuning uchun ham,
mustaqillikka erishilg‗an dastlabki kundanoq, shaxsni tafakkur mustaqilligiga, o‗zini o‗z miyasidag‗i
totalitar sarqitlardan tozalashga asosiy e‘tibor berildi. YA‘ni inson mustaqil bo‗lmay turib faol,
faolliksiz mustaqil bo‗lmaydi. Davlatimiz rahbari I.A.Karimov O‗zbekiston Konstitutsiyasida "jamiki
dunyoviy ne‘matlar orasida eng ulugi - inson degan fikrni ilgari surdik", -deganda haqdir. SHuning
uchun ham YUrtboshimizning 2002 yil 29 avgustda ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning IX sessiyasida
so‗zlagan dasturiy ma‘ruzasida inson omilini kuchaytirish masalasiga fuqarolik jamiyatini barpo
qilishning ettinchi yo‗nalishi sifatida katta urg‗u berildi. Zero, O‗zbekistonda amalga oshirilayotgan "bu,
barcha isloxotl,rimizning bosh yo‗nalishi va samaradorligining pirovard natijasini belgilab beradigan
inson omili va mezonidir, - deydi I.A.Karimov. Bu - o‗ylaymanki, demografik va boshka milliy
xususiyatlarni xisobga olgan xolda kuchli ijtimoiy siesat olib borish demakdir.
Prezidentimiz tomonidan YAngi yylni Inson va uning manfaatlari bilan bog‗liq - «Oila yili»,
«Ayollar yili», «Sog‗lom avlod yili», «Onalar va bolalar yili», «Qariyalarni qadrlash yili», «Obod
mahalla yili», «Mehr-muravvat yili» deb belgilab berilishi davlat siyosati va ezgu an‘anaga aylandi.
Buning siyosiy va ma‘rifiy ahamiyati shundan iboratki, yil davomida insonga e‘tibor qaratiladi va uning
qadr-qimmati e‘zozlanadi, odamlarning turmush farovonligini yanada yaxshilash, mehr-oqibatni
kuchaytirish maqsadida ko‗pdan-ko‗p xayrli ishlar amalga oshiriladi.
Xulosa o‗rnida shuni aytish mumkinki, bugungi kunda O‗zbekistonda adolatli, kuchli fuqarolik
jamiyatini shakllanishida, ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayotni qurishda, iqtisodiy
islohotlarning samarali bo‗lishida inson omili muhim o‗rin tutadi. Zero, mamlakatimiz iqtisodiyoti
rivojlanishini inson omilisiz tasavvur qilish qiyin. Inson omilining ham kasbiy, ham g‗oyaviy jihatdan
kuchaytirilishi iqtisodiyotni yuksak darajaga ko‗taradi. Agarda iqtisodiyotning inson kasbiy jihatdan
yuksak malakali bo‗lsa-yu, g‗oyaviy jihatdan noqis bo‗lsa-chi? Bunda iqtisodiy jinoyatlar, poraxo‗rlik,
shartnomani bajarmaslik, soxta tenderlik, intizomsizlik, tashmachilik, mas‘uliyatsizlik, loqaydlik har
qanday gullab yashnayotgan iqtisodiyotni kemirib tashlaydi. Demak vijdoniylik, mas‘uliyatlilik,
mehnatsevarlik, tashabbuskorlik, vatanparvarlik, halolik, intizomlilik nafaqat ma‘naviy, mafkuraviy,
balki iqtisodiy omillar xam muhim ahamiyat kasb etadi.
Milliy mafkuramizning asosiy maqsadlaridan biri - har tomonlama komil insonni tarbiyalashdash
iborat. Komil inson esa, bu - ozod shaxs, erkin fikr etuvchi, o‗z xalqining ideallari uchun kurashuvchi
inson, o‗z Vataniga halol xizmat qiluvchi kishidir. Prezidentimiz Islom Karimov ta‘biri bilan aytganda,
«bizning asosiy boyligimiz, rivojlangan davlat tuzishga olib boradigan yo‗ldagi asosiy tayanchimiz -
insondir. YUksak malakali va yuksak ma‘naviyatli insondir.
Komil inson g‗oyasi azal-azaldan xalkimiziiig zzgu orzusi, millat ma‘naviyatining uzviy xismi
bo‗lib kelgan. Zardushtiylikning mukaddas kitobi "Avesto"da xolol mezon komillikning asosiy mezoni
sifatida talqin etilgan. Komil inson g‗oyasi islom falsafasidan oziqlanib, yanada, kengroq ma‘no-
mazmun kasb etgan. Ibn Sino, Beruniy, Forobiy, Navoiy kabi mutaffakirlarning komil insonni
tarbiyalash xaqidagi fikrlari jamiyat tarakkiyotiga yangi ma‘naviy imkoniyatlar izlash maksadlari bilan
boshlangan. Forobiy fozil shaxar axolisi xakidagi g‗oyalarni ilgari surar ekan, shaxsning ma‘naviy
50
kamolotini adolatli jamiyat kurishning asosiy sharti deb xisoblagan.
Tariximizda komillik timsollari ko„p: Alpomish -xalqimizning ideal qahramoni, u - aql, fahm-farosat,
jismoniy kamolot, mardlik va vatanparvarlikning badiiy timsoli. Hazrat Navoiy uchun ideal - Farhod
obrazi. U aqliy va jismoniy kamolot egasi. Farhod Naqshbandiyning «Dil ba yoru, dast ba kor»
tamoyilini o„zida mujassam etgan shaxs. Oybekning «Navoiy» romanida esa Navoiy - ideal obraz. Ayni
paytda u real tarixiy shaxs, komil insondir.
Komil inson xarakteri qanday bo‗lmog‗i kerak, degan masala bilan Abu Nasr Forobiy,
Muhammad Muso al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg‗oniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Al
Hakim at-Termiziy, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug‗bek, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa
mutafakkirlar shug‗ullanib, muhim xulosalarni baen etganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |