Uchinchidan, milliy g‗oyaning zarurligi millatning o‗zligini to‗la anglash jarayoni bilan
bog‗liq. O‗zligini anglagan millat ajralib ketishga emas, balki millatlarning ma‘rifatlashish jarayoni
mustahkamlanib boradi. Milliy g‗oyada bugungi hayotning eng dolzarb muammolari, strategik
maqsadlari bilan dialektik bog‗lanishi uning yashash shartidir.
To„rtinchidan, bugun bizning tarixiy o‗zgarishlar davrida totalitar tuzumdan erkin demokratik
bozor munosabatlariga asoslangan demokratik tuzumga o‗tish sharoitida yashayotganligimizdan kelib
chiqmoqda. O‗tish davrida o‗ziga xos murakkab g‗ov va to‗siqlarga duch kelish tabiiy jarayon. Demak,
milliy g‗oya mustaqillikni mustahkamlash g‗oyasining o‗zagi bo‗lgan - tanlagan taraqqiyot yo‗limizning
to‗g‗ri, adolatli va haqqoniy ekanligiga ishontirish orqali bunyodkorlik ishlariga xalqni safarbar etish
uchun xizmat qiladi.
Mustaqillikni mustahkamlash, avaylab-asrash, himoya qilishda milliy g‗oyaning o‗rnini boshqa
biron bir omil bosolmaydi. SHu boisdan ham davlat siyosatining ustuvor yo‗nalishlari, maqsad va
vazifalarini ma‘naviy jihatdan ta‘minlash, bugungi kunda mamlakatimiz uchun o‗ta dolzarb masaladir.
Prezident Islom Karimov «Bizning bosh maqsadimiz - jamiyatni demokratlashtirish va yangilash,
mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir» ma‘ruzasida ta‘kidlaganidek, «mustaqillikni
mustahkamlash, jamiyatni demokratlashtirish va yangilash biz uchun hamisha birinchi darajali ustuvor
88
maqsad va vazifa bo‗lib qolaveradi».
Ana shu asosiy maqsadlardan tashqari, milliy istiqlol mafkura-sining mazmun-mohiyatidan
kelib chiqadigan o‗ziga xos maqsad va vazifalari ham bor. Bularni Prezidentimiz Islom Karimov
ko‗rsatib bergan va ular quyidagilardan iborat:
–
«Xalqni buyuk kelajak va ulug‗vor maqsadlar sari birlashtirish;
–
mamlakatimizda yashayotgan, millati, tili va dinidan qat‘iy nazar, har bir fuqaroning yagona
Vatan baxt-saodati uchun mas‘uliyat sezib yashashga chorlash;
–
ajdodlarimizning bebaho merosi, milliy qadriyat va an‘analari-mizga munosib bo‗lishga
erishish;
–
yuksak fazilatli va komil insonlarni tarbiyalash, ularni yaratuvchilik ishlariga da‘vat etish,
shu muqaddas zamin uchun fidoyilikni hayot mezoniga aylantirish - milliy istiqlol mafkurasining bosh
maqsadidir» (Karimov I.A. Asarlar. T.9. 222-bet).
Ana shu yuqoridagi maqsadni amalga oshirish uchun bir qator quyidagi vazifalarni bajarish
lozim:
1)
Mustaqil va erkin tafakkurni shakllantirish. Buning uchun tafakkur to‗la ozod bo‗lishi lozim.
2)
Jamiyatda sog‗lom ma‘naviy muhitni yaratishdan iborat. Bu hurfikrlilik bilan uzviy bog‗liq
bo‗lgan jarayondir.
3)
Millatning o‗zligini anglashi, muqaddas qadriyatlarini asrab-avaylashi, vatanparvarlik kabi
tuyg‗ularni kamol toptirish.
4)
Imon-e‘tiqod, insof-diyonat, sahovat, halollik, mehr-oqibat, sharmu hayo kabi fazilatlarni
yuksaltirish.
5)
Mamlakat ko‗p millatli xalqi ongi va qalbida «O‗zbekiston - yagona Vatan» degan
tushunchani shakllantirish va mustahkamlash.
6)
Milliy istiqlol g‗oyasini xalq ongi va qalbiga singdirish uchun eng zamonaviy, qulay
mafkuraviy vosita va usullardan foydalanish lozim.
7)
Milliy mafkura hayot hodisalariga hozirjavob bo‗lishi, yot va zararli g‗oyalarning hurujiga
o‗z vaqtida javob berishi kerak.
8)
Har bir yurtdoshimizning intellektual-ma‘naviy salohiyatini ro‗yobga chiqarish zarur.
9)
Kishilarni yaratuvchilik faoliyatiga safarbar etishi darkor, chunki u g‗oyaviy himoya vositasi
hamdir.
Umuman, milliy istiqlol mafkurasining barcha vazifalari yagona maqsadga - Vatanimiz
mustaqilligini mustahkamlash, yurtimizda ozod va obod Vatan barpo etish, erkin va farovon jamiyat
qurish uchun xizmat qiladi. Mafkuraning asosiy maqsadi ushbu yo‗lda xalqimizni jipslashtirish, kishilar
ongida mustaqil dunyoqarash va ogohlik xissini tarbiyalash, komil insonni voyaga etkazish,
fuqarolarimizda begona va buzg‗unchi g‗oyalarga qarshi mustahkam mafkuraviy immunitetni
tarbiyalash bilan uzviy bog‗liq bo‗lib qolaveradi.
Milliy istiqlol g‗oyasining tarixiy ildizlari - xalqimizning moziy sinovlaridan o‗tib kelayotgan
boy madaniy va ma‘naviy merosi, milliy qadriyatlari, urf-odat va an‘analari, qo‗shiqlari, bayram va
marosimlaridagi ozodlik, erkinlik uchun ruhi, ota-bobolarimizning mustaqillik yo‗lida ko‗rsatgan
jasorati, bunyodkorlik ishlari hamda ularni amalga oshirishda ma‘naviy ruh bergan tafakkur tarzida
namoyon bo‗ladi.
Milliy istiqlol g‗oyasining tarixiylik tamoyili xalqimiz ruhini, dahosini aks ettiruvchi o‗lmas
qadriyatlar bilan uzviy bog‗liqdir. Xususan, buyuk ajdodimiz, sohibqiron Amir Temurning sog‗lom
ma‘naviyat mahsuli bo‗lgan «Kuch - adolatdadir» degan shiori milliy g‗oyaning tarkibiy qismiga
aylanib ketgan. U mamlakat birligini ta‘minlash, markazlashgan davlat barpo etishda, ayoniqsa, uni
89
odillik bilan boshqarishda ma‘naviy - mafkuraviy asos bo‗lib xizmat qilgan.
Bundan necha asrlar avval yaratilib, hozirga qadar yurtimiz ko‗rkiga-ko‗rk bag‗ishlab
kelayotgan qadimiy obidalar, osori atiqalar xalqimizning yuksak salohiyati, kuch-qudrati, bunyodkorlik
an‘analaridan dalolat bo‗lib qolmoqda. Ular Vatanimizning shonli tarixi to‗g‗risida yaqqol tasavvur va
tushunchalar beradi, shu muqaddas diyorda yashaydigan har bir inson qalbida g‗urur-iftixor tuyg‗ularini
uyg‗otadi. «Bugun bizning oldimizda shunday tarixiy imkoniyat paydo bo‗ldiki, - deb yozadi Islom
Karimov, - biz bosib o‗tgan yo‗limizni tanqidiy baholab, milliy davlatchiligimiz negizlarini aniqlab,
buyuk madaniyatimiz tomirlariga, qadimiy merosimiz ildizlariga qaytib, o‗tmishimizdagi boy
an‘analarni yangi jamiyat qurilishiga tatbiq etmog‗imiz kerak». (Karimov I.A. Asarlar. T.3. 7-b.) Bu
vazifa esa tarixiy xotirani tiklash evaziga amalga oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |