Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi


qaram  qilishga  qaratilgan  xavf-xatardir



Download 1,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/257
Sana22.10.2020
Hajmi1,61 Mb.
#49875
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   257
Bog'liq
strategiya

qaram  qilishga  qaratilgan  xavf-xatardir.  Bunday  g‗arazli  siyosatga  ko‗plab  misollar  keltirish 
mumkin.  Misol  uchun,  sobiq  YUgosloviya  davlati  erkinlik  va  demokratiya  niqobi  ostida  bir  necha 
mayda  davlatlarga  bo‗lib  yuborildi.  Demokratik  jamiyat  qurish  bahonasida  Iroq  va  Afg‗onistonda 
hamon urush alangasi o‗chgani yo‗q.  
XIX  asrning  80-yillaridan  boshlab  ayrim  g‗arb  g‗arb  mamlakatlari  yordamida  YAponiyaning 
Nagasaki  va  Xrosima  shaharlarini  megopolis  shahrlarga  aylantirish  harakatlari  boshlandi.  Bu  ikki 
shaharda xorij mablag‗i hisobidan sanoat rivojlantirildi, g‗arbona turmush tarzi targ‗ib etildi. 1945 yilga 
kelib  esa  aynan  Nagasaki  va  Xirosima  shaharlariga  atom  bombasi  tashlangani  ko‗pchilikka  yaxshi 
ma‘lum.  Salkam  oltmish  yil  davomida qurilgan  shahar vayron  qilib tashlandi va hozirga qadar  davom 
etib kelayotgan nurlanish kasaliga duchor qilindi. 
SHu  ma‘noda,  chetdan  bo‗ladigan  ―mehribonchilik‖larni  hamma  vaqt  ham  beg‗araz  deb 
bo‗lmaydi. Jumladan, erkinlik va demokratiya niqobi ostidagi intilishlarni ham. Bu niqoblar, shunchalik 
jozibaliki,  ularning  zararli  mohiyatini  darhol  anglab  olish  qiyin.  CHunki  ular  balandparvoz  va‘dalarga 
o‗ralgan bo‗ladi. Bunda ko‗pincha quyidagi usullar qo‗llanadi: 
muayyan davlat uzluksiz va izchil ravishda xalqaro miqyosda yillab tanqid         qilib boriladi; 
mustaqil davlatning rahbariyati asossiz ravishda demokratiyani xush ko‗rmaslikda ayblanadi; 
mustaqil  davlat  fuqarolari  orasida  manfaatparast,  Vatan  tuyg‗usidan      bebahra  kishilar  topilib, 
soxta demokratiya g‗oyalariga, aldanishga moyil     odamlar guruhi shakllantiriladi; 
        boylikka o‗ch va hokimiyatparast ayrim kimsalar bilib-bilmay bunday g‗arazli     siyosiy kuchlarga 
xizmat  qila  boshlaydi,  ular  arzimas  muammolarni  ham  yirik  muammo  sifatida  ko‗rsatib,  ayuhannos 
solishadi;  
        vaqt o‗tib,  ma‘lum bir  sharoitlar etilgach, ―rangli inqilob‖ qilinib,   hokimiyat  tepasiga betayin  va 
beburd,  xalq,  Vatan  manfaatlaridan  begona,  aksincha  yot  manfaatlarga  xizmat  qiladigan  kimsalar 
ko‗tariladi. 
Bularning barchasi tadrijiy ravishda, shov-shuv ko‗tarilmasdan zimdan bamisoli tabiiy rivojlanish 
zarurati  shuni  taqozo  etayotgandek  amalga  oshiriladi.  Qizig‗i  shundaki,  bu  g‗arazli  siyosiy  o‗yinga 
manfaatdor  davlatlar,  qani,  nima  bo‗lar  ekan,  voqealar  rivoji  bizning  foydamizga  ishlasa  qo‗shilamiz, 
bo‗lmasa,  tinch  turganimiz  ma‘qul,  degan  qoidaga  amal  qilib,  shunchaki    tomoshabin  bo‗lib  turadi  va 
turli grantlar vositasida o‗z harakatchilarini moliyaviy ta‘minlash bilan cheklanadi. Zaruratga qarab, bu 
harakatchi  ularning  faoliyati  zamonaviy  texnologiyalar  bilan  jihozlab  boriladi.  Bunday  siyosiy 
kuchlarning  vakili  istalgan  vaqtda  dunyoning  har  qanday  davlatiga  etib  bora  oladi.  Buning  uchun 
muayyan mablag‗, sharoit va imkon – barcha-barchasi muhayyo qilinadi.  
Xullas,  ana  shunday  makkorlik  bilan  o‗ylangan  xatti-harakatlar,  g‗oyaviy,  moliyaviy,  tashkiliy-
amaliy  omillarning  birgalikdagi  qudratli  kuchi  orqali  real  hayotga  mutlaqo  to‗g‗ri  kelmaydigan  soxta 
g‗oyalar  ham  sodda  va  ishonuvchan,  mafkuraviy  immuniteti  to‗la  shakllanmagan  insonlar  nazarida 
bamisoli  haqiqatga  o‗xshab  ko‗rina  boshlaydi.  Bunday  aldanishlarga  yo‗l  qo‗ymaslik  uchun  doimiy 
hushyorlik va ogohlik,  ma‘naviy-ma‘rifiy ishlarni ilmiy asosda dunyodagi  real holatlardan, mafkuraviy 
kurash talablaridan kelib chiqqan holda olib borish zarur. 
Demokratiya  niqobida  turli  jozibali  dastur  va  harakatlar  bugungi  kunda  g‗arazli  maqsadlarni 


76 
 
ko‗zlaydigan  siyosiy  kuchlarning  eng  maqbul  va  qulay  kurash  usuliga  aylanib  bormoqda.  Bu  usul 
bamisoli ichi zaharga to‗la  bo‗lgan asalni  eslatadi.  Ko‗pchilik  sodda odamlar uni asal  sifatida tasavvur 
etib,  aslida  nima  ekanligini  bilmay,  iste‘mol  qiladi,  ammo  uning  tarkibidagi  zahar  bir  kun  kelib  qon 
qustirishidan bexabar bo‗ladi. 
Ta‘kidlash  kerakki,  demokratiya  niqobidagi  tahdidlarning  mudhish  oqibatlari  keng  ko‗lamdagi 
hech  narsa  bilan  o‗rnini  qoplab  bo‗lmaydigan  ma‘naviy-ruhiy  zarari  bilan  dahshatlidir.  Bunday 
zararlarning asosiy ko‗rinishlari haqida gapirganda, quyidagilarga alohida to‗xtalish o‗rinli bo‗ladi. 
1.  G„arazli  maqsadlarni  ko„zlaydigan  kuchlar  erkin  turmush  tarzi,  iqtisodiy  ma‟murlik  va     
farovon  hayot  va‟da  qiladi.  Bunday  jozibali  va‘dalar  har  qanday  sodda  kishini  o‗ziga  jalb  qiladi. 
Ayniqsa, rivojlanayotgan va o‗tish davridagi       davlatlarning fuqarolari bunga tez ishonib qoladi. SHu 
ma‘noda,  demokratiya  niqobidagi  tahdidning  birinchi  zarari  mustaqil  davlatning    fuqarolari  ongini 
yolg‗on va‘dalar bilan chalg‗itishdir. 
2.  Demokratiya  niqobidagi  tahdiddunyoqarashi  hali  to„liq  shakllanmagan  odamlar,  avvalo 
yoshlarni  ma‟naviy  jihatdan  majruh  qiladi.  CHunki  yolg‗on  va‘dalarga  ishongan  odamda  o‗z  Vatani, 
xalqi  va  jamiyatiga  nisbatan  ishonchsizlik  paydo  bo‗ladi.  Ularda  fidoyilik,  tashabbuskorlik  va 
mehnatsevarlik ishtiyoqi asta-sekin  so‗nib boradi.  Eng  yomoni –  shaxsda  o‗z jamiyatida o‗zini  yolg‗iz 
sezish  ruhi  paydo  bo‗ladi.  Bu  esa  jamiyatda  parokandalikka,  birlik  va  birdamlikka  putur  etishiga  olib 
keladi. 
3. Demokratiya niqobidagi tahdid davlatning mustaqilligi, xalqning tinch-osoyishta hayotiga xavf 
soladi.  CHunki  yot  g‗oyalar  ta‘sirida  inson  va  davlat  o‗rtasidagi  munosabatlar  murakkablashib, 
mamlakat asta-sekin boshqalarga, iqtisodiy qaram bo‗lib boradi.  
4. Demokratiya niqobi ostida mustaqil davlatga iqtisodiy     tazyiq va cheklovlar e‟lon qilinadi. Bu 
esa mamlakatning tashqi faoliyatiga     salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. 
Ma‘lumki,  dastlabki  yillarda,  ―Erkinlik  va  demokratiyani  olg‗a  siljitish‖  degan  doktrina  asosida 
sobiq  SSSR  hududida  g‗oyaviy  -  informatsion  tahdidlar  avj  olgan  edi.  SHuning  oqibatida  Ukraina, 
Gruziya va Qirg‗iziston davlatlarida ―rangli inqilob‖lar amalga oshirilgan edi. Bugun, oradan ancha vaqt 
o‗tgach,  ana shu inqiloblar mazkur mamlakatlar aholisi uchun yangi-yangi muammo va tashvishlardan 
boshqa  hech  narsa  bermadi.    Buni  o‗sha  mamlakatlarda  kuzatilgan  quyidagi  holatlar  ham  tasdiqlab 
turibdi.  
Birinchidan  bu  mamlakatlarning  iqtisodiyoti  o‗nglanmadi,  aksincha,  ularda  yalpi  ishlab    chiqarish 
ko‗rsatkichlari  pasayib  ketdi.  Mazkur  davlatlar  tashqi  qarz  batqog‗iga  qotib  qoldiki,  bu  esa  iqtisodiy     
qaramlik va nochorlik belgisidir.   
Ikkinchidan  mazkur  davlatlarning  o‗zlariga  yon  qo‗shni  davlatlar  bilan  munosabati  yomonlashdi. 
Natijada bu mamlakatlarda ishlab  chiqarish, transport, kommunikatsiya, yo‗l va ijtimoiy  hayot sohalari 
bilan bog‗liq jiddiy muammolar majmui kelib chiqdi. 
 Uchinchidan  mavjud  muammolarni  hal  qilish  bo‗yicha  yagona  fikr  va  kelishuv  bo‗lmagani  uchun 
mamlakatdagi siyosiy kuch o‗rtasida ham,  rahbariyati orasida ham bo‗linish ro‗y berdi. Natijada davlat 
boshqaruvida samaradorlik yo‗qoldi, boshboshdoqlik yuzaga keldi. 
 To„rtinchidan mazkur  mamlakatlarning  aholisi  o‗rtasida  bo‗linish  yuz  berdi,  ma‘naviy-axloqiy  muhit 
izdan  chiqa  boshladi  Odamlar  bir  -  birlariga  nisbatan  ―Sen  kim  tamondansan?‖  deyish  bilan  so‗z 
boshlaydigan  bo‗lishdi  va  qo‗shni  davlatlarda  yashovchi  qarindosh-urug‗lari  bilan  ko‗rishish  baxtidan 
judo bo‗ldi. 
Aslida  bu  inqiloblar  oldidan  odamlarga  qanday  quruq  va‘dalar  berilgan  edi?  Lekin  ularning 
barchasi  sarob bo‗lib  chiqdi. Demak,  demokratiya niqobidagi tahdidlarning zararli oqibatlari  shu qadar 
dahshatliki,  ular  milliy  mentalitetni,  o‗zlikni  va  Vatan  taqdirini  og‗ir  ahvolga  solib  qo‗yadi.  SHu 
ma‘noda ―yana va yana bir bor xalqimizning ma‘naviy olamini bunday tahdidlardan asrash, hozirgi o‗ta 


77 
 
murakkab bir zamonda xalqaro maydonda sodir bo‗layotgan jarayonlarning tub mohiyatiga etib borish, 
ular haqida xolis va mustaqil fikrga ega bo‗lish bugungi kunning eng dolzarb vazifasi‖dir Bu vazifa har 
bir sog‗lom fikrli inson uchun birlamchi, hal qiluvchi  ish bo‗lishi kerak. 

Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish