uchinchidan, siyosiy sohada ham huquqiy davlatchilikning eng zarur mezonlariga muvofiq
erkinlik ta‘minlandi. Mamlakatda siyosiy va mafkuraviy hurfikrlilik, so‗z va axborot erkinligi
shakllandi. Fuqarolar jahon hamjamiyati tomonidan e‘tirof etilgan barcha siyosiy huquq va erkinliklarga
ega bo‗ldi;
to„rtinchidan, davlat tuzilishi sohasida huquqiy davlatchilikning muhim belgisi – hokimiyat
vakolatlari bo‗linishi prinsipi asosida davlat organlari tizimi shakllantirildi.
2001 – 2010 yillarni qamrab olgan ikkinchi bosqich ham muhim ahamiyatga ega. Bu faol
konstitutsiyaviy huquq ijodkorligi davri bo‗ldi. Bu bosqichning xususiyatlari quyidagilardan iborat:
birinchidan, qonun qabul qilishda davlat va mahalliy manfaatlarni e‘tiborga oladigan ikki palatali
parlamentni shakllantirish hamda faoliyat yuritish asosida qonun chiqaruvchi hokimiyatning roli va
ta‘sirini kuchaytirish;
ikkinchidan, siyosiy partiyalar va fuqarolik institutlarining qarorlar qabul qilishdagi rolini
kuchaytirish, davlat tuzilmalari faoliyatining monitoringini amalga oshirishda nodavlat tashkilotlarning
rolini oshirish;
uchinchidan, sud tizimini liberallashtirish va insonparvarlashtirishga qaratilgan tub islohotlar
o‗tkazish, o‗lim jazosini bekor qilish, sud hokimiyatining mustaqilligini ta‘minlash, advokatura rolini
oshirish;
to„rtinchidan, inson huquqlari bo‗yicha ta‘lim sohasida ma‘rifiy ishlarni rivojlantirish.
Ikkinchi bosqichda islohotlar natijasida mamlakatning oliy qonun chiqaruvchi organi – ikki
palatali Oliy Majlis shakllandi. Prezident vakolatlari bir qismining Senatga berilishi hamda Bosh vazir
huquq va vakolatlarining kengaytirilishi, ikki palatali parlament vakolatini kengaytirish va qonun
chiqaruvchi hamda ijroiya hokimiyatlari o‗rtasidagi muvozanatni saqlash bilan bog‗liq masalalarni hal
qilishda muhim ahamiyat kasb etdi. Boshqacha aytganda, Konstitutsiya bir ijtimoiy-siyosiy tizimdan
boshqa tizimga larzalarsiz o„tishga yordam berdi, “o„zbek modeli”ning mustahkam huquqiy asosiga
aylandi.
Konstitutsiya barqaror bo‗lishi kerak, ammo u mutlaq o‗zgarmas, qotib qolgan dogma ham emas.
U hayotga mos va xos ravishda, mamlakat taraqqiyotining burilish pallalari va xalq istak-xohishlariga
ko‗ra muayyan tartibda o‗zgartirib turiladi. Bosh qomusimizning hayotiyligi ham aslida shunda. Hozirga
qadar Konstitutsiyaga 6 marta o‗zgartishlar kiritildi. Ushbu o‗zgartirishlar jamiyatda ijtimoiy islohotlar
tadrijiy yo‗l bilan jadal amalga oshirilayotganligini anglatadi. Bu borada Konstitutsiyani o‗rganish
borasida Prezidentimiz 2001 yil 4 yanvarda qabul qilgan ―O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini
o‗rganishni tashkil etish to‗g‗risida‖gi farmoyishining ahamiyati nechog‗li yuksak ekanini e‘tirof etish
joiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |