Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi


Mustaqillik tafakkuri va yangicha dunyoqarashni shakllantirishning ma‘naviy-ma‘rifiy negizlari



Download 1,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/257
Sana22.10.2020
Hajmi1,61 Mb.
#49875
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   257
Bog'liq
strategiya

 
Mustaqillik tafakkuri va yangicha dunyoqarashni shakllantirishning ma‘naviy-ma‘rifiy negizlari. 
 
Istiqlol mafkurasi - har bir kishining jamiyat hayotidagi faoliyati, yurti, millati, o‗zi va oilasi 
oldidagi  burch  va mas‘uliyatini  qay  darajada  his  etayotgani va  bajarayotganini belgilaydigan  ma‘naviy 
mezon hamdir. 
Milliy  istiqlol  mafkurasining  yurtimizda  yashovchi  har  bir  fuqaro  uchun  qadrliligi  shundaki, 
uning mohiyatida umuminsoniy tamoyillar yotadi.  
Milliy istiqlol mafkurasi manfaatlar tizimi bilan uyg‗un bog‗langan bo‗lib, u quyidagi holatlar 
bilan ifodalanadi:  
1.  Mamlakat  hududiy  yaxlitligi  va  mustaqilligini  saqlab,  chegara-larimiz  butunligi  va 
daxlsizligini  ta‘min  etishga  xizmat  qiladi.  Boshqacha  aytganda  bu  yurtimizning  fazo  va  vaqtdagi 
umumiy birligini ta‘minlovchi manfaat.  
2.  YUrtning  tinchligi  va  osoyishtaligi,  ya‘ni  davlatimizning  harbiy,  iqtisodiy  (energetik), 
ekologik, informatsion va g‗oyaviy tahdidlardan muhofazalanganligi.  
3.  Mamlakatda  fuqarolararo  va  millatlararo  totuvlik,  ijtimoiy  barqarorlik  muhitini  ta‘minlash 
manfaati. 
4. Har bir oila va butun xalqning farovonligini ta‘minlash, ya‘ni badavlatlilik manfaati.  
5. Jamiyatda adolat ustuvorligi, demokratiya, o‗z-o‗zini boshqarish tamoyilini ta‘minlanishi. 
«Milliy  istiqlol  mafkurasi  turli  siyosiy  partiya  va  ijtimoiy  guruhlar  mafkurasidan  ustun 
turadigan 
sotsial 
fenomen 

ijtimoiy 
hodisadir. 
Bu 
mafkurada 
biron-bir 
dunyoqarash 
mutlaqlashtirilmaydi  yoki  u  mavjud  siyosiy  hokimiyatni  mustahkamlash  maqsadida  siyosiy  qurolga 
aylan-tirilmaydi».  Balki,  u  o‗z  mazmun-mohiyatiga  ko‗ra,  O‗zbekistonning  ijtimoiy-siyosiy 
taraqqiyotiga  xizmat  qiladi,  barcha  siyosiy  partiyalar,  millat  va  qavmlar,  guruh  va  qatlamlarning 
yuqorida qayd etilgan umumiy manfaat-larini ifodalaydi.  
Har qanday mafkura singari milliy istiqlol mafkurasi ham o‗ziga xos amal qilish tamoyillariga 
ega. Bu tamoyillar, umuminsoniy va milliy qadriyatlar uyg‗unligi, xalqaro andoza va talablarga moslik, 
xalqning  barcha  qatlamlari  maqsad-muddolarini  o‗zida  ifoda  etish  bilan  tavsiflanadi.  Ular  bir-birini 
taqozo etadi, o‗zaro bog‗liqlik va aloqadorlikda namoyon bo‗ladi. 
Mafkuramiz  tom  ma‘nodagi  milliy  mafkuraga  aylanishi  uchun  quyidagi  talablarga  javob 
berishi zarur:  
- inson qalbi va ongiga ijobiy ta‘sir etadigan tushuncha va tuyg‗ular, go‗zal va hayotiy g‗oyalar 
tizimini  o‗zida  mujassam  etishi,  ya‘ni  bu  mafkura  har  bir  fuqaroning  ezgu  niyatlarini  ro‗yobga 
chiqarishga imkoniyat yaratadigan eng maqbul yo‗lni ko‗rsata olishi;  
- millat, xalq va jamiyatni birlashtiruvchi kuch, yuksak ishonch-e‘tiqod manbai bo‗lishi, ya‘ni 
u  tom  ma‘noda  so‗z  bilan  ishni,  nazariya  bilan  hayotni  birlashtira  olishi,  O‗zbekistonda  yashovchi 


90 
 
barcha xalq, millat, elat, ijtimoiy qatlam va din vakillariga birday taalluqli bo‗lishi;  
-  har qanday ilg‗or  g‗oyani o‗ziga  singdirishi  va har qanday yovuz  g‗oyaga qarshi javob bera 
olishi,  ya‘ni  ikkiyuzlamachilikdan  holi  va  jamoatchi-likning  ob‘ektiv  fikriga  tayanuvchi  mafkura 
bo‗lishi;  
-  zamon  va  davr  o‗zgarishlariga  qarab,  o‗zi  ifodalaydigan  manfaat,  maqsad-muddaolarni 
amalga  oshirishning  yangi-yangi  vositalarini  tavsiya  eta  olishi,  ya‘ni  yangicha  vaziyatga  tez  moslasha 
oladigan hozirjavob va ijodiy bo‗lishi. 

Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish