44
maqsadlari bilan o‗z kuch g‗ayrati, aql-zakovati va hatto hayotini, buyuk g‗oyalar yo‗lida baxsh
etishga tayyor komil insonlarni tarbiyalashga xizmat qiladi.
Insoniyat tarixidan ma‘lumki, er yuzida dastlabki odamzod paydo bo‗lib, uning
urug‗, qabila jamoa yoki xalq sifatida shakllanishi ro‗y bergan dastlabki davrlardayoq ularni
birlashtirib turadigan umumiy g‗oya va mafkuraga ehtiyoj tug‗ilgan. Prezident I.A.Karimov
ta‘kidlaganidek: «CHunki, mafkura - jamiyatda yashaydigan odamlarning hayot mazmunini,
ularning intilishlarini o‗zida mujassamlashtiradi». Darhaqiqat, barcha davrlarda har bir davlat,
xalq, inson va jamiyatning o‗ziga xos g‗oyasi va mafkurasi bo‗lgan. CHunki insonning,
jamiyatning, xalqning o‗z oldiga qo‗ygan aniq maqsadi uni amalga oshirishda jamiyat
ahlini birlashtiradigan, safarbarlikka undaydigan g‗oyasi va mafkurasi bo‗lmasa u
muqarrar ravishda halokatga mahkum bo‗ladi.
G‗oya va mafkura inson va jamiyatning o‗z oldiga qo‗ygan aniq maqsadi bo‗lib busiz
jamiyat o‗z yo‗lini yo‗qotadi. «Maqsad degani,- deb yozgan edi Prezident I.A.Karimov, - xalqni,
millatni birlashtiruvchi, yo‗lga boshlovchi bamisoli bir bayroq. Bu bayroq butun O‗zbekiston
xalqining ruhini, g‗urur-iftixorini, kerak bo‗lsa qudratini, orzu-intilishlarini mujassamlashtiradigan
ulug‗ kuchdir. Davlatimizning, xalqimizning, el-yurtimizning maqsadi o‗zining ulug‗vorligi,
hayotiyligi va haqqoniyligi bilan hammamizni jalb etadigan bo‗lmog‗i lozim. Toki bu maqsad
xalqni-xalq, millatni-millat qila bilsin, qo‗limizda engilmas bir kuchga aylansin
»[Karimov I.A.
Milliy isstiqlol mafkurasi – xalq e‟tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir -T.: «O‗zbekiston», 2000,
6-bet.].
Mafkuraning hayotiyligi odamlarning, millatning, jamiyatning milliy manfaatini,
orzu-intilishlarini qay darajada aks ettirishiga, ularning turmush tarzi, dunyoqarashi, tabiatiga
qanchalik mos bo‗lishi bilan belgilanadi. Hayot sinovlariga bardosh beradigan, odamlarning ezgu
maqsad-muddoalarini ifodalaydigan, ularga ma‘naviy-ruhiy quvvat beradigan mafkurani
ko‗pchilik qabul qiladi. Faqat shunday holdagina u kuchli ruhiy qudratga ega bo‗ladi. SHu
sababli ham mafkura barcha davrlarda jamiyatni yuksak va bunyodkor maqsadlar
tomon birlashtirib, jamiyat ahli o‗rtasida sog‗lom munosabatlarni shakllantirgan. Hamda ezgu
orzular, maqsad-muddaolariga erishishda ma‘naviy-ruhiy kuch-quvvat beradigan omil vazifasini
bajarib kelgan. SHuning uchun ham g‗oya va mafkura barcha insonlar, xalqlar, jamiyat va davlat
oldida turgan muhim vazifalarni amalga oshirishda yordam beradigan, turli sohada faoliyat
yuritadigan jamiyat ahlini birlashtirib, ularni umumiy maqsad sari safarbar etadigan buyuk
kuchdir.
SHu sababli ham insonlar, xalqlar, jamiyat hayotida mafkura muhim rol o‗ynaydi.
Mafkuraning hayotbaxsh kuchi, avvalo insonning jamiyatdagi o‗rni va ahamiyatini qanday
tushunishi va uni qanday ijtimoiy maqomda tasavvur etishiga bog‗liq. CHunki, insonni ijtimoiy
harakat va faoliyatga undash va shu tariqa ko‗zlangan muayyan maqsad-vazifalarga erishish
dunyodagi barcha ezgu mafkuralarning ma‘no-mohiyatini tashkil etadi.
SHu sababli ham milliy istiqlol g‗oyasining asosiy tushuncha va tamoyillari tizimida
insonning jamiyatdagi o‗rni bunyodkor kuch sifatida belgilangan. Istiqlolning bosh g‗oyasi ham,
asosiy
g‗oya
va
tushunchalari
ham
bunyodkorlik
falsafasi
bilan
yo‗g‗rilgan.
CHunki bunyodkorlik - xalqimizning eng olijanob fazilati. Prezidentimiz ta‘biri bilan aytganda,
o‗zbek tom ma‘noda bunyodkordir, do‗ppisida suv tashib bo‗lsa ham daraxt ko‗kartiradi.
Darhaqiqat, mustaqillik yillarida mamlakatimizda iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy-madaniy, ma‘naviy
sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar, erkinlashtirish jarayonlari va bunyodkorlik ishlari
bunga yorqin
misol bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: