Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi



Download 1,3 Mb.
bet10/11
Sana16.12.2019
Hajmi1,3 Mb.
#30532
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
milliy goya-1

Bugungi sharqona demokratiyada qadr, oqibat andesha, kattalarga hurmat, ona zaminni ardoqlash borasida o‘ziga xoslik yaqqol namoyon bo‘ldi. Bular esa milliy g‘oyaning amal qilishida nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi.


Prezidentimiz ta’kidlaganidek, «Biz yangi hayot, yangi jamiyat barpo etish yo‘lidagi islohotlarimizni, o‘zgartirishlarini kimlargadir yaxshi ko‘rinish, kimlardandir sadaqa undirish uchun emas, balki bu ishlarni avvalo xalqimiz manfaatlariga to‘la javob bergani uchun amalga oshirmoqdamiz va kelajakda ham bunday kurash va intilishlardan qaytmaymiz!»1.

Prezidentimizning bu konseptual g‘oyasi, milliy istiqlolimizni mustahkamlash, mamlakatimizni rivojlantirishning, uning jahonning rivojlangan mamlakatlari darajasiga ko‘tarilishining nazariy va amaliy asosi bo‘lib qoladi va xalqimizning yaratuvchilikdagi faoliyatining oshishiga o‘zining ta’sirini o‘tkazib boraveradi.

«O‘zbekiston - yagona Vatan» tushunchasining g‘oyaviy mafkuraviy mazmuni hamda Vatan, vatanparvarlik haqida fikr bildirishdan avval Vatan tushunchasiga izoh berish maqsadida muvofiq. Vatan aslida arabcha so‘z bo‘lib, ona yurt ma’nosini anlatadi. SHu ma’noda olib qaraydigan bo‘lsak, O‘zbekiston o‘zbek xalqining vatani, sajdagoh kabi muqaddas makonidir. Vatan – bu inson va uning avlod-ajdodlari kindik qoni to‘kilgan muqaddas dargohdir. Vatan - bu ajdodlar maskani, el- yurt, xalq voyaga etgan, uning tili, tarixi, madaniyati, urf–odatlari, qadriyatlari chinakamiga shakllanib, o‘sib, kamol topib boradigan zamindir.

Vatan deganda, hamisha o‘zimiz tug‘ilib o‘sgan, ko‘z ochib ko‘rgan, ta’lim tarbiya olib voyaga etgan, necha–necha avlodu ajdodlarimiz yashab o‘tgan, ularning aql-idroki, mehnati sarf qilingan yurt ko‘z oldimizga keladi.

Vatan ona kabi aziz va mukarramdir. Vatan insonga baxt–iqbol beradigan zamindir. Abdulla Avloniy aytganidek: «Har bir kishining tug‘ilib o‘sgan shahar va mamlakatini shul kishining vatani deyilur. Har kim tug‘ilgan, o‘sgan joyini jonidan ortiq suyar... Biz turkistonliklar o‘z vatanimizni jonimizdan ortiq suyganimiz kabi, arablar arabistonlarini, qumlik issiq cho‘llarini, eskimuslar shimol taraflar, eng sovuq qor va muzlik erlarni boshqa erlardan ziyoda suyarlar. Agar suymasalar edi, havosi yaxshi turonlik oson erlarga o‘z vatanlarini tashlab hijrat qilurlar edi».

Vatan – bu xalqning o‘tmishi, buni va kelajagidir. Vatan muqaddas qadriyat. Taraqqiyot vatandan boshlanadi. U insonning kindik qoni to‘kilgan joy, insonni ijtimoiy etimlikdan asrovchi manzil, ma’naviy kamolat va fuqarolik maydoni, hayot maktabi, farovonlik va baxt–saodat o‘chog‘idir.

Prezidentimiz I.Karimov keltirgan iboradagidek, «Vatan – sajdagoh kabi muqaddasdir». Vatanni eng oliy ne’mat singari boshimiz uzra baland ko‘tarib, har on va har soniyada uning tuprog‘ini ko‘zlarga surtib, unga ta’zim bajo aylashimiz farzandlik burchimizdir.

Muqaddas hadisi shariflarda «Vatanni sevmoq iymondandir», deyilgan. YA’ni, iymoni but, vijdoni pok har bir inson vatanni sevadi, uni g‘animlar ko‘zidan asraydi, uning yashnashi va yashashi, hurligi uchun kurashadi. Har bir barkamol inson vatan kamolati va istiqboli, el – yurtning ozodligi va mustaqilligi uchun hamma narsani, hatto shirin jonini ham ayamaydi. Bu haqda mavlono Fuzuliyning, mening bitta hayotim bor, bordiyu mingta hayotga ega bo‘lgan taqdirimda ham hammasini vatan uchun sarflagan bo‘lur edim, deb aytgan so‘zlari har birimiz uchun bebaho o‘gitdir.

Sog‘lom, aqlli va yuragida o‘ti bor har bir fuqaro, hech shubhasiz, Ona–Vatanni jon dilidan sevadi. Vatanga muhabbat ko‘r–ko‘rona bo‘lishi mumkin emas, buning uchun o‘zlikni anglash, demakki, o‘zi mansub bo‘lgan xalqning kechmishini, kindik qoni tomgan tuproqning tarixini bilish, dilda iftixor tuyish, shu zamin, shu xalq, shu Vatan bilan o‘z qismatini bus–butun deb his qilish lozim. O‘zbek xalqi barcha xalqlar singari asrlar mobaynida saqlanib kelgan milliy urf odati, rasm–rusumi, marosimi va an’analari, yurish turishi, g‘ururi, bir so‘z bilan aytganda, madaniy–ma’naviy dunyosiga ega.

Ko‘hna va navqiron o‘zbek davlati Buyuk ipak yo‘li, ya’ni savdo sotiq, madaniyat, turli dinlar kesishgan muqaddas zaminda joylashgan. Mashhur karvonsaroylarda doimo turli millat vakillarining turli tillardagi suhbatini eshitish mumkin bo‘lgan. Tarixan bizning o‘lkada yashagan aholi turli dinlarga e’tiqod qilgan. Ammo ularning o‘zor tinch–totuv va osayishta tumush kechirishining eng muhim omili shu yashayotgan ona tuproqqa hurmat, sadoqat, muhabbat bo‘lgan. Vatanparvarlik tuyg‘usi barcha–barchani yagona Vatanda birlashtirgan.

Biz chindan ham yagona Vatanimiz O‘zbekiston bilan faxrlansak arziydi. Buning negizida insonparvarlik, xalqparvarlik, oilaning baxt–saodati, Vatanga muhabbat, barcha fuqarolarning erkinligi va tengligi, ijtimoiy adolat kabi umumbashariy tushunchalar yotmog‘i kerak.

Vatanimizning ko‘p millatli xalqi ongida «O‘zbekiston yagona Vatan» degan ulug‘ tushunchani qaror toptirish milliy mafkuraning muhim vazifalaridan biridir. Bunda «YAgona Vatan» g‘oyasi o‘zining tub mohiyati bilan milliy mustaqilligimizga putur etkazadigan millatchilik, shovinistik g‘oyalarni, mahalliychilik, oshna og‘aynichilik illatlarini tag–tomiri bilan yo‘qotishda, O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan turli xalq va millat vakillarida yagona Vatan farzandi ekanligi bilan faxrlanish tuyg‘usini tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

«YAgona Vatan» ruhidan ilhomlangan, el–yurt tinchligi va mustaqilligi uchun kurashgan Vatan fidoyilari Tumaris, SHiroq, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik Amir Temur singari ulug‘ sarkarda va xalq qahramonlarining jasorati bugungi kunda ham vatandoshlarimizda faxr va g‘ururlanish tuyg‘usini kuchaytiradi. Mustabid tuzum qatag‘onlarining qurboni bo‘lgan, «YAgona – Vatan» g‘oyasi ruhidan quvvat olgan CHo‘lpon, Fitrat, Usmon Nosir, Abdulla Qodiriy va boshqalarning jasorati, vatanimiz mustaqilligi, ozodligi yo‘lidagi fidoyiligining yorqin namunasidir.

Vatan taqdiri uchun mas’ullik «YAgona – Vatan» tuyg‘usini shakllantiradi. CHunki, shaxsiy g‘oya va manfaatlar shaxs faolligini kuchaytiruvchi omil bo‘lsa, vatanparvarlik g‘oyasi o‘zida butun bir xalqning hayotiy manfaat va intilishlarini, orzu – umidlarini aks ettiradi. YAgona – Vatan hissi odamning qalbida tabiiy ravishda tug‘iladi. YA’ni, inson o‘zligini anglagani sari yuragida Vatanga muhabbat tuyg‘usi ildiz otib yuksala boradi. «Bu ildiz qancha chuqur bo‘lsa, tug‘ilib o‘sgan yurtiga muhabbat ham shu qadar cheksiz bo‘ladi»,1 - deb yozgan edi. Prezidentimiz I.A.Karimov.

YAgona Vatan g‘oyasi, bir tomondan, O‘zbekiston zaminida kelajagi buyuk, ozod va obod Vatan, erkin va farovon jamiyat barpo etish uchun xalqimiz kuch-quvvatini jipslashtirishni, xalq irodasini bunyodkorlik ishlariga safarbar etishni, ikkinchi tomondan esa milliy mustaqilligimizga xavf solayotgan mafkuraviy taxdidlarga zarba bera oladigan vatanparvar avlod tarbiyalashni ko‘zda tutadi.

O‘z Vataniga, tavallud topgan zaminga yuksak hurmatda bo‘lgan ulug‘ ajdodlarimiz o‘z ismlari oxiriga tug‘ilib o‘sgan joy nomini unutmaslik uchun qo‘shib aytganlar: Xorazmiy, Buxoriy, Farg‘oniy, Termiziy, Marg‘inoniy, Farobiy, Qoshg‘oriy, Beruniy YUgnakiy va boshqalar. Bu kindik qoni to‘kilgan erga, Turkistonga, O‘zbekistonga, o‘z Ona – Vataniga bo‘lgan azaliy sadoqat timsoli emasmi? Buyuk ajdodlarimiz shu yo‘l bilan o‘z Vatanini, yurtini, madaniyatini, fanini, san’atini butun jahonga targ‘ib qilganlar. Bu noyob vatanparvarlik namunasidan kelib chiqib, har bir O‘zbekiston fuqarosi o‘z tug‘ilgan joyini gullatib yashnatishi, YAgona Vatani bo‘lmish O‘zbekistonning buyuk kelajagi uchun fidokorona mehnat qilishi va Vatan ravnaqiga o‘zining xissasini qo‘shish lozim. Biz milliy mustaqillik tufayli «O‘zbekiston – yagona Vatan» g‘oyasi ruhida tarbiyalanib, o‘qib, mehnat qilish imkoniyatiga ega bo‘ldik.

Ma’lumki, Vatanning ravnaqi, avvalo, uning farzandlari kamoliga bog‘liq. Bu esa har bir yurdoshimizni o‘zining ma’naviy kamolati uchun yuksak ma’suliyatini his etishga, o‘z manfaatlarini shu yurt, xalq manfaatlari bilan uyg‘unlashtirib yashashga da’vat etadi.

Milliy g‘oya esa hech qachon Vatandan tashqarida ildiz otmaydi va rivojlanmaydi. SHu sababli Vatanning ravnaqiga xizmat qilmaydigan g‘oya hech qachon milliy g‘oya bo‘lolmaydi. U Vatan ravnaqini belgilab beradigan tamoyillarni o‘zida aks ettirsagina kuch-qudrat manbaiga aylanadi.

Zahmatkash o‘zbek xalqi XIX asrning ikkinchi yarimidan boshlab o‘z milliy mustaqilligi uchun mustamlakachilik tuzumiga qarshi kurash olib bordi. 1898-1916 yillardagi xalq qo‘zg‘olonlari, tarixda «bosmachilik» deb atalgan milliy ozodlik harakatining sog‘lom kuchlari, ma’rifatparvar jadidlar, yosh xivaliklar va yosh buxoroliklar, Qo‘qon muxtoriyati tashkilotchilari olib borgan harakatlari O‘zbekistonning mustaqilligi uchun olib borilgan kurashlar edi.

SHo‘rolar davrida «millatchi», «aksilinqilobchi» deb atalgan ziyolilar olib borgan harakatlar ham milliy ozodlikni qo‘lga kiritishga urinish, adolat va haqiqatga erishish yo‘lida olib borilgan kurash desak to‘g‘ri bo‘ladi. Bu kurashlarda xalqimiz ko‘p jafo chekdi, minglab vatandoshlarimiz jaholat qurbonlari bo‘ldi.

Bu davrda milliy manfaat vatanga, ona zaminga mehr–muhabbat degan his – tuyg‘ular asta – sekin so‘ndirila boshlagan edi. «Vatan» tushunchasi esa mavhum bir umumiy holga kelib qolgandi.

Hamma narsa – «Umumsovet» manfaatiga qaratilgandi. Har bir millat, xalq ming yillardan buyon yashab kelayotgan o‘z vatani uchun qayg‘urishga haqli emasdi. Oxir oqibat shunga etdiki, sobiq Ittifoq davrida bu mamlakatda yashayotgan xalqlar, shu jumladan o‘zbeklar ham o‘z vatanida bevatan bo‘lib yashashga majbur bo‘ldilar.

Mustaqillik tufayli biz o‘zimizning haqiqiy vatanimizni topdik. Bu mustaqillikning bizga bergan oliy ne’matidir. Vatani mustaqil xalqning o‘zi ham mustaqil bo‘ladi. YUrti ozod va erkin odamning erki o‘z qo‘lida bo‘ladi.

1989-91 yillarda Islom Karimov boshchiligida o‘zbek xalqining qadr-qimmatini, or–nomusini, sharafini himoya qilish, mamlakatimiz boyliklari talon–taroj qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun qilingan harakatlar va ko‘rilgan choralar ham mustaqillik yo‘lidagi olib borilgan kurashning yorqin namunalaridir. Mustaqillik mafkurasi etuk milliy ong, milliy birdamlik tuyg‘usi zaminida shakllangan vatanparvarlikni ham o‘z ichiga oladi. Vatanparvarlik g‘oyasi nima? Vatanparvarlik g‘oyasi - ona zaminga bo‘lgan muhabbat, uni sevish e’zozlash, Vatan ravnaqi haqidagi g‘amxo‘rlikdir. Vatanparvarlik g‘oyasi – bu jamiyat ahli ruhiyatining ko‘rsatkichi, xohish irodasining namoyon bo‘lishidir.

Vatanparvarlik g‘oyasi – milliy manfaatlarni, millat taqdiri va istiqlolni chuqur o‘ylash, anglash va qadriga etish bilan bog‘liq bo‘lgan ma’naviyatdir. Insonning g‘oyaviy siyosiy etukligi, barkamolligi, shaxsning ma’naviy, axloqiy kamoloti, o‘z Vataniga bo‘lgan muhabbati, hurmati, sadoqati bilan belgilanadi. Vatan degan buyuk shaxsiy e’tiqodni qalbda to‘la–to‘kis jo qilmagan insonda iymon ham, diyonat ham bo‘lmaydi.

Inson uchun Vatan aziz va mu’tabar. Vatandan muqaddasroq va qutlug‘roq tuyg‘uning o‘zi yo‘q va bo‘lmaydi. Vatan bizning tomirimiz, o‘q ildizimiz, tayanch nuqtamiz, hayotimiz mabaidir. Vatan bizning uzoq o‘tmishimiz va baxtli kelajagimizdir.

Vatan qiyosi yo‘q bebaho boylikdir. Vatan muqaddas qadriyat. Taraqqiyot vatandan boshlanadi. Vatan insonni voyaga etkazadigan ta’lim tarbiya beradigan muqaddas zamin, fuqarolar maydoni va hayot manbaidir. Vatan insonlarni ijtimoiy larzalardan asrovchi, ona kabi o‘z bag‘riga bosuvchi diyor. SHuning uchun ham har bir inson o‘z dard alamini, orzu umidlarini Vatan bilan bog‘lab kelgan.

Inson uchun Vatan yagonadir - Vatan bittadir. O‘zbekistonlik shoirlarimiz Hamid Olimjon, G‘ofur G‘ulom, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov va boshqalar asarlarida O‘zbekiston deb atalmish diyor faxr va g‘urur bilan olamga tarannum etilishida chuqur ma’no bor. Vatanning yaxshi yomoni, boy kambag‘ali bo‘lmaydi. Vatan tanlanmaydi. Vatan bizning molimiz emas, shuning uchun ham u pulga sotilmaydi. qarzga berilmaydi va garovga qo‘yilmaydi. Vatan har bir fuqaro uchun muqaddas va betakrordir.

Hadisu shariflarda Vatanni sevish, iymondandir, deb bejiz aytilmagan. Vatani sevish, ona diyorning qadriga etish, uning kamoloti, gullab yashnashi, tinchligi uchun qayg‘urish zarurligini yoshlarimiz ongiga singdirishda chuqur ma’no bor. CHunki, har qaysi insonning Vatani, ota – bobolari o‘tgan muqaddas zamin bo‘lib, u bilan faxirlanib yashagan.

Tarix vatanparvarlik g‘oyasini shakllantirishdagi eng buyuk qurollardan biri. O‘tmishda Ona – Vatan himoyasi, yurt tinchligi uchun jonini fido qilishga tayyor turgan buyuk ajdodlarimiz Amir Temur, Spitamen, Jaloliddin Manguberdi. Temur Malik kabi vatan fidoyilari bilan faxrlanamiz. Vatanparvarlik g‘oyasi, Vatan va uning ravnaqi tushunchalarida istiqlol yillarida alohida ahamiyat kasb eta boshladi. Qizil imperiya davridagi hukmron kommunistik mafkura butun qurolini kishilar ongidagi Vatan tushunchasini buzib, soxta mavhum sovetlar vatani g‘oyasini xalq ommasi ongiga singdirishga sarflagan. Men O‘zbekistonlikman, mening Vatanim O‘zbekiston deyish millatchilik sifatida baholanib, minglab vatandoshlarimizning yostig‘ini quritib qatag‘on domiga tortib ketganligiga tarix guvoh.

Bugun u qora kunlar o‘tmishga aylandi. Endi biz O‘zbekiston mustaqil bo‘lgan, uni jahon tanib, tan olgan davrda yashamoqdamiz. Bu mustaqillikni asrash, avaylash ham vatanparvarlikning namunasiga aylandi.

Vatan tushunchasi mustaqillik sharoitida alohida ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, istibdod yillarida hukmron mafkura kishilarimizning ongida Vatan tushunchasini buzib, uning o‘rniga mavhum, keng va umumiy Vatan tushunchasini singdirmoqchi bo‘ldi, ya’ni, masalan, o‘zbek uchun go‘yo Kareliya ham YOqutiston ham, O‘zbekiston bilan bir qatorda barobar Vatan edi. «O‘zbekiston Vatanim manim» yoki «o‘zbegim» deyish millatchilik, milliy cheklanganlik, deb baholanar edi va bunday so‘zlarning muallifi ta’qib qilinardi. Holbuki, Vatan – muayyan, aniq tushuncha. Vatan tushunchasi xalqimizning talaygina qismida etarli darajada aniq emasligining birinchi sababi – o‘tmishdagi hukmron mafkura ta’siri bo‘lsa, ikkinchi sababi – Temuriylar zamonidan so‘ng, to XX asrning birinchi choragigacha O‘zbekiston degan yagona jug‘rofiy va siyosiy tushunchaning amalda yo‘qligi, boz ustiga xonliklar, amirlik aminliklarga bo‘linib yotgan hududlarning chorizmning mustamlakasiga aylanishi edi. Mustaqillik ana shu ikki salbiy omilni bekor qilib, xalqimizda haqiqiy Vatan hissini, tushunchasini mustahkamlamoqda. Bugungi kundagi dolzarb vazifalardan biri har bir fuqaromizda Vatanning shani-shavkati, nomi, mavqei bilan g‘ururlanish xislatlarini yoshlarimiz ongiga singdirishdir.

Vatanparvarlik – shu yurtda istiqomat qilayotgan barcha millat fuqarolari bilan ahil, do‘st–birodar bo‘lib yashashdan, yagona vatan manfaati, xalq tinchligi va osayishtaligi uchun kurashishdan iborat. Mustaqillik tufayli qo‘lga kiritilgan jahonshumul yutuqlarimizni qadriga etish va asrash, milliy madhiya, gerbimiz va bayrog‘imizni sevish, jasoratiga hurmat bilan qarash chinakkam vatanparvarlikdir. Kishilarimiz turli xalqlar bilan bir oilaga birlashb, elim deb, yurtim deb yashasa Vatanimizning kelajagi porloq va buyuk bo‘ladi. Har birimizning dilimizdagi vatanparvarlik tuyg‘usi alanga olib tursagina, shu Vatan fuqorosiman deya faxrlanishiga haqlimiz.

Vatanparvarlik tuyg‘usi faylasuflar, shoir va yozuvchilar asarlarida ming bor madh etilgan. Vatani sevmoq vatanparvar bo‘lish demakdir. Vatan ma’naviyat, fan, adabiyot va san’at o‘chog‘i, har bir kishining tug‘ilib o‘sgan yurtiga munosabati, u kishining qalbi, muhabbat tuyg‘usi, chunki inson Vatanda kamol topadi, farovonlik va baxt- saodatga erishadi. Inson uchun Vatandan yuksakroq boylik yo‘q. Vatan borki, el bor. Elsiz Vatan biyobon, Vatansiz el – darbadar.

Prezidentimiz I.A.Karimov: «Vatanning har bir asl farzandi o‘zini ota yurtining ajralmas bo‘lagi deb his etayapti va bundan farlanayapti. Istiqlol bergan eng katta boyliklardan birinchisi ana shu desak, aslo yanglishmagan bo‘lamiz», - deb xalqimizning necha asrlardan buyon yagona orzusi ona – Vatan sog‘inchi bilan yashaganini juda to‘g‘ri ta’kidladi.

Vatanparvarlik aniq muhitda, zaminda va mavjud ma’naviy–ahloqiy qadriyatlar asosida shakllanadi. SHaxs vatanparvarlik tuyg‘usini yaratmaydi, balki, uni tayyor holda qabul qiladi. CHunki vatanparvarlik uzoq tarixiy rivojlanish jarayonida shakllanadigan ijtimoiy tuyg‘udir.

Vatanparvarlik kishilarning ijtimoiy va ma’naviy axloqiy xislatlarining, fazilatlarining yuksak darajada namoyon bo‘lishi hisoblanadi. Zero, ular negizida ota–bobolardan meros qolgan zaminni sevish, urf–odatlarni, qadriyatlarni saqlash, el-yurt ravnaqi uchun chin dildan mehnat qilib, Vatan dushmanlaridan himoya qilish, har qanday qaramlikdan ozod etish, hatto zarur bo‘lsa, uning ozodligi va mustaqilligi uchun jonini ham ayamaslik kabilar yotadi. Vatanparvarlik el-yurt manfaatlariga xizmat qilish, el-yurt manfaatlarini shaxsiy manfaatlardan ustun qo‘yish demakdir.

Fidoyilik vatanparvarlikning bosh belgisi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining mustaqil davlat sifatida mustahkamlanishi, uning iqtisodiy, ma’naviy–madaniy taraqqiyoti, fuqarolarning tezroq farovon hayotga erishishi uchun tinmay mehnat qilishi va izlanishini fidoyilik deyishimiz mumkin. Fidoyilik Vatanga bo‘lgan sadoqatdan, muhabbatdan boshlanadi. Istagan sohada vatanparvarlik tuyg‘usini namoyon qilish mumkin. Tabiatni muhofaza qilish, ota–bobolarimiz qoldirgan madaniy meroslarni to‘plash, o‘rganish, avaylab saqlash va targ‘ib qilish kabilar ham vatanparvarlik hisoblanadi.

Vatanini sevmoq bizga sunnatdir. Vatanini sevgan, Vatan nima ekanini yurakdan his etgan, Vatanidan ayru tushganida uni sog‘inib qolgan, unga hamisha talpingan har bir vijdonli odam yurt qayg‘usi bilan yashaydi, uning yarasiga malham, dardiga darmon bo‘lishga intiladi.

Ajdodlarimiz orasida biror yirik siymo yo‘qki, yurti uchun qayg‘urmagan, yurt tashvishi bilan nafas olmagan bo‘lsin, betavfiq zolimlarning yo‘lini to‘smagan doim elim deb, yurtim deb yonib yashamagan bo‘lsin. Ular fidoyi, vatanparvar, fikri tiniq, mulohazali odamlardir. Jaloliddin Manguberdi yurtining asoratga tushayotganidan qayg‘urib, jangga otlanadi. SHarq tomonidan tug‘ilajak xavfni oldini olish maqsadida etmish yoshga borganiga qaramay sohibqiron Amir Temur qahraton qishda olis safarga otlanadi. Alisher Navoiy yurti uchun g‘am chekib, agar mamlakat parokanda bo‘lsa, el tinchligi yo‘qolib, azobda qolishini o‘ylab, qarigan chog‘ilarida ham podshoh Husayn Boyqaro bilan shahzodalar o‘rtasidagi nizolarni bartaraf qilish yo‘lida viloyatma–viloyat kezadi. Abdulla Avloniy Turkistonning kelajagiga qayg‘urib, najot–ma’rifatda, degan shiori bilan maydonga chiqadi, yoshlar ilmli bo‘lsalar, yurtni ozodlikka olib chiqadilar, deb «Turkiy Guliston»ini yaratadi. Abdulhamid CHo‘lpon esa yurti bolshovoylar oyog‘i ostida toptalayotganidan faryod chekib, aziz jonini qilich tig‘iga qo‘yib, xalqni uyg‘onishga da’vat qilib, «Buzilgan o‘lkaga» degan she’rini bitadi.

Vatanparvarlik - bu vatan oldidagi ma’suliyat, millat bilan yashashdir. Vatanparvarlik bu, fidoyilik, halollik bilan mehnat qilish, insonparvar bo‘lish, ya’ni O‘zbekistoning buyuk davlat bo‘lishiga hissa qo‘shish demakdir. Vatanparvarlik shaxsni yuksak axloqiy fazilatlar ruhida shakllantirishning eng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Hozirgi kunda yangicha tafakkurga bo‘lgan ehtiyoj shunday bir qa’tiy e’tiqodga tayanadiki, bunda o‘z Vatani tarixidan faxrlanish, uni o‘rganish bilan g‘oyaviy–siyosiy jihatdan etuk insonni tarbiyalash mumkin. SHuning uchun har bir kishida Vatan tuyg‘usini rivojlantirish zarur, bunda har bir kishi insonparvarlikka asoslangan demokratik, huquqiy davlat barpo etishga, jamiyatimizni insonparvarlashtirishga o‘z hissasini qo‘shishi, o‘zbek milliy g‘ururiga sodiqlik, do‘stlik munosabatlarini rivojlantirishi, barcha axloq va huquq normalariga rioya etishi lozim.

Mamlakatimiz aholisi ko‘p millat vakillaridan tashkil topgan. Hozir yurtimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari istiqomat qiladi. Ko‘p yoki oz sonligidan qa’tiy nazar, mamlakatimizda barcha millatlar uchun hamma sharoitlar yaratilgan. Ana shu millatlarning barchasi mustaqil yurt ravnaqi, el-yurt farovonligi va tinchligi uchun o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar. Qozoq, qirg‘iz, tojik, rus, yahudiy, uyg‘ur, qoraqalpoq, turkman, tatar, ukrain va boshqa millatlarning ko‘plab vakillari «O‘zbekiston o‘z vatanim» deb faxr bilan yashayotganligi mamlakatimiz ravnaqi uchun zamindir.

YUrtimizda istiqomat qilayotgan barcha elat va millatlar o‘rtasida do‘stlik va birodarlik rishtalarini mustahkamlab borish, har bir millat vakili dunyoqarishida o‘zaro hurmat va totuvlik g‘oyasini shakllantirish, ularning iste’dodini va salohiyatini to‘la ro‘yobga chiqarish uchun sharoit yaratadi va uni Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi kabi ezgu maqsadlar sari safarbar qiladi.

Faqat millatlararo totuvlik g‘oyasiga tayanib, umumiy maqsadlar yo‘lida hamjihat bo‘lib, Vatan ravnaqi yurt tinchligi va xalq farovonligidek olijanob maqsadlarga erishish mumkin. Milliy mafkurada mamlakatimizda yashayotgan barcha millatlarning ezgu maqsadlari, mamlakat manfaatlari, taraqqiyot yo‘li, e’tiqodi va ishonchi mujassamlashgan bo‘lib, u xalqimizga xos bo‘lgan bag‘rikenglik, oliyjanoblik, insonparvarlik, ochiq ko‘ngillilik kabi fazilatlarga asoslanadi.

Ko‘p millatli mamlakatimiz aholisi ongida «O‘zbekiston – yagona Vatan» g‘oyasini shakllantirish milliy mafkuraning bugungi kundagi eng muhim vazifalaridan biri.

Mustaqil Respublikamiz fuqarolari, xususan yoshlar ruhiyatida vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish, ularni rivojlantirish demokratik, adolatli va huquqiy jamiyatni barpo etishning muhim kafolati sanaladi. SHuning uchun vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish butun tarbiyaviy ishimizning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmog‘i lozim.

Davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston Respublikasi insonparvar demokratik tuzumga o‘tish yo‘lini o‘zi uchun maqbul deb bildi. Bu yo‘l fuqarolik jamiyati va huquqiy davlatni o‘rnatish va mustahkamlash yo‘lidir.

Fuqarolik jamiyati O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy asosidir. Fuqarolik jamiyati – erkinlik, ozodlik, tenglik, ijtimoiy adolat jamiyatidir. Inson manfaati uchun xizmat qilish, turmush farovonligi ta’minlash, uning qobiliyati, talanti va iste’dodini ro‘yobga chiqarish, niyatlari, orzu–armonlarini amalga oshirish, fuqarolik jamiyatining oliy maqsadidir. Fuqarolik jamiyati insonparvarlik jamiyati bo‘lib, O‘zbekistonda tug‘ilib, shu yurtga mehnati singgan, uni o‘z Vatani deb bilgan va hurmatlagan har bir millat va xalq vakillarini dini, tili, madaniyati, dunyoqarashi, urf–odatlari xilma–xilligiga qaramasdan qonun yo‘li bilan himoya qiladi, ularning manfaatlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Prezidentimizning «O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyoti yo‘li» kitobida juda aniq va mukammal qilib ta’riflanganidek, «O‘zbekiston – kelajagi buyuk davlat. Bu – mustaqil, demokratik, huquqiy davlatdir. Bu – ijtimoiy ahvoli, siyosiy e’tiqodlaridan qa’tiy nazar fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlab beradigan davlatdir»1.

Fuqarolik jamiyatining ma’nosi shuki, davlatchiligimiz rivojlana borgan sari boshqaruvning turli xil vazifalari bevosita xalqqa topshiriladi, ya’ni o‘zini–o‘zi boshqarish organlari yanada rivojlantiriladi.

Fuqarolik jamiyatini qurish strategik vazifa ekan, albatta kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari bosqichma–bosqich o‘tish zarur. Bunda kuchli huquqiy davlat tashqi siyosat, mudofaa, davlat va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, moliya va soliq tizimini shakllantirish, qonunlar qabul qilish kabi umummilliy vazifalarni amalga oshirsa, boshqa masalalar bilan shug‘ulanish markazning emas, joylardagi jamoat tashkilotlariga, fuqarolarning o‘zini–o‘zi boshqarish organlariga topshirildi.

Fuqarolik jamiyati shakllantirishning muhim sharti, bu jamiyat hayotida nodavlat va jamoat tashkilotlarining o‘rni va ahamiyatini keskin kuchaytirishdan iborat. Boshqacha qilib aytganda, bu – «Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari» degan tamoyilni hayotga joriy etish demakdir.

Bu yo‘nalish ijtimoiy–iqtisodiy jarayonlar bilan bog‘liq ko‘p masalalarni hal qilishda davlat tuzulmalarning rolini kamaytirish va bu vazifalarni bosqichma–bosqich jamoat tashkilotlariga o‘tkaza borishni taqozo etadi.

Buning uchun, avvalombor davlatning iqtisodiy sohaga, xo‘jalik yurituvchi tuzilmalar, birinchi galda, xususiy sektor faoliyatiga aralashuvini cheklashdi. Bu masalada davlatning roli, avvalo, iqtisodiyotni rivojlantirish borasidagi ustuvor yo‘nalishlarini aniqlashga, qabul qilingan qonunlar va huquqiy normalarning barcha tomonidan so‘zsiz bajarilishini ta’minlashga, tashabbus va tadbirkorlikni rag‘batlantirishga, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasida raqobat muhitini qaror toptirish uchun zarur va hammaga barobar bo‘lgan shart–sharoitlar yaratishga qaratiladi.

Qonunlar ijrosini ta’minlash mamlakatda qabul qilingan va amalda bo‘lgan me’yoriy hujjatlarni hayotga joriy qilishda davlat hokimiyat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etadi. «Adolat - qonun ustuvorligida» degan hayotiy tamoyilga qat’iy amal qilib yashashimiz zarur.

Fuqarolik jamiyatida har bir shaxs hamma vaqt ham davlat bilan bevosita munosabatga kirishavermaydi. Fuqarolarning tuman uyushmalari, jamoalari mavjud bo‘ladiki, ular fuqarolarning manfaatlarini, huquq va erkinliklarini muhofaza qiladilar, buzilgan huquqlarini tiklash bobida davlat idoralari bilan munosabatga kirishadilar.

Fuqarolik jamiyati davlat hokimiyati bilan fuqarolar (fuqaroviy uyushmalar, guruhlar hamda jamoat birlashmalari) o‘zaro teng huquqiy (shuningdek, siyosiy–iqtisodiy) munosabatlarning erkin ishtirokchisi bo‘lishini anglatadi. Bu jamiyatning siyosiy shaklini huquqiy davlat va unga bog‘liq demokratik siyosiy tizim tashkil etsa, iqtisodiy zaminini xususiy mulkchilikka asoslangan bozor iqtisodiyoti tashkil qiladi.

Konstitutsiyada fuqarolik jamiyatning muhim tarkibiy qisimlari va institutlari bo‘lmish oila, maktab, jamoat birlashmalari, siyosiy partiyalar, ommaviy axborot vositalari, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari (mahalla), diniy muassasalar, jamg‘armalar, uyushma va ittifoqlar va boshqalarning huquqiy maqomi hamda asoslari mustahkamlab qo‘yilgan.

Milliy g‘oyaning fuqarolik jamiyati qurishdagi ahamiyati ortib boraveradi. Mamlakatimizda izchillik bilan mahalliy hokimiyat va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari vazifalari kengaytirilmoqda, ularga davlat vakolatlarining bir qismi bosqichma–boqich o‘tkazilib, nodavlat va jamoat tuzilmalari huquqiy mavqeini oshirishni ko‘zda tutadigan «Kuchli davlatdan – kuchli jamiyat sari» konsepsiyasi amalga oshirilmoqda.

Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek: «Boshlagan barcha islohotlarimizning pirovard maqsadi bita – adolatli jamiyat barpo etish»1. Adolatli jamiyatda insonni – shu jamiyat fuqarosining huquqi, sha’ni, qadr-qimmati qadrlanadi. Fuqarolik jamiyatini shu jamiyat fuqarolarining o‘zlari shakllantiradilar. Bu, avvalo, ularning huquqiy tarbiyasi, madaniyati va ongi qay darajada ekanligi bilan belgilanadi.

Millliy g‘oyaning shakllanishi shaxs qadriyatlari, inson ma’naviy olami bilan bog‘liq. SHubha yo‘qki, milliy g‘oyani amalga oshirish, avvalo har tomonlama bilimli, ma’naviy, jismoniy va aqliy etuk insonlarga bog‘liq.

Bu esa har bir yurtdoshimizni istiqlol g‘oyalari bilan qurollantirishni taqozo etadi. Sog‘lom avlodni tarbiyalash, erkin fuqaro ma’naviyatini shakllantirish, barkamol insonni voyaga etkazish ham ana shu vazifalar sirasiga kiradi. Zero, har bir shaxs ijtimoiy jarayonlarni o‘zida mujassam etuvchi sifatida jamiyatdagi barcha jarayonlarning, jumladan milliy g‘oya amal qilishida ham asosiy omil hisoblanadi. Avvalo, shaxs milliy g‘oyaning, uning hayotbaxsh tushunchalarining o‘zlashtiruvchisi, o‘ziga singdiruvchisidir. Ta’lim va tarbiya jarayonida, ijtimoiy–ma’naviy tizim, malakani oshirish va qayta tayyorlash, qolaversa, jamiyatdagi to‘laqonli axborot makoni orqali, u aniq va oqilona yo‘naltirilgan mafkuraviy qadriyatlar, me’yorlar va talablarni o‘zlashtirishi zarur.

SHaxsning milliy g‘oyani keng yoyishdagi o‘rni, avvalo, uning mafkuraviy jarayonlarda qanchalik faol ishtirok etishida ko‘rinadi. Faol intiluvchan shaxs mafkuraviy ta’sir, targ‘ibot va tashviqotning ob’ektidan mafkuraviy jarayonlarning sub’ektiga, mafkurachiga, mafkuraviy tarbiya tizimining muhim bo‘g‘iniga aylanib boradi. SHundan so‘ng u milliy mafkura g‘oyalarining tashuvchisiga, uning targ‘ibotchisiga, uni boshqalarga etkazuvchi vositasiga aylanadi. Har bir shaxs tegishli mafkuraviy g‘oyaviy tayyorgarlikka ega bo‘lgach, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, ta’lim fan, madaniyat, sog‘liqni saqlash harbiy xizmat va hayotning boshqa sohalaridagi faoliyat orqali milliy mafkuraning asosiy tamoyillarini yoyishda, targ‘ib etishda va mustahkamlashda faol ishtirok eta oladi. SHu tariqa bu g‘oya va tamoyillar odamlarni aniq maqsad, taraqqiyot sari etaklaydi, millat qo‘lidagi bayroqqa aylanadi.

Ana shu sabablarga ko‘ra, milliy g‘oyani amalga oshirishda shaxs tayanch omil deb qaraladi, uning imkoniyatlarini yuksak baholagan holda, asosiy e’tibor muayyan shaxsning mafkuraviy tayyorgarlik darajasiga qaratiladi. Bunda muayyan shaxsga o‘zbek milliy xarakterining afzalliklarini tashviq qilish, xalqimiz madaniyatining bebaho va betakror ekanini anglatish, o‘zbeklarga xos jamoaviylik jamiyatimizning muhim xususiyati ekani, ijtimoiy birdamlik taraqqiyotimizning manbai bo‘lib xizmat qilishiga alohida e’tibor beriladi. SHuningdek, bu jarayonda taraqqiyotga baholi qudrat o‘z hissasini qo‘sha oladigan etuk shaxs timsolini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Milliy g‘oyaning amal qilish tamoyillari fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat barpo etish, hayotning barcha jabhalarida olib borilayotgan faol mehnat bilan mustaqillikni mustahkamlashga qaratilgandir. Hozirgi davrda xilma–xil mulkchilik shakllari va mulk egasining qaror topishi, Vatan va mustaqillik, jamiyat va millat munosabatlarining yaxlitligi, mamlakatimizning xalqaro nufuzi va tichliksevar aloqalarining o‘sib borishi, osoyishtalik, milliy totuvlik, hamjihatlikka xizmat qiluvchi g‘oyalar ham ana shu tamoyillarning to‘la namoyon qilishga xizmat qiladi. Ularning hayotiyligi xalq irodasiga, ruhiyatiga, milliy tuyg‘ulari, orzu – intilishlariga mosligi bilan belgilanadi. SHuningdek, barpo etilajak yangi jamiyat va unga borishning iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ma’rifiy yo‘l–yo‘riqlari milliy g‘oyaning tamoyillariga tayanish orqali samarali amalga oshish imkoniga ega bo‘ladi.

Milliy g‘oyaning amaliyoti jamiyat va Vatan manfaatlari, yurt tinchligi, xalq farovonligi tamoyillaridan ajralgan holda zohir bo‘lmaydi. Bu jarayon mamlakatimizda kechayotgan islohotlar jarayoni, insonparvar huquqiy demokratik davlat yaratish, zamonaviy ulkan qurilishlar, yurtimiz xalqaro nufuzining o‘sib borishi, ma’naviy–ma’rifiy sohada yuz berayotgan yangilanishlar, umuman, davlatimizning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, huquqiy, ma’naviy hayotidagi ijobiy o‘zgarishlar to‘g‘risida halqimizda tasavvur va tushunchalarni hosil qilib borish lozimligini ko‘rsatadi. Fuqarolarni milliy g‘oya tamoyillari asosida yashash va faoliyat yuritishga o‘rgatishda turli jamoat, ijodiy, ilmiy, tashkilotlar, institutlar, siyosiy partiya va harakatlar, jamg‘armalarning o‘rni va ahamiyati katta. Bu borada davlat organlari, ommaviy axborot vositalarining tashabbuskorligi ham alohida ahamiyatga molikdir.

Bunda ushbu tamoyillarning xalqimiz xohish irodasi, milliy manfaatlariga muvofiqligi, har bir kishida Vatanga sodiqlik va milliy g‘urur tuyg‘usini o‘stirishga yo‘naltirilganligi, har bir fuqaroning amaliy faoliyati, turmush tarzi, tabiatidan kelib chiqish juda katta ahamiyat kasb etadi. Mazkur sohadagi birinchi navbatdagi vazifa odamlar ruhiyatida, tafakkurida poklanish, yangilanish uchun shart–sharoitlar yaratish bilan birga O‘zbekiston jamiyatining ozod va obod Vatan barpo etish bilan bog‘liq maqsad va g‘oyalarini amalga oshirish yo‘lida xizmat qilishdir. Bu maqsad va g‘oyalar butun xalqimizning umumiy manfaatlarini aks ettiradi.

Ayni paytda, milliy g‘oyaning amal qilish tamoyillari jamiyatdagi barcha qatlam va ijtimoiy kuchlarning faoliyati, maqsad va intilishlariga ma’naviy yo‘nalish beradi. SHu tarzda milliy g‘oya jamiyatdagi turli ijtimoiy qatlamlarning manfaatlari va ehtiyojlariga xizmat qiladi, ularni amalga oshirish imkonini yaratadi.

Milliy g‘oyaning amal qilish tamoyillari shaxsning erkinligi, siyosiy va huquqiy imtiyozlarini qo‘llab-quvvatlashi, jamiyat uchun foydali ishlarda insonning faolligini oshirishi, umuminsoniy me’yorlarning boyitilishi, kishilarda yangicha munosabatlar qaror topishi uchun kurash olib borishini ham anglatadi. Bundan kuzatilgan asosiy maqsad demokratik o‘zgarishlar hayotimizning muhim yo‘nalishiga aylangan hozirgi davrda erkin fikrlovchi, o‘z faoliyatida bunga amal qiluvchi komil insonlarni voyaga etkazishdan iborat.

SHuni alohida ta’kidlash lozimki, istiqlol ma’naviyati sog‘lom, barkamol avlodni voyaga etkazish haqidagi orzular ro‘yobga chiqishi uchun shart-sharoit yaratdi. Zero, haqiqiy farovon jamiyatning a’zolari ham etuk ma’naviyat sohibi bo‘lishi shart. CHunki o‘zligini anglagan inson, o‘zgalar hamda millat, jamiyat, Vatan oldidagi burch va ma’suliyatini ham anglaydi. Uning qalbi, tafakkuri va ruhiyatida bunday ulug‘vor fazilatlar oson va samarali kamol topadi. Ma’naviy etuk, ruhi sog‘lom insonning jismoniy mehnati, turmush tarzi, orzu-intilishlari ezgulikka tomon yo‘nalgan bo‘ladi.

Mustaqillik yillarida odamlarni g‘oyaviy tarbiyalash va jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish borasida ulkan ishlar amalga oshirildi. Fuqarolarimizning o‘zligini anglash, qadr-qimmat, iymon e’tiqod, ona- Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat e’tibor tuyg‘ularni o‘stirib borish yo‘lidagi harakatlar o‘zining samarasini bera boshladi. Odamlarning ruhiyati, dunyoqarashi ijtimoiy hayotga munosabati, amaliy faoliyatida tub o‘zgarishlar yuz bermoqda, ularning tafakkuri uyg‘onmoqda.

Bugungi kunda milliy g‘oyani har bir inson, ayniqsa yosh avlod qalbi va ongiga singdirish hayot taqazosiga aylandi. SHu bilan birga, mafkura sohasida yanada samarali va izchil ish olib borish, mafkuraviy targ‘ibotni takomillashtirish, ushbu soha xodimlari malakasini oshirish, mavjud muammolarini hal qilish uchun amaliy seminarlar, anjumanlar, muloqotlar tashkil etish zaruriyati ortib bormoqda. Bu o‘rinda qabul qilinayotgan Farmonlar, qonunlar va boshqa hujjatlarning asl mohiyatini, ularda bayon qilingan g‘oyalarni keng xalq ommasi ongiga etkazishning benihoya dolzarbligini ta’kidlash lozim. CHunki, huquqiy jamiyat va yuksak ma’rifatli, ezgu g‘oyali inson tushunchalari biri–biridan ajralmasdir. Madaniy bozorni ham, ma’naviy sog‘lom jamiyatni ham ana shunday kishilargina yarata oladilar. Ularni voyaga etkazmay turib milliy g‘oya tamoyillarining amalga oshganligi to‘g‘risida fikr yuritish qiyin.

Milliy g‘oyaning amal qilish tamoyillari mamlakatimizda yashaydigan kishilarning tinch–totuvligi, ijtimoiy–siyosiy va iqtisodiy baraqarorlikning qadriga etishi, jamiyatimiz hayot tarziga xavf solishi mumkin bo‘lgan tahdidlarga qarshi siyosiy, huquqiy hushyorligi bilan uzviy bog‘liq. CHunki, hozirgi davrda tarbiyalanayotgan va kelajakda mamlakatimiz uchun mas’ul bo‘lgan kishilar ana shunday jarayonlarning mevasi ekanligiga aslo shubha yo‘q.

Milliy g‘oya erkin fuqarolik jamiyatiga o‘tish jarayonida xalq tasavvurini o‘zgartirish va yangicha ma’no–mazmun bilan to‘ldirish, huquqiy davlatchilikka xos tamoyillarni turmush tarziga aylantirishda umuminsoniy qadriyatlarga tayanadi. U xalqning orzu–umidlarini umummiliy darajada yuksaltirib, odamlarni ezgu intilishlar tomon etaklaydi.

Bugungi tahlikali dunyoda har bir insonning o‘z hayotini to‘g‘ri tashkil etishi, shaxsiy manfaat va intilishlarini xalq va Vatanning pirovard maqsadlari bilan uyg‘unlashtira olishi milliy g‘oya tamoyillari amaliyotining eng muhim ko‘rsatkichidir. Ana shunday kishilarni tarbiyalash va voyaga etkazish har birimizning zimmamizga ulkan mas’uliyat yuklaydi.

YUrboshimiz O‘zbekistonda yangi jamiyat barpo etish jarayonini milliy davlatchilikni mustahkamlash, hokimiyat tarmoqlarining mustaqil faoliyatini ta’minlash, xalqning boshqaruv ishlarida faol ishtirok etishi, qonun ustuvorligi, so‘z va fikr erkinligiga erishish kabi dolzarb masalalar bir–biri bilan bog‘liq holda borishini tasavvur etadi. SHu bilan birga yangi jamiyat qurish vazifasini milliy g‘oya va mafkuradan xoli tarzda tasavvur etib ham bo‘lmaydi. Buning boisi shundaki, dunyodagi har qanday xalq adolatli jamiyatda yashab, o‘zining orzu intilishlariga erishishni istaydi. Ana shu jamiyat haqidagi maqsadlari esa uning milliy mafkurasida yaqqol aks etadi.

Milliy mafkuradagi olijanob g‘oyalar, qarashlar, fikrlar, nazariy xulosa va qoidalarning katta ijtimoiy kuchga aylanishi uchun ular, eng avvalo hayotimizga, ong va tafakkurimizga chuqurroq singgan, xalq qalban uni idrok etgan va aql–idrokini mulkiga aylantirgan, usiz borlig‘ini, hayoti ma’nosini tasavvur eta olmaydigan bo‘lishi lozim. Buning uchun g‘oyaviy targ‘ibot–tashviqot ishlariga alohida e’tibor qaratishga to‘g‘ri keladi. Aslida, targ‘ibot–tashviqot ham ma’naviy ma’rifiy–mafkuraviy ta’lim


Adabiyotlar:

1.Karimov I. A. Asarlari to‘plami 1- 23 jild. T.: O‘zbekiston, 2015

2.Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushunchalar va tamoyillar T.:YAngi asr avlodi, 2001.

3.Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushunchalar, tamoyillar va atamalar (qisqacha izohli tajribaviy lug‘at).. T.:YAngi asr avlodi, 2002.

4.Mustaqillik mafkurasi va O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurishning iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy negizlari. –T. : Universitet, 2001.

5.Ochildiev A. Globallashuv va mafkuraviy jarayonlar. T.: Muharrir, 2009.

6.Milliy istiqlol g‘oyasi. –T.: Akademiya, 2005.
9. Tafakkur o‘zgarishi va ma’naviy yangilanishda milliy g‘oyaning roli.

Milliy g‘oyani rivojlantirishning institutsional tizimi
REJA:

1.Bozor munosabatlariga o‘tishning inson tafakkuriga ta’siri. Milliy g‘oyaning tafakkur konservatizmini bartaraf qilishdagi o‘rni.

2.Taraqqiyotning milliy modellari va ularning mazmuni.

3. “Mafkuraviy tarbiya” tushunchasi, uning mazmuni va namoyon bo‘lish xususiyatlari.

4. Ta’lim-tarbiya tizimida milliy g‘oyani rivojlantirish imkoniyatlari.

5.. Milliy g‘oyani rivojlantirishda ommaviy va siyosiy tashkilotlarning ahamiyati.



Tayanch tushunchalar

Mafkuraviy tarbiya,tadrijiy yo‘l, o‘zbek modeli, tadbirkorlik, tashabbuskorlik, xalq manfaati,tarixiy xotira.

Biz qanday jamiyat barpo etmoqdamiz? Mustaqillik yillarida shakllanish yo‘liga kirgan milliy istiqlol mafkurasi xalqimizning asriy an’ana va qadriyatlarini, milliy o‘zligimizni o‘zida mujassamlashtirib, ularni umuminsoniy qadriyatlar, dunyo sivilizatsiyasi yutuqlari hamda ilg‘or, taraqqiyparvar g‘oyalar bilan boyitib, mamlakatimiz o‘z oldiga qo‘ygan ezgu maqsad va vazifalarni aniq-ravshan aks ettiradi. Uning vositasida har bir vatandoshimiz biz qanday jamiyat,qanday davlat, qanday tuzum barpo etmoqdamiz, uning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-ma’naviy asoslari nimalardan iborat, degan savollarga javob topa oladi.



Davlatimiz rahbari Islom Karimovning «O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li», «O‘zbekiston buyuk kelajak sari», «O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda» kabi asarlarida hamda ko‘plab ma’ruza va nutqlarida O‘zbekiston xaqi qanday maqsad sari intilayotgani, qanday jamiyat barpo etgani ilmiy asosda keng va atroflicha yoritib berilgan.

Ayniqsa, Prezidentimizning «O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda» asarida mustaqil taraqqiyot yillarida orttirilgan tajribalarga tayangan holda, sobiq sovet tuzumining og‘ir asoratlariga qaramay, yurtimiz katta rivojlanish yo‘li, O‘zbekiston yangi asrga qanday rejalar bilan kirib borayotgani asoslanadi. YUrtimizda ma’no-mohiyatiga ko‘ra butunlay yangi jamiyat barpo etish va XXI asrning dastlabki yillariga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasining ustuvor yo‘nalishlari ko‘rsatib berilgan.

Ma’lumki, biz qanday jamiyat barpo etmoqdamiz, degan masala mustaqillikka erishganimizdan buyon dolzarb ahamiyat kasb etib kelmoqda. Bu masala Prezidentimizning mazkur asarida ayniqsa o‘zining tugal va mukammal ifodasini topdi. Unda qurilajak yangi jamiyatning ilmiy-falsafiy konsepsiyasi, jamiyat hayotini tubdan isloh etishning navbatdagi strategik vazifalari asoslab berilgan. Ana shu masalalarni bajarish Milliy g‘oyaning pirovard maqsadlarini belgilaydi va bu maqsadlarga etishga xizmat qiladi.

Bizning bosh strategik maqsadimiz – ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot, bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik jamiyat barpo etishdir. Bozor iqtisodiyoti, eng avvalo, ko‘pmulkchilikka va ular o‘rtasidagi raqobatga tayanadi. Unda mulkning barcha qonuniy shakllari teng huquqqa ega bo‘lib, bu huquq davlat tomonidan kafolatlanadi. Iqtisodiy taraqqiyotni bozordagi talab va taklif yo‘lga soladi va boshqara boshlaydi. Uni markazdan turib boshqarishga, mablag‘ va fondlarni rejali taqsimlashga hojat qolmaydi. Sobiq sotsialistik mamlakatlarning tajribasi shuni ko‘rsatadiki, markazdan turib boshqariladigan rejali iqtisodiyot oxir-oqibatda baribir tanazzulga yuz tutadi.

Ko‘pmulkchilikka asoslangan bozor iqtisodiyotini joriy qilish orqali yurtimizda yashaydigan barcha insonlar uchun millati, tili va dinidan qat’i nazar, munosib hayot sharoiti yaratib berish, rivojlangan demokratik mamlakatlardagi kabi kafolatlangan turmush darajasi va erkinliklarni ta’minlash — davlatimiz siyosatining mazmun-mohiyatini ifodalaydi.

Lekin bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tish va ularni amalda joriy qilishning tayyor andozasi yo‘q. Bu borada biz hatto jahondagi eng yuksak rivojlangan mamlakatlar tajribasini ham ko‘r-ko‘rona qo‘llay olmas edik. CHunki bizning mamlakatimiz iqtisodiyotining tarkibiy tuzilishi, qazilma boyliklari va iqlim sharoiti, tabiiy resurslari, xalqimizning mentaliteti, aholi tarkibi va o‘sishi biror mamlakatnikiga aynan o‘xshamaydi. Boshqa davlatlarda yaxshigina samara beradigan taraqqiyot modeli bizda hech qanday natija bermasligi yoki aksincha, inqirozni yanada chuqurlashtirishi mumkin edi. (Masalan, ayrim Hamdo‘stlik mamlakatlarining shok terapiyasi usulini qo‘llab, qiyin ahvolga tushib qolganini eslang).



SHu bois xalqimiz irodasi bilan tanlab olingan va o‘zimizga mos rivojlanish bu — ijtimoiy larzalarsiz, inqilobiy sakrashlarsiz, tadrijiy tarzda olg‘a borishni taqozo etadigan yo‘ldir. Milliy g‘oya ana shu yo‘lda fuqarolarni birlashtiradi, yakdil va hamfikr bo‘lishlariga xizmat qiladi. Jamiyat taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlarini qat’iy belgilab olib, asosiy kuch va imkoniyatlarni bir joyga to‘plab, avvalo ana shu ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha taraqqiyotni ta’minlash, islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish orqali bozor munosabatlariga asoslangan demokratik odil jamiyat barpo etish O‘zbekiston tanlagan yo‘lning ma’no-mazmunini tashkil etadi.

Tanlab olingan bu yo‘l, hamda unga xos Milliy g‘oyaning strategik maqsadlari jamiyat hayotining barcha sohalariga daxldor bo‘lgan quyidagi bir qator vazifalarni amalga oshirishni taqozo etadi.



Siyosiy sohada:

Jamiyat hayotini demokratlashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish, uning izchilligi va samaradorligini ta’minlash – mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy islohotlarning eng asosiy yo‘nalishidir.

Birinchidan, mamlakatimiz siyosiy hayotining barcha sohalarini, davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirish, aholining siyosiy faolligini oshirish, unda milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan siyosiy madaniyatni shakllantirish. Milliy g‘oyaning siyosiy sohadagi xususiyatlarining mohiyati ana shularda namoyon bo‘ladi.

O‘zbekiston Konstitutsiyasiga muvofiq, xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbaidir. Xalqning mentaliteti, siyosiy madaniyati, o‘z haq-huquqlarini, tub manfaatlarini anglash darajasi, xullas, siyosiy va ma’naviy etukligi uning davlat qurilishida qanchalik faol ishtirok etishini belgilaydi.

Binobarin, siyosiy hayotni erkinlashtirishning asosiy shartlaridan biri xalqning siyosiy ongini o‘stirish, unga demokratik erkinliklarning ma’no-mohiyatini to‘g‘ri tushunib olish va o‘zlashtirishga imkon yaratishdan iboratdir.

Siyosiy madaniyat, bir tomondan, fuqarolarning, ikkinchi tomondan, davlat idoralari va jamoat tashkilotlari hamda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning qonunga bo‘ysunishidan boshlanadi. Demak, biz barpo etayotgan jamiyatda nafaqat aholi huquqiy bilimlarining oshishi, uning ongi yuksalishiga, balki hokimiyatning barcha mustaqil tarmoqlari, nodavlat tashkilotlari va ijtimoiy institutlari faoliyat samaradorligi ortishiga ham jiddiy e’tibor qaratiladi.

Ijtimoiy taraqqiyotga intilayotgan, siyosiy va iqtisodiy hayotni erkinlashtirish yo‘lidan borayotgan har qanday jamiyat huquqiy madaniyati yuksak, ozod va erkin shaxsni tarbiyalashga intiladi. Zero, shundagina demokratiya, fikr va vijdon erkinligi, plyuralizm va inson huquqlarini ta’minlash, gumanizm va umuminsoniy qadriyatlarga amal qilib yashash tamoyili jamiyat hayotining asosiy mezoniga aylanadi. CHunki demokratiyaning ijodkori, amalga oshiruvchisi, rivojlantiruvchisi – insondir. Demokratiya – faqat xalq hokimiyati bo‘lib qolmay, u ayni paytda har bir inson, har bir jamoa va butun xalqning o‘z mamlakati kelajagi, o‘z taqdiri oldidagi mas’uliyati hamdir.



Demokratiya va siyosiy hayotni erkinlashtirish zaruratini oxlokratiyadan (oxlos – to‘da, olomon), ya’ni turli guruhlarning siyosiy o‘zboshimchaligidan, hokimiyat idoralariga noo‘rin talablar qo‘yishidan, tazyiq o‘tkazishidan farq qilish lozim.

Bu o‘z navbatida demokratiya, siyosiy hayotni erkinlashtirish orqali fuqarolardan o‘z manfaatlarini davlat va jamiyat manfaati bilan uyg‘unlashtirishni, yuksak siyosiy madaniyatga ega bo‘lishni talab qiladi.



Ikkinchidan, jamiyatimizdagi turli manfaatlar, qarama-qarshi kuchlar va harakatlar o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlaydigan samarali mexanizmni shakllantirish, siyosiy hayotda haqiqiy ma’nodagi ko‘ppartiyaviylik tamoyilini qaror toptirish. Mazkur jihatlar Milliy g‘oyaning siyosiy sohadagi o‘ziga xos tamoyillarini ifodalaydi.

Mulkchilikning rang-barang shakllari qaror topayotgani, ular teng huquqliligining davlat tomonidan kafolatlanayotgani jamiyatning ijtimoiy-tabaqaviy tarkibini o‘zgartirmoqda. Bugun yangi ijtimoiy qatlam va guruhlar – sarmoyadorlar, tadbirkorlar va o‘rta sinf vujudga kelmoqda. Mulk shakllari xilma-xiligi va ijtimoiy tabaqalanish jarayoniga mos holda turli manfaatlar, qarama-qarshi kuchlar hamda harakatlar ham paydo bo‘lmoqda. Mamlakatimizda ko‘ppartiyaviylik tizimining shakllangani buning yaqqol dalilidir.

Hozirgi o‘tish davrida mulkchilikning nodavlat shakllari va siyosiy partiyalar hali mustahkam oyoqqa turib olgani yo‘q. Lekin ular kundan-kunga kuchga to‘lib o‘z mavqelarini oshirib bormoqda.

SHu ma’noda, Prezidentimiz Islom Karimovning quyidagi mulohazasi muhim ahamiyatga ega: «SHunga erishish kerakki, mamlakatimiz siyosiy hayotida haqiqiy ma’nodagi ko‘ppartiyaviylik muhiti qaror topishi darkor. Har bir partiya muayyan ijtimoiy qatlamga tayangan holda, ana shu toifa manfaatlarining himoyachisi sifatida o‘zining aniq va ravshan harakat dasturiga ega bo‘lishi kerak. Unda har qaysi partiyaning maqsad va vazifalari, jamiyat taraqqiyoti borasidagi muqobil takliflari o‘z ifodasini topishi lozim»32.

Ko‘ppartiyaviylik, partiyalarning jamiyat hayotida faol ishtirok etishi, eng avvalo, parlament ishida o‘z vakillari orqali ishtirok etuvchi partiyalarning demokratik qonunlar qabul qilish va ularni hayotga tatbiq etish borasida faolik ko‘rsatishi, parlament orqali ijroiya hokimiyat faoliyatini nazorat qilib borishi turli manfaatlar, qarama-qarshi kuchlar o‘rtasidagi muvozanatni vujudga keltiruvchi asosiy omildir.

Turli manfaatlar, qarama-qarshi kuch va harakatlar muvozanatini ta’minlaydigan ma’naviy omil bu – milliy g‘oyadir. U ijtimoiy guruhlar manfaati va mafkurasidagi umumiylikni, ya’ni umummilliy manfaatlarni va yagona oliy maqsadni aks ettiruvchi g‘oyadir. U millatning jipsligiga, konsolidatsiyasiga xizmat qiluvchi ma’naviy kuchdir. SHu bois mamlakatimiz mustaqilligi, kelajak taraqqiyotimiz uni xalqimiz ongiga muntazam va bosqichma-bosqich singdirib borishni taqozo etadi. Milliy g‘oya negizida milliy mafkura shakllanadi.

SHunday qilib, biz barpo etayotgan jamiyatdagi turli manfaatlar, qarama-qarshi kuchlar va harakatlar o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlovchi mexanizm quyidagi iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy omillardan tashkil topadi:



  • mulkchilikning turli shakllarini rivojlantirish;

  • haqiqiy ko‘ppartiyaviylikni qaror toptirish;

  • mulkdorlar sinfi va o‘rta sinf shakllanishini jadallashtirish;

  • ijtimoiy guruhlar o‘rtasidagi hamkorlik va sherikchilikni vujudga keltirish;

  • Milliy g‘oyani muntazam va bosqichma-bosqich jamiyat ongiga singdirib borish.

Uchinchidan, demokratik institutlarning mustaqil faoliyat ko‘rsatishi uchun yanada kengroq shart-sharoit yaratish, hokimiyatning konstitutsiyaviy bo‘linishi tamoyiliga qat’iy amal qilish, jamiyat a’zolarining barcha siyosiy, ijtimoiy salohiyatini, tashabbus erkinligini ro‘yobga chiqarish uchun zarur imkoniyatlarni ishga solish taqozo etadi.

Bu — mamlakatimizda demokratiya tamoyillariga asoslangan, hech qanday siyosiy kuchning sub’ektiv xohish-irodasiga qaram bo‘lmasdan ishni faol tashkil qiladigan, o‘z mohiyatiga ko‘ra, jamiyatning olg‘a siljishiga xalaqit berayotgan illat va asoratlarni bartaraf etishga qodir bo‘lgan samarali tizimni shakllantirish demakdir.

Bunday samarali tizim – demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatidir. Huquqiy davlatda nafaqat hokimiyatning uch tarmog‘i – qonun chiqaruvchi, ijroiya va sud hokimiyati bir-biridan ajratiladi va bir-biridan mustaqil harakat qiladi, balki ommaviy axborot vositalari va boshqa ijtimoiy institutlar ham erkin va mustaqil bo‘lib, hech qanday kuchga qaram bo‘lmaydi. Hokimiyat bo‘g‘inlari va ijtimoiy institutlar faqat Konstitutsiya va amaldagi qonunchilikka tayanib ish tutadi. Ularning o‘zaro munosabati va hamkorlik mexanizmi ham Konstitutsiya va amaldagi qonunlar orqali belgilab qo‘yiladi. Ularning mustaqilligi, bir-biriga bevosita bo‘ysunmasligi, faqat qonun oldida mas’ulligi, amalda ularni butun jamiyat oldida mas’ul qilib qo‘yadi.

Demak, mustaqillik bu — huquq, huquq esa – mas’uliyat yoki, bir so‘z bilan aytganda, mustaqillik – mas’uliyat. Mana shu bog‘liqlikni, ayniyatni oddiy fuqarodan tortib mas’ul xodimlargacha teran anglab, o‘z faoliyatini ana shu asosda yuritishi maqsadga muvofiqdir.

To‘rtinchidan, mahalliy hokimiyat va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining faoliyat doirasini kengaytirish, ularga davlat vakolatlarining bir qismini bosqichma-bosqich o‘tkazib borish, nodavlat va jamoat tuzilmalarining huquqi va nufuzini oshirishni ko‘zda tutadigan «Kuchli davlatdan – kuchli jamiyat sari» konsepsiyasini amalga oshirish.

Bu — odamlarning siyosiy ongi, siyosiy madaniyati va faolligi yuksalib borgani sari, davlat vazifalarining nodavlat tuzilmalar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga bosqichma-bosqich o‘tishi, mahallalarning nufuzi va mavqeining oshishi, ularga ko‘proq huquqlar berilishi demakdir.

Siyosiy hayotni erkinlashtirish jarayonida jamiyatni boshqarish borasidagi vazifa-funksiyalar ikki yo‘nalishda qayta taqsimlanib boradi. Birinchisi – davlat markaziy idoralarining ayrim huquq va vazifalari mahalliy hokimiyatlar zimmasiga o‘tkaziladi. SHu tariqa mahalliy hokimiyatning huquq va mas’uliyati oshiriladi. Ushbu jarayon markazning vazifalarini kamaytirish – detsentralizatsiya deb ataladi. O‘z navbatida, mahalliy hokimiyat idoralari huquq va vazifalarining bir qismi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari (fuqarolar yig‘inlari, mahalla qo‘mitalari, uy-joy shirkatlari va boshqalar) zimmasiga o‘tkaziladi. Ayniqsa, bu aholining ma’lum toifalarini ijtimoiy himoyalash, yashashning umumiy tartib-qoidalarini tartibga solish va nazorat qilishga, kommunal xizmat kabi hayotiy masalalarga taalluqlidir.



Ikkinchisi – jamoat tashkilotlarining huquqi va mas’uliyatini oshirish, davlat zimmasidagi vakolatlarning bir qismini ular zimasiga o‘tkazish. Buning uchun Konstitutsiya va qonun doirasida faoliyat ko‘rsatadigan jamoat, ya’ni nodavlat va nohukumat tashkilotlarining tarmog‘ini kengaytirish zarur.

Nodavlat, jamoat tashkilotlarining ko‘payishi, ularning kundalik hayotimizdagi ahamiyati ortib borayotgani fuqarolik jamiyati asoslari tobora mustahkamlanib, rivojlanayotganidan dalolat beradi. Aynan shunday tashkilotlarning faolligi va mas’uliyatining ortgani, fuqarolarning ongi va tasavvurida, kundalik hayotida ular tobora ko‘proq ishtirok etayotgani «Kuchli davlatdan – kuchli jamiyat sari» konsepsiyasini hayotga tatbiq etishning muhim sharti va shaklidir. «Kuchli jamiyat» tushunchasining mohiyati shundan iboratki, xalq jamoat tashkilotlari orqali davlat idoralari faoliyatini nazorat qiladi, ularning o‘z vazifalari va jamiyat oldidagi burchlarini to‘g‘ri va samarali bajarishiga ta’sir ko‘rsatadi.

O‘zbekistonda barpo etilayotgan jamiyat ana shunday kuchli jamiyat bo‘ladi. Uning siyosiy tuzumi – demokratik, huquqiy davlat bo‘lsa, ijtimoiy tuzumi – qonun ustuvor bo‘lgan fuqarolik jamiyatidir.

Beshinchidan, davlatning islohotchilik vazifalarini demokratik talablar asosida, xalqimiz va jamiyatimiz manfaatlariga mos holda amalga oshiradigan iste’dodli, izlanuvchan, chuqur bilimli va yuksak malakali, Vatanga, ona zaminimizga sadoqatli yosh kadrlarni tanlash joy-joyiga qo‘yish va yangilashga imkon beradigan tizimni takomillashtirish. Bu – hech qaysi zamonda osonlikcha hal bo‘lmaydigan, odamlarning tafakkuri va dunyoqarashi o‘zgarishini taqozo etadigan, odatda sub’ektivizm, manfaatparastlik, uruQ-aymoqchilik kabi ko‘p-ko‘p illatlarni bartaraf etish, jamiyatni tubdan yangilashni talab qiladigan jarayondir.

Davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy siyosatining qanchalik to‘g‘ri va samarali amalga oshirilishi ko‘p jihatdan turli bo‘Qindagi tashkilotchi–ijrochilarga bog‘liq. Ularning kasbiy tayyorgarliklari qanchalik baland bo‘lsa, o‘z vazifalarini qanchalik halol va vijdonan bajarsa, ishlar shuncha olg‘a ketadi, kundalik muammolar tezroq hal bo‘ladi. Bu hol odamlarning kayfiyatiga va ularning davlat idoralariga munosabatiga ijobiy ta’sir qiladi. SHunda jamiyatda o‘zaro ishonch mustahkamlanadi, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-axloqiy muhit yaxshilanadi.

Vatanparvarlik va milliy g‘oyaga sodiqlik rahbarning faoliyatini, izlanishlarini yuksak ma’no-mazmun bilan to‘ldiradi. U yo‘lida uchraydigan qiyinchiliklarni, ba’zi bir omadsizliklarni psixologik jihatdan osonroq engadi, tushkunlikka tushmaydi, yutuqlardan esankiramaydi. U o‘z faoliyatiga va jamoasi erishgan yutuqlarga doimo eng yuksak mezonlar bilan yondashib, unga tanqidiy baho beradi. U eng ilQor tajribalarni ko‘zlab ish yuritadi, ularni jamoasi faoliyatida joriy etishga urinadi. Vatanparvarlik va milliy Qoyaga sodiqlik uning kuchiga kuch, aqliga aql, tashabbusiga tashabbus qo‘shadi, uni haqiqiy fidoyiga aylantiradi.

Rahbar xodim nafaqat tashkilotchi, balki tarbiyachi ham bo‘lmoQi lozim. SHu bois vatanparvarlik va milliy Qoyaga sodiqlik fazilatlari uning o‘z jamoasini to‘g‘ri tarbiyalashda, uni yuksak omillarga etaklashda rahbarga yordam beradi. Vatanparvarlik va milliy g‘oyaga sodiqlik bor joyda dangasalikka, o‘g‘irlikka, ta’magirlikka, mahalliychilikka, guruhbozlik, urug‘-aymoqchilik va boshqa salbiy illatlarga aslo o‘rin bo‘lmaydi.

Bu turli bo‘g‘in rahbarlarining kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish borasidagi o‘zboshimchaliklarining, noxolisliklarining ko‘p jihatdan oldini oladi yoki kadrlarni ularning o‘zboshimchaligidan, turli tasodiflardan muhofoza qiladi. Oshkoralik tamoyilini qo‘llash, ba’zi sohalarda konkurs-tanlov asosida lavozimga tavsiya etish, tanlanayotgan mutaxassis haqida jamoaning fikrini o‘rganish va shu kabi tadbirlar ham kadrlar tanlash mexanizmini takomillashtirishga, binobarin, yangi jamiyat qurishni tezlashtirishga xizmat qiladi.



Iqtisodiy sohada:

Iqtisodiyotnnig barcha soha va tarmoqlarida erkinlashtirish jarayonini izchillik bilan amalga oshirish va olib borilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning mustaqilligini yanada oshirish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yo‘lidagi mavjud to‘siqlarni bartaraf etish – bu sohadagi o‘zgarishlarning asosiy yo‘nalishlaridir. Mazkur o‘zgarish va yo‘nalishlar Milliy g‘oyaning iqtisodiy sohadagi xususiyat va tamoyillarini belgilaydi. Bunda bir qator vazifalar amalga oshiriladi.

Birinchidan, iqtisodiyotni erkinlashtirishdagi bosh vazifa – eng avvalo, davlatning boshqaruvchilik vazifalarini – funksiyalarini qisqartirish, uning korxonalar xo‘jalik faoliyatiga, birinchi galda, xususiy biznes faoliyatiga aralashuvini cheklash.

Bu – xususiy biznesga, umuman, iqtisodiy faoliyatining bozorga xos mexanizmlariga ko‘proq erkinlik berish, buning uchun tegishli huquqiy zamin, tashkiliy va iqtisodiy shart-sharoit va kafolatlarni yaratish, institutsional o‘zgarishlar, moliya va bank tizimini isloh etishni yanada chuqurlashtirish, rivojlangan bozor infratuzilmasini barpo etish, raqobat muhitini shakllantirishga asosiy e’tiborni qaratish demakdir.

Mustaqillik davrida mulkchilikning turli shakllari, jumladan xususiy mulk rivojlanishi uchun zarur huquqiy kafolatlar va amaliy mexanizm yaratildi. Masalan, Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish qo‘mitasi, uning joylardagi tuzilmalari barpo etildi, tovar, xom ashyo, fond birjalari, tijorat banklar tizimi, tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, biznes-fond, turli konsalting, lizing va boshqa bozor infratuzilmasi tarmoQi shakllantirildi. Mulkning aksariyat qismi davlat tasarrufidan chiqarildi. Nodavlat shaklidagi mulkchilikning aksiyadorlik jamiyatlari, korporatsiyalar, kompaniyalar, firmalar, shirkatlar, qo‘shma korxonalar, xususiy korxonalar, fermer va dehqon xo‘jaliklari, o‘rta va kichik korxonalar kabi tarmog‘i vujudga keldi. Bozor infratuzilmasini shakllantirish va takomillashtirish jarayoni bundan buyon ham davom ettiriladi va chuqurlashtiriladi.

Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning yuridik, huquqiy erkinligi to‘laqonli amaliy erkinlikka aylanishi uchun ular ishlab chiqarishni bozor talablariga mos tashkil etish, etarlicha investitsiyalar jalb qilish, marketing tadqiqotlari o‘tkazish, zarur axborot va konsultatsiya olish imkoniyatlariga ega bo‘lishlari lozim. SHunda bozor mexanizmi yaxshi ishlay boshlaydi, haqiqiy raqobat vujudga keladi, iqtisodiyotning o‘z-o‘zini tartibga soladigan, muvozanatga keltiradigan mexanizmi shakllanadi. SHu bois yangi jamiyat barpo etish jarayonida mazkur masalalarga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ikkinchidan, xususiylashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish va bu borada haqiqiy mulkdorlar sinfini shakllantirish, bu jarayonga tarmoqlarning asosini tashkil qiluvchi yirik korxonalarni jalb etish.

Bu — xususiy mulkning miqyosi va ulushi uzluksiz ortib boradigan ko‘pukladli iqtisodiyotni rivojlantirish, jamiyatda mulkdorlarning ko‘pchilikni tashkil etishiga erishish orqali ijtimoiy hayotdagi barqarorlik va farovonlikni kafolatlash demakdir.

Xususiylashtirishning asosiy maqsadi, bir tomondan, mulkchilikning turli nodavlat shakllarini rivojlantirib, ular o‘rtasida haqiqiy raqobatni vujudga keltirish bo‘lsa, ikkinchi tomondan, mulkdorlar sonini, ayniqsa band aholi tarkibidagi yaqin kelajakda ko‘pchilikni tashkil etadigan o‘rta sinfni qaror toptirishdan iborat.



Uchinchidan, iqtisodiyotga xorij sarmoyasini, avvalo, bevosita yo‘naltirilgan sarmoyalarni keng jalb etish uchun qulay huquqiy shart-sharoit, kafolat va iqtisodiy omillarni yanada kengaytirish.

Bu – salohiyatli xorijiy sheriklar bilan faol hamkorlik qilish, ular bilan birga zamonaviy, xalqimiz ehtiyojiga mos, dunyo bozorida raqobatga bardosh bera oladigan mahsulotlar ishlab chiqarishni amalga oshirish demakdir.

Iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish nihoyatda muhim ahamiyatga ega. CHunki ishlab chiqarish fondlarini zamonaviy asbob-uskunalar, jihozlar va mexanizmlar bilan yangilab, ilg‘or texnologiyalarga o‘tish uchun mablaQ kerak. Xalq xo‘jaligida tarkibiy o‘zgarishlar qilish, ko‘plab yangi korxonalar qurish, ishlab chiqarishning va bozor iqtisodiyotining infratuzilmasini rivojlantirish uchun ham mablag‘ kerak.

SHu bois xorij sarmoyasini iqtisodiyotga oqilona, qulay shartlar asosida jalb qilish zarurati kuchli.

YAngi jamiyat barpo etish jarayonida O‘zbekistonda chet ellik investorlarning manfaatlarini kafolatlaydigan, ularning tadbirkorlik faoliyatlari uchun ma’lum muddatga imtiyozlar beradigan tegishli qonunlar qabul qilinib zarur huquqiy baza yaratilmoqda. U muttasil kengayib boradi.

CHet elliklarga o‘zlarining korxonalarini ochishga, ma’lum shartlar asosida er osti boyliklarini qazib olishda ishtirok etishlariga ruxsat berilayotgani ham bu borada olib borilayotgan ishlar sirasiga kiradi.

Mamlakatimizda sifatli, raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish qanchalik ko‘paysa, xalqimizning moddiy ehtiyojlari shunchalik qondiriladi, turmush farovonligi o‘sadi, davlatimizning iqtisodiy qudrati oshadi.

To‘rtinchidan, mamlakat, eksport salohiyatini oshirish, uning xalqaro mehnat taqsimotida teng huquqli va o‘zaro manfaatli shartlar asosida ishtirok etishi, iqtisodiyotimizning jahon iqtisodiy tizimiga keng ko‘lamda integratsiyalashuvini yanada kuchaytirish. Bu – Vatanimizning dunyo bozoridagi o‘rni va nufuzini, fuqarolarimizning o‘z yurti iqtisodiy salohiyati va qudrati bilan faxrlanish tuyQusini yuksaltirish demakdir.

Mamlakatning eksport salohiyatini oshirish bevosita jahon bozorida xaridorgir, raqobatga bardosh bera oladigan mahsulotlar ishlab chiqarish bilan boQliq. O‘tmishdan qolgan oQir meros – bu iqtisodiyotimizning asosan xom ashyo etkazib berishga mo‘ljallangani va sanoat korxonalari texnologiyasining qoloqligi, ularning serharakat sifatsiz ishlab chiqarish vositalari bilan jihozlanganidir. Bunday texnologiyasi eski korxonalar mahsuloti jahon bozorida raqobatga bardosh bera olmaydi. SHu bois mamlakatimiz hozircha chetga ko‘proq xom ashyo chiqarishga majbur bo‘lmoqda.



O‘zbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy siyosatda uning eksport salohiyatini oshirishga alohida e’tibor berilmoqda. Mahsulot sifati va narxining ma’qulligi bilangina jahon bozoridagi mavqeni mustahkamlab olish, doimiy sheriklar va xaridorlar topish mumkin. SHundan keyingina xalqaro mehnat taqsimotida teng huquqli ishtirok eta olamiz. Lekin mamlakatimiz eksport salohiyatini oshirish uchun nafaqat an’anaviy mahsulotlar hajmini ko‘paytirishimiz, balki ilgari O‘zbekistonda ishlab chiqarilmagan mahsulotlarni o‘zlashtirib, eksport qilishga erishmoq lozim. Bizda esa bunday imkoniyat yuksakligini qisqa muddatda avtomobilsozlik sanoati vujudga kelgani, avtomobillarimizni xorijga sotayotganimiz va shunga o‘xshash boshqa misollar ko‘rsatib turibdi.

Beshinchidan, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlarni izchil davom ettirish.

Bu – boy tabiiy zaxiralarimiz, intellektual hamda ilmiy – texnikaviy salohiyatimizdan to‘liq va samarali foydalanish, iqtisodiyotda mukammal texnologik jarayonni o‘z ichiga oladigan, tayyor mahsulot ishlab chiqaradigan, mineral va qishloq xo‘jaligi xomashyosini sifatli qayta ishlaydigan quvvatlar etakchi o‘rin tutishini ta’minlash, xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish, ularning iqtisodiyotdagi o‘rnini kuchaytirish, qishloqda yangi ish o‘rinlarini yaratish demakdir.

O‘zbekiston iqtisodiyotida tarkibiy o‘zgarishlar bir necha yo‘nalishda amalga oshirilmoqda:

1. Iqtisodiyotning mulkchilik asoslari rivojlantirilyapti. Turli mulk shakllari vujudga keltirildi va takomillashtiril­moqda. YUqorida bu haqda gapirilgan edi.

2. Tayyor mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalar tarmog‘i kengaytirilmoqda, yangilari qurilmoqda.

3. Kichik va o‘rta biznes korxonalari tizimi shakllanti­rildi va jadal rivojlantirilmoqda.

4. Bozor infratuzilmasi vujudga keldi. Tadbirkorlarga va aholiga rang-barang iqtisodiy, moliyaviy, axborot-reklama, huquqiy va ilgari o‘zimizda bo‘lmagan boshqa xizmat turlari ko‘rsatilmoqda. Bu tarmoq ham kengayib, o‘sib, shakl va mazmunini boyitmoqda.

5. O‘zbekistonning geografik o‘rni, geopolitik xususiyatlari transport va kommunikatsiya masalalariga jiddiy e’tibor qaratishni talab etmoqda. Mazkur masalaga iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan tarkibiy o‘zgarishlarning muhim va nisbatan mustaqil qismi deb qarash lozim.

Jahon mamlakatlari bilan kafolatli aloqa, savdo-sotiqni, iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish uchun bir necha yo‘nalishlarda transport aloqa tizimi barpo etilmoqda.

Iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, ayniqsa qishloqqa sanoatni olib borish, birinchi galda, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashga mo‘ljallangan o‘rta va kichik korxonalar tarmog‘ini rivojlantirish davlatimiz iqtisodiy siyosatida ustuvor ahamiyat kasb etmoqda.

Ijtimoiy sohada. Jamiyat hayotining barcha jabhalarida tub o‘zgarishlar amalga oshirilayotgan, bozor munosabatlari ustuvor bo‘lib borayotgan hozirgi sharoitda kuchli ijtimoiy siyosat yuritish taraqqiyotimizning asosiy tamoyillaridan biri bo‘lib qolaveradi. Bu esa Milliy g‘oyaning ijtimoiy sohadagi tamoyillarini belgilaydi, ularning amalga oshishiga xizmat qiladi.

Kuchli ijtimoiy siyosat deganda, xalq to‘Qrisida – har bir ijtimoiy guruh, qatlam, tabaqa, har bir fuqaro, yoshu keksa, erkagu ayol – barcha-barcha yurtdoshlarimiz to‘Qrisida Qamxo‘rlik qilish, islohotlarni, iqtisodiy tadbirlarni xalq manfaatlarini ko‘zlagan holda o‘tkazish, xalq ta’limi, soQliqni saqlash, madaniyat, ilm-fan sohalariga e’tiborni susaytirmaslik tushuniladi. Prezident Islom Karimovning islohotlar islohotlar uchun emas, xalq uchun, uning turmush farovonligi o‘sishi, munosib hayot kechirishi uchun, degan xulosasi kuchli ijtimoiy siyosat o‘tkazishning ma’no-mazmunini tashkil etadi. Bu — davlatimiz siyosatining insonparvarlik mohiyatidan kelib chiqadi.

YAngi jamiyatni barpo etish jarayonida ijtimoiy yo‘naltirilgan kuchli siyosatni davom ettirishga qaratilgan quyidagi tadbirlar o‘tkaziladi.



Birinchidan, xalq moddiy farovonligini bosqichma-bosqich va izchil oshirib borishni ta’minlash, yurtdoshlarimizning munosib hayot kechirishi va kamol topishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, aholini, eng avvalo, uning yordamga muhtoj qatlamlari – bolalar, qariyalar, nogironlar, o‘quvchi yoshlarni ijtimoiy muhofazalashning aniq yo‘naltirilgan mexanizmini yanada takomillashtirish.

Ikkinchidan, xalqimiz uchun muqaddas qo‘rg‘on va ma’naviyat beshigi bo‘lgan oila, onalar va ayollarimizning jamiyatdagi o‘rni va mavqeini oshirish sohasida olib borilayotgan ishlarni izchil davom ettirish.

Oila har qanday jamiyatning ham asosini tashkil etadi. U qancha mustahkam, farovon va ilg‘or bo‘lsa, jamiyat shunchalik barqaror va taraqqiyparvar bo‘ladi. Jamiyatda amalga oshiriladigan yirik loyihalar, tub o‘zgarishlar agar ular oila asoslarini ham mustahkamlasa, takomillashtirsa yoki jilla qursa, unga salbiy ta’sir ko‘rsatmasa muvaffaqiyatga erishadi.



Uchinchidan, fuqarolarning huquqiy tengligi va qonun ustuvorligini, jamiyat manfaatlari va aholi xavfsizligini yanada samarali kafolatlovchi davlat tuzilmalari faoliyatini takomillashtirish.

To‘rtinchidan, kelajagi buyuk davlatni soQlom mafkurali, ma’naviy barkamol avlod barpo eta olishini nazarda tutib, komil insonni tarbiyalash borasidagi ishlarni istiqbolda ham davlat siyosati darajasida kuchaytirib borish va umumxalq harakatiga aylantirish.

Jamiyatimiz o‘z oldiga qo‘ygan oliy maqsad – kelajagi buyuk O‘zbekistonni, ozod, obod Vatanni yaratish va umuman, islohotlarning taqdiri oxir-oqibatda bugun shakllanayotgan avlodning dunyoqarashiga, ijtimoiy mo‘ljallariga, zamonaviy ilm-fan va kasblarni egallashiga, amaliy tashkilotchiligiga bevosita bog‘liq.

SHu bois aqlan etuk, ruhan tetik va sog‘lom, erkin va tanqidiy fikrlovchi, ayni paytda ijtimoiy mas’uliyatni to‘g‘ri his etadigan, muayyan hunar-kasbni egallagan barkamol avlodni tarbiyalash O‘zbekistonda yangi jamiyat barpo etishning tarkibiy qismiga, asosiy shart-sharoitiga va maqsadiga aylandi. Mana shunday murakkab vazifani uddalash uchun ta’lim sohasi tubdan isloh qilinmoqda. Bu islohatlar Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida amalga oshirilmoqda. Bunday dasturning andozasi jahonda biror bir mamlakatda yo‘q. Uning asosida yurtimizda amalda ta’limning yangi modeli joriy etilmoqda. SHuning uchun ham unga butun jahonda qiziqish katta. Milliy dasturning to‘liq amalga oshirilishi yigit va qizlarning kasbiy, iqtisodiy va ma’naviy jihatdan tezroq mustaqil bo‘lib olishiga, aniq maqsadni ko‘zlab, hayotdan o‘z o‘rnini topib olishiga imkon yaratadi.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturini bajarish bo‘yicha qilinayotgan tashkiliy ishlar, soQlom va barkamol avlodni tarbiyalash borasidagi barcha ishlar Vatanimizning kelajakda jahon maydonida mustahkam va nufuzli o‘rinni egallashidan, biz, bugungi va kelgusi avlod vakillari ota-bobolarimizdan meros mana shu muborak zaminda kelajagi buyuk davlat, ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishga qodir ekanimizdan dalolat beradi.



Ma’naviy sohada. Ma’naviy qadriyatlarimizni ilm-fan va taraqqiyot yutuqlari bilan boyitib borish, o‘zligimizni chuqurroq anglash, milliy g‘oya va istiqlol mafkurasi tamoyillarini xalqimizning qalbi va ongiga singdirish, muqaddas dinimiz va tariximizni soxtalashtirish, ulardan siyosiy maqsadlarda foydalanishlarga yo‘l qo‘ymaslik – bu boradagi asosiy vazifalarimizdir. Ushbu vazifalar Milliy g‘oyaning ma’naviy sohada namoyon bo‘lishining asosiy tamoyillarini belgilaydi.

YAngi jamiyatni barpo etish jarayonida, eng avvalo, ma’naviy qadriyatlarni to‘g‘ri baholay olishni, soxta qadriyatlardan yoki tarixan eskirgan, o‘zidagi bunyodkorlik va ijobiy salohiyatni sarflab bo‘lgan qadriyatlardan haqiqiy hayotbaxsh qadriyatni ajrata olishni o‘rganish lozim. Biror bir qadriyatga baho berilar ekan, uning mamlakatimiz mustaqil taraqqiyotining siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, e’tiqodiy va axloqiy asoslarini qay darajada mustahkamlay olishi, xalqimizning umumjahon ijtimoiy taraqqiyotining faol sub’ektiga aylanishiga xizmat qila olishi bosh mezon bo‘lishi kerak.

Milliy qadriyatlarga, jumladan madaniy merosga ilmiy asosda to‘g‘ri yondashishning asosiy tamoyillariga xos mezonlar — insonparvarlik, vatanparvarlik, xalqchillik va taraqqiyparvarlikdir. Bu mezonlarning har birida milliylik va umuminsoniylik mujjassamlashgan. Ular mohiyatan umuminsoniy xarakterga ega bo‘lsa-da, har bir tarixiy davrda muayyan xalqlarning ehtiyojlarini yuzaga chiqaradi va ularni qondirishga xizmat qiladi. SHu bois ularning zamirida mujassam bo‘lgan umuminsoniylik mohiyati, milliy ehtiyojlarni muayyan milliy shaklda ifodalab va o‘z mazmunini ularga moslashtirgan holda yuzaga chiqadi. Mazkur mezonlarga nafaqat milliylik va umuminsoniylik, balki tarixiylik ham xos. YA’ni ular shaklan va mazmunan qotib qolgan andozalar mos holda emas, balki davr talablariga, jamiyat oldida turgan yangi vazifalarga mutanosib tarzda boyib, takomillashib boradi.



Mazkur tamoyillar milliy g‘oyamizning tarkibiy unsurlaridir. Zero, Milliy g‘oya butun jamiyat, butun millat, butun o‘zbekistonliklar uchun xizmat qiladi. Milliy qadriyatlarimizni baholaganda, ularning milliy g‘oyaga nechog‘lik mos ekanini nazarda tutamiz. Lekin biz baholash jarayonida faqat alohida bir inson, muayyan ijtimoiy guruh, biror bir etnos, manfaatni emas, balki umuminsoniy jamiyatimiz, barcha o‘zbekistonliklar manfaatini nazarda tutamiz. SHu bois, yuqorida zikr etilgan mezon va tamoyildan foydalanib, madaniy merosimizni va bugun ayrim yot mafkuraviy poligonlar tomonidan targ‘ib etilayotgan ba’zi g‘oyalarni tahlil etsak, ularda insonning erkin rivojiga, o‘z orzu-intilishlariga mos holda yashashiga, xalqimizning psixologiyasi, maqsad-muddaolari, Vatan manfaatlari va zamonaviy taraqqiyot talablariga mos kelmaydigan unsurlarni, g‘oyalarni yaxshi payqab olamiz.

YAngi jamiyatni barpo etishda ma’naviy sohada quyidagi vazifalarni bajarishimiz lozim:

Birinchidan, yurtdoshlarimizni ma’naviy yangilanish va islohotlar jarayonining faol ishtirokchisiga aylantirish. Ularning kuch va salohiyatini ijtimoiy hamkorlik va millatlararo totuvlik, diniy baQrikenglik kabi ezgu maqsadlarga xizmat qildirish.

Bu – ma’naviyatning kuch-qudratidan ezgu maqsadlar yo‘lida samarali foydalanish, ijtimoiy munosabatlarni insoniylik g‘oyalari asosida rivojlantirish demakdir.

Ikkinchidan, turli qarash va fikrga ega bo‘lgan ijtimoiy qatlamlar, siyosiy kuch va harakatlarning o‘ziga xos orzu-intilishlarini uyg‘unlashtiruvchi g‘oyalar – Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi – barcha yurtdoshlarimiz uchun muqaddas maqsadga aylanishiga erishish. Bu – ko‘ppartiyaviylik va plyuralizm tamoyillariga amalda rioya qilgan holda milliy hamjihatlikni yanada mustahkamlash demakdir.

Uchinchidan, ota-bobolarimiz dinining gumanistik mohiyatini keng jamoatchilikka tushuntirish borasidagi ishlarni davom ettirish. Toki, bu din xalqimizning ming yillik tarixi, bugungi ma’naviy hayotimizning ham asosi, muxtasar aytganda, Olloh doimo qalbimizda, yuragimizda ekani yurtdoshlarimiz ongiga singib borsin.

SHu ma’noda, buyuk ajdodimiz Bahouddin Naqshbandning «Diling – Ollohda, qo‘ling – mehnatda bo‘lsin» degan hikmati biz uchun muhim hayotiy tamoyil bo‘lib qolaveradi.

To‘rtinchidan, Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish, ta’lim-tarbiya tizimini zamon talablari asosida muttasil takomillashtirib borish.

Bu – davlatimiz qudrati, mamlakatimiz kelajagi bilimli, dono va ma’naviy barkamol kadrlarga boQliq ekanini chuqur anglagan holda faoliyat yuritish demakdir.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturining hayotga tatbiq etilishi inson omilini faollashtirishga, uni zamon talablariga mos ravishda rivojlantirishga imkon beradi. SHu bois mazkur dasturni bajarishni izchil davom ettirish, uni yanada takomillashtirish ta’lim jarayonini jahon xalqlari tajribasi va yutuqlarini hisobga olib boyitib borish O‘zbekistonda yangi jamiyat qurishning ustuvor vazifalaridan biri bo‘lib hisoblanadi.

Beshinchidan, O‘zbekistonda yashayotgan barcha millat va elatlarning qadriyatlari, tili, madaniyati, diniy e’tiqodi, urf-odat va an’analarini hurmat qilish, ularni asrab-avaylash va rivojlantirishga ko‘maklashish.

Bu – ko‘p millatli mamlakatimiz fuqarolari orasida, ularning milliy va diniy mansubligidan qat’i nazar, hamjihatlik va birodarlik tuyQularini kuchaytirish, «SHu aziz Vatan – barchamizniki» Qoyasining amalga oshishini ta’minlash demakdir.

Umumiy maqsad – Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligini mustahkamlash istagi – umumiy taqdir va kelajak, O‘zbekistonda yashaydigan barcha xalqlarni yanada hamjihat va jips bo‘lishga, o‘zlarini bir butun xalq – o‘zbekistonlik deb, O‘zbekiston uchun o‘zini mas’ul deb his qilishga, taraqqiyotda yanada yuksak poQonaga ko‘tarilishga da’vat etadi. Bugungi hayotiy, zarurat shuni taqazo etmoqda. «SHu aziz Vatan – barchamizniki» g‘oyasi amalda ana shu umummilliy g‘oyaning xususiy ko‘rinishlaridan biridir. U mamlakatimiz xalqlarini, millatidan, dinidan, tilidan qat’i nazar, Vatan ravnaqi yo‘lida, yangi jamiyat barpo etish yo‘lida birlashtiradigan milliy konsolidatsiyani kuchaytiradigan qudratga ega omildir.

«Biz qanday jamiyat barpo etmoqdamiz» degan savolga, yuqorida bildirilgan fikrlarni umumlashtirib, shunday javob berish mumkin:

1. Biz barpo etayotgan jamiyatning moddiy-iqtisodiy negizini ko‘p mulkchilikka tayangan, ijtimoiy yo‘naltirilgan, ichki muvozanatga erishgan bozor munosabatlari tashkil etadi.



2. U, siyosiy tuzumiga ko‘ra, ko‘p partiyaviylikka, fikrlar xilma- xilligiga tayangan, qonunning hamma uchun bir xilda ekani va ustuvorligi ta’minlangan demokratik, huquqiy davlat bo‘ladi.

3. Ijtimoiy munosabatlar xarakteriga, davlat va ijtimoiy institutlar, jamoat tashkilotlarining o‘zaro ta’siriga ko‘ra, fuqarolik jamiyati quriladi. Unda barcha ijtimoiy guruhlar, qatlamlar o‘rtasida ijtimoiy hamkorlik, barcha millatlar va elatlar o‘rtasida tinch-totuvlik, umummilliy mushtaraklik yanada mustahkamlanadi.



4. Ma’naviy xususiyatlariga ko‘ra, bu jamiyat o‘zida milliylikni umuminsoniylik bilan uyQunlashtirgan, barcha ilQor yangiliklarga, yutuqlarga ochiq, milliy mahdudlik, millatchilik yoki milliy nomukammallik tuyQularidan xoli, erkin fikrlovchi va ijtimoiy mas’ul fuqarolarning erkin jamiyati bo‘ladi.

5.  Demak, biz bozor iqtisodiyotiga, qonun ustuvorligiga, ijtimoiy hamkorlikka, milliylik va umuminsoniylik tamoyillarining uyQunligiga asoslangan demokratik, yangiliklarga ochiq, ma’rifatli fuqaroviy jamiyat barpo etmoqdamiz.

Taraqqiyotning o‘zbek modeli. Milliy g‘oyaning hayotbaxshligi taraqqiyotning o‘zbek modelini amalga oshirishda yaqqol namoyon bo‘ladi. O‘zbekiston — ulkan imkoniyatlar mamlakati. Bu zaminda tabiiy boyliklar, unumdor er, qudratli iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy, insoniy va ma’naviy salohiyat mavjud. Eng muhimi, bu diyorda mehnatsevar va iste’dodli xalq yashaydi.

O‘zbekiston – o‘ziga xos mustaqil taraqqiyot yo‘lini tanlab olgan davlat. Bu yo‘l jahonda o‘zbek modeli deb tan olingan rivojlanish yo‘lidir. Uning ratsional maQzi jamiyatni inqilobiy tarzda emas, balki evolyusion – tadrijiy ravishda isloh etishni nazarda tutadi.

O‘zbek modelining asoschisi Islom Karimov rahbarligida amalga oshirilayotgan taraqqiyot yo‘lining ko‘pchilik boshqa milliy modellardan farq qiladigan xususiyati shundaki, u faqat iqtisodiy rivojlanish emas, balki keng ma’nodagi milliy tiklanish va ijtimoiy taraqqiyot modelidir. SHu sababdan, u iqtisodiyot bilan bir qatorda davlat qurilishi, ijtimoiy soha va ma’naviyatni, jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab oladi.

O‘zbek modeli tushunchasi, avvalo, O‘zbekistonning mustaqil milliy taraqqiyoti qanday bo‘lishi lozimligini asoslaydigan, uni muayyan maqsadlarga yo‘naltiradigan eng umumiy nazariy xulosalar va mo‘ljallar bilan davlatning belgilangan maqsadlarga erishishga qaratilgan amaliy siyosatining mushtarakligini anglatadi (davlat siyosati deganda hokimiyatning har uchala bo‘Qini faoliyati nazarda tutilmoqda).

Demak, ushbu taraqqiyot modeli o‘zining nazariy va amaliy jihatlariga ega. Uning nazariy jihati mamlakatning yuzaga chiqqan salohiyat va imkoniyatlari, ishlab chiqaruvchi kuchlari rivoji, infratuzilmasi, yurtimizning tabiiy boyliklari, demografik vaziyati, aholining ongi, bilimi, kasbiy salohiyati kabi omillarni hisobga olgan holda rivojlanish konsepsiyasini, oddiy til bilan aytganda, bizning o‘zimizga xos va o‘zimizga mos yo‘limizni asoslaydi. U bir necha nisbatan mustaqil yo‘nalishlardan iborat: iqtisodiy siyosat tamoyillari va makroiqtisodiy nazariya; davlat qurilishi va jamiyatni demokratiyalash tamoyillari; mulkdorlar sinfini shakllantirish va ijtimoiy stratifikatsiyani (jamiyatning ijtimoiy, tabaqaviy tuzilmasi) takomillashtirish tamoyillari; milliy g‘oya, milliy mafkura konsepsiyasi va ma’naviy-madaniy rivojlanish masalalari; tashqi siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalar tamoyillari va hokazo.

Modelning amaliy tomoni ham bir necha yo‘nalishlarga ega:



  • islohotlarning huquqiy bazasini yaratish va mustahkam­lashga qaratilgan siyosat;

  • davlatning nazariy xulosalarni, mo‘ljallarni amalga oshirish yuzasidan tashkilotchilik ishlari va aniq ijro mexanizmini o‘zida aks ettirgan farmonlar, qarorlar, maqsadli dasturlarni (shu jumladan investitsiya dasturlarini) qabul qilishi;

  • amaldagi investitsiya siyosati, soliq siyosati, moliya-kredit siyosati, iqtisodiy-tarkibiy siyosat, fond bozorini, qimmatli qoQozlar bozorini shakllantirish va rivojlantirish, iste’mol bozoriga ta’sir ko‘rsatish va hokazo;

  • farmonlar va hukumat qarorlari mohiyatini odamlarga to‘g‘ri etkazish, ularni birlashtirish, ularda eski tuzum inersiyasini engishga qodir irodani shakllantirish borasida tarQibiy-tashviqiy va tarbiyaviy ishlarni yo‘lga qo‘yish.

Xo‘sh, o‘zbek modelining asosiy ustuvor xususiyatlari nimalardan iborat? O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, nafaqat iqtisodiy taraqqiyot masalalarini, balki milliy davlatchilik asoslarini, milliy qadriyatlarini, xalqning o‘zligi va g‘ururini qayta tiklashi, rivojlantirishi, jamiyatning ijtimoiy-sinfiy tuzilmasini tubdan yangilashi va mustaqillik g‘oyalarini amalga oshirish uchun mutlaqo yangicha fikrlab, yangicha ish yuritadigan kadrlarni tarbiyalash kabi masalalarni ham hal etishi lozim edi.

Germaniya, SHvetsiya, YAponiya, Janubiy Koreya, Fransiya, Xitoy kabi mamlakatlarning taraqqiyot modellari ko‘proq iqtisodiy modellar edi. Ular siyosiy, ijtimoiy va madaniy hayotni tubdan yangilashni nazarda tutgan emas. Ushbu mamlakatlarning birortasida, iqtisodiy islohotlar davrida, milliy davlatchilikni, madaniy merosni va ona tilini tiklash singari masalalar ham dolzarb bo‘lmagan (faqat Janubiy Koreyada davlat qurilishi muhim ahamiyat kasb etgan).



SHunday qilib, o‘zbek modeli iqtisodiy munosabatlarni isloh qilish bilan birga, davlat qurilishi, jamiyatni demokratiyalashtirish, mulkdorlar sinfini va xususan, o‘rta sinfni shakllantirish, ijtimoiy-sinfiy tuzilmani takomillashtirish va kadrlar tayyorlash, madaniy meros va ma’naviyat bilan boQliq jihatlari singari bir qator keng qamrovli hayot sohalarini qamrab oladi. Bu uning o‘ziga xos ustuvor xususiyatlaridan biridir.

Mafkuraviy tarbiya – inson, ijtimoiy guruh, millat, jamiyat dunyoqarashini shakllantirishga, ularni muayyan maqsadlarni ifodalaydigan g‘oyaviy bilimlar bilan qurollantirishga yo‘naltirilgan jarayon.

Har qanday mafkuraviy tarbiyaning maqsadi- jamiyatning har bir a’zosi va ular timsolida har bir ijtimoiy qatlam, guruhning tarbiyaviy darajasini ta’minlashdir. Bu pirovard natijada o‘sha jamiyat rivojiga turtki beruvchi ilg‘or g‘oyalarning harbir fuqaro tomonidan ongli ravishda o‘zlashtirilishini, unnig tafakkur va fikrlash tarziga aylantirilishini ta’minlaydi. SHu ma’noda, milliy istiqlol mafkurasi O‘zbekistonda yashab, ijod qilayotgan har bir fuqaro ongi va shuurida asriy milliy qadriyatlarimiz,xalqimizningbugungi va kelgusidagimanfaatlarini ifodalovchi eng sog‘lom g‘oyalar va fikrlartarzidao‘z ifodasini topishi lozim. Bu jihat mafkuraviy tarbiyaning bosh xussuiyatlaridan biridir.

Jamiyatdagi har bir ijtimoiy kuch yoki aholi qatlamlari o‘z manfaat va maqsad intilishlarini ifoda etuvchi g‘oyalar tizimini yaratgach, boshqa guruhlarni ham o‘z g‘oyalar ta’siriga tortishga, o‘z tarafdorlari safini kengaytirishga harakat qiladi.

G‘oyalar adolatli va haqqoniy bo‘lib, ko‘pchilikning talab , ehtiyojlariga mos kelsa,bu sohadagi tarbiya vositalari ta’sirchan, tarbiyachilar esa faol va fidoiy bo‘lsa ko‘zlangan maqsadga erishiladi.

Jamiyat, xalq xali o‘z manfaatlarini anglab etmagan, o‘z mafkurasini shakllantirib, maqsadlari sari safarbar bo‘lmagan hollarda begona va zararli g‘oyalar ta’siriga tushish ehtimoli ortib boradi. Bu esa g‘oyaviy tarbiyani yo‘lga qo‘yish, sog‘lom mafkura tamoyillarini aholi qalbi va ongiga muttasil singdirishni dolzarb vazifaga aylantiradi.

O‘zbekiston sharoitida Mafkuraviy tarbiyaning asosiy vazifasi - Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish yo‘lidagiasriy orzu istaklari, maqsadlarini, milliy istiqlol mafkurasining mohiyatini keng jamoatchilikka tushuntirish, va ayniqsa, yoshlar ongigasingdirishdan iboratdir. Mafkuraviy tarbiya jamiyatda, avvalombor, oila, maktabgachayoshdagibolalar muassasalari, maktablar, litsey,kollejlar, oliy o‘quv yurtlari, ommaviy axborpot vositalari,jamoat tashkilotlarining birgalikdagifaoliyatini taqazo qiladi.

Uzluksiz ta’lim tizimi mafkuraviy tarbiyani olib boruvchi asosiy bo‘g‘indir, zero mafkuraviy maqsadlarni kishilar, ayniqsa yoshlar ongiga singdirishvazifasi, asosan ta’lim tizimi orqaliamalga oshiriladi.

Mafkuraviy tizim – mafkuraviy ishlarniboshqarish,jamiyatning turli ijtimoiy institutlari: oila, maktabgacha tarbiya muassasalari, umumiy ta’lim maktablari, o‘rta maxsus vaoliy o‘quv yurtlari, mehnatjamoalari, mahalla kengashlari,jamoat tashkilotlari, madaniy ma’rifiy uyushmalartarbiyaviy imkoniyatlarini muvofiqlatirish, tartibga solish, ularni yagona maqsad tomon yo‘naltirish omilari ( ish vaqti va ishdan keyingibo‘sh vaqt) va vositalari (fan, adabiyot, san’at, matbuot,radio, tv., kino, musiqa va h.k.), uslublari (tushuntirish, ishontirish, majbur qilish) vausullarinnig ( alohida,jamoaviy, ommaviy) yaxlit bir butun uyushmasi.SHuningdek, mafkuraviytizim mafkuraviy ta’sir yo‘nalishlari (aqliy, axloqiy, huquqiy)va uning asosiy sohalari (mehnat, jismoniy, estetik, ekologik, jinsiy vah.k.) ham o‘ziga qamrab oladi.Mafkuraviy tizim bir butun yaxlit uyushmabo‘lib, doimiy o‘zgarib turadi. Ushbu tizim samaradorligiga mafkuraviy ta’sir jarayonining uzluksizligi, tabaqalashganligiga, kompleks yondoshuvga bog‘liq.

Mafkuraviy ishlar ta’sirchanligi, hozirjavobligini oshirishdaaholi turli tabaqalarining o‘ziga xos milliy, psixologik, regional, kasb kor, yoshlik xususiyatlarini inobatga olish ham muhim ahamiyatga ega.

Mafkuraviy ta’sir - Mafkuraviyjarayonninng eng muhim strukturaviy komponentlaridan biridir. Mafkuraviy ta’sir ikki asosiy – to‘g‘ri,bevosita va o‘zaro aloqadorlikka asoslangan bilvosita shakllar yordamida amalga oshiriladi.Mafkuraviy ta’sir samaradorligi mafkuraviy ta’sir ob’ekti va sub’ektiga bog‘liqbo‘ladi. CHunonchi, mafkuraviy ta’sir samaradorligimafkraviy ta’sir o‘tkazilishilozimbo‘lgan kishilarning (ob’ekt) ma’lumot darajasi, madaniy saviyasiga bog‘liq bo‘lsa, o‘z navbatida mafkuraviy ta’sir o‘tkazayotgan idoralar, tarbiyaviy muassasalar, targ‘ibot va tashviqotchilar(sub’ekt) amalga oshirayotgan mafkuraviy tadbirlar mazmuni va shakliga, mafkura xodimlarining professional mahoratiga bog‘liqbo‘ladi.Mafkuraviy ta’sir o‘tkazilishilozimbo‘lgan kishilarningma’lumot darajasi, madaniy, axloqiy,huquqiy, siyosiy saviyasi qanchabaland bo‘lsa, mafkuraviy ta’sir samaradorligi shunchayuqoribo‘ladi. O‘z navbatida, mafkuraviy ta’sir samaradorligi uning ob’ekti bilan sub’ekti orasidagi o‘zaro aloqadorlik mexanizmining mustahkamligigabog‘liq. Bunday o‘zaro aloqadorlik mexanizmining mazmunida bir- biriga o‘rgatish, bir- biridan o‘rganish, bir- biriga utoz, bir- biriga shogird prinsipi yotmog‘i darkor. Bunday holatdahar bir kishiMafkuraviy ta’sir dorirasiga tushadi va o‘sha ta’sir asosida faoliyat ko‘rsataboshlaydi.

Isonga g‘oyaviy ta’sir ko‘rsatish omillari: (vaqt omili, ish vaqti, bo‘sh vaqt)

G‘oyaviy ta’sir yo‘nalishlari: aqliy, axloqiy,mehnat, estetik,jismoniy

G‘oyaviy ta’sir shakllari: individual, jamoaviy, ommaviy

G‘oyaviy ta’sir uslublari: tushuntirish, ishontirish.

Milliy g‘oyani amalga oshiruvchi sub’ektlar: oila, mahalla, jamiyat, OAV, Armiya , demokratik harakatlar.

Mafkuraviy jarayonlarni muvofiqlashtirish: G‘oyaviy ta’sir; ma’naviy,ma’rifiy, g‘oyaviy tarbiya; Sotsial institutlarning mafkuraviy tarbiya sub’ektlari:

Mafkkuraviy ta’sir tamoyillari; uzluksizlik, tizimlilik, kompleks yondoshuv, ta’sirchanlik, hozirjavoblik, konkretlik.

Oila, maktabgacha tarbiya muassasalari, uzviy ta’lim maktablari, o‘rta maxsus va OO‘YUlari, mehnatjamoalari, jamoat tashkilotlari, madaniy ma’rifiy uyushmalar.

Milliy g‘oyani amalga oshirishda uzluksiz ta’lim tizimi va turlari: Maktabgacha ta’lim, umummiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb hunar ta’limi, Oliy ta’lim, Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim, Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta’lim.

Tarbiya nima? Agar «tarbiya» tushunchasining tub ma’nosiga e’tibor beradigan bo‘lsak, bu - insonning o‘zi va o‘z xulqi haqidagi tasavvurining to‘g‘ri va xolis bo‘lishini ta’minlovchi murakkab jarayondir. YA’ni, tarbiyalangan odam tarbiyasiz odamdan shunisi bilan farq qiladiki, birinchisi u o‘zining kim ekanini anglaydi, o‘zini afsuski, o‘z amallari nafaqat o‘zgalarga, xattoki, o‘ziga ham ziyon, befoyda, bema’ni ekanini bilmaydi. SHundan kelib chiqib, har qanday tarbiyaning bosh mezoni tarbiyalanuvchida o‘zi va o‘z fazilatlari haqida to‘g‘ri tasavvurlarni shakllantirishdan iborat deyish mumkin.

Har bir davrning o‘ziga xos tarbiyaviy usul va vositalari bo‘ladi. Qadim zamonlardan tarbiya yosh avlodning keksa avlod tajribalarini o‘zlashtirish shakllaridan biri sifatida qarab kelgan. Tarbiya asosan mehnat faoliyati (ovchilik, chorvachilik, dehqonchilik va shu kabi) jarayonida, turli urf-odatlar, marosimlar o‘tkazish vaqtida amalga oshirilgan. U asosan jismonan baquvvat bo‘lishga qaratilgan. Psixolog D. Elkonin bolalar o‘yini tarixini tahlil qalib, taraqqiyotning ma’lum davriga qadar umuman bolalar o‘yini kategoriyasining o‘zi bo‘lmaganini isbot qilgan. Lekin o‘sha paytlarda kattalarning bolalarga ta’siri bevosita bo‘lib, tarbiya jarayoni hozirgidan farqli sharoitlarda kechgan. Mehnat faoliyatining ko‘pqirrali bo‘lgani va murakkablashib borishi bois kattalar bilan bolalar o‘rtasidagi munosabatlarda ro‘y bergan o‘zgarishlar tufayli o‘ziga xos bolalar jamiyati paydo bo‘lgan va bu jamiyat a’zolari kattalar tajribasini o‘zlashtirishning turli-tuman yo‘llarini topib, o‘z hayoti va faoliyatini takomillashtirib borgan. Bu birinchi navbatda kasb-hunar turlarning ko‘payishi va takomillashib borishi bilan ham bog‘liq bo‘lgan.



G‘oyaviy tarbiyaning mohiyati. SHaxs tarbiyasining muhim yo‘nalishi – bu g‘oyaviy tarbiyadir. Bu – inson ongi va tushunchalari tizimida hayot haqidagi falsafiy, siyosiy, huquqiy, diniy, estetik, axloqiy, badiiy, kasbiy qarashlarni maqsadli shakllantirish jarayonidir. Har qanday tarbiya jarayoni oxir-oqibat, o‘z maqsad va mohiyatiga ko‘ra g‘oyaviy tarbiyadir. CHunki oilani olamizmi, bolalar bog‘chasinimi, mahalla, maktab, kollej, litsey, universitet yoki akademiyani olamizmi hammasida beriladigan ta’lim va tarbiya jarayonlari talaba yoki tinglovchilar dunyoqarashini kengaytirish, ularning ongini ilmiy asoslangan bilimlar bilan boyitish hamda jamiyat uchun, uning ravnaqi uchun kerak bo‘lgan sifatlarni kamol toptirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Bu ishlar bolaning dunyo haqidagi, olamning rivojlanish qonuniyatlari, insoniy munosabatlar borasidagi o‘ziga xosliklar, axloq tamoyillari, go‘zallik haqidagi tushunchalarini kengaytirishga xizmat qiladi. Bu tom ma’noda mafkuraviy tarbiyaning asosi, poydevoridir. SHuning uchun mafkurasiz inson, mafkurasiz guruh, millat, xalq, jamiyat bo‘lishi mumkin emas.

Bir jamiyat, ijtimoiy guruh (masalan, siyosiy partiya, ijtimoiy harakat) mafkurasini boshqa bir ijtimoiy guruhga majburan singdirish noto‘g‘ri. CHunki mafkura muayyan ijtimoiy guruh a’zolariga xos o‘zlaridagi mavjud ehtiyojlar, tilak, orzu, umidlar hamda manfaatlar asosida o‘sha guruhning qarashlari, tasavvurlari dunyosi hamda g‘oyalarining mahsulidir. Bas, shunday ekan, o‘zgalar manfaatini ko‘zlovchi mafkurani xalq ongiga zo‘rlab singdirib bo‘lmaydi.



G‘oyaviy tarbiyaning maqsadi. Har qanday mafkuraviy tarbiyaning maqsadi - jamiyatning har bir a’zosi va ular timsolida har bir ijtimoiy qatlam, guruhning tarbiyaviy darajasini ta’minlashdir. Bu pirovard natijada o‘sha jamiyat rivojiga turtki beruvchi ilg‘or g‘oyalarning har bir fuqaro tomonidan ongli ravishda o‘zlashtirilishini, uning tafakkur va fikrlash tarziga aylantirilishini ta’minlaydi. SHu ma’noda, milliy istiqlol mafkurasi O‘zbekistonda yashab, ijod qilayotgan har bir fuqaro bugungi va kelgusidagi manfaatlarini ifodalovchi eng sog‘lom topishi lozim. Bu jihat mafkuraviy tarbiyaning bosh xususiyatlaridan biridir.

Mafkuraviy tarbiya eng avvalo yuksak e’tiqod iymon, Vatan va xalq oldidagi mas’uliyat, vatanparvarlik, fidoiylik kabi fazilatlarda namoyon bo‘ladi.



YOshlarni g‘oyaviy tarbiyalash. Sog‘lom g‘oyalar tarbiyasi yuksak dunyoqarash va e’tiqod tarbiyasini anglatadi.

Dunyoqarash–tartibga solingan, yaxlit ongli tizimga aylantirilgan bilim, tasavvur va g‘oyalar majmui bo‘lib, u shaxsni jamiyatda o‘zligini saqlagan holda munosib o‘rin egallashga chorlaydi.

Mustaqillik yillarida shakllanayotgan yangicha dunyoqarash yoshlarda Vatanga sadoqatni, milliy qadriyat va an’analarga muhabbatni, o‘z yaqinlariga mehribonlikni tanlagan yo‘li- kasbi, maslagi va e’tiqodiga sodiqlikni nazarda tutadi. YAngicha fikrlash va yangicha tafakkur aynan mustaqillik mafkurasi ruhida tarbiya topib, sayqal topgan milliy ong, dunyoqarash va e’tiqod mahsulidir.



Bunda quyidagilar muhim rol o‘ynaydi:

Muloqot madaniyati –insonga xos ma’naviy ehtiyoj bo‘lib, undagi umumiy madaniy saviyaning muhim ko‘rsatgichidir. Inson o‘zining his-tuyg‘ulari, ichki kechinmalari, o‘y-fikrlarini bevosita muloqot jarayonida namoyon qiladi. Mafkuraviy tarbiyaning eng ta’sirchan vositalaridan biri ham muloqot hisoblanadi.

Milliy istiqlol g‘oyasi O‘zbekiston xalqining tub manfaatlari, asriy orzu-umidlari, ezgu niyatlari, buyuk maqsadlarini ifoda etib, xalqning o‘z maqsad-muddaolariga erishish uchun ma’naviy–ruщiy quvvat bo‘ladigan poydevordir. Bu jarayon jamiyat a’zolarining tub manfaatlarini ko‘zda tutadi, binobarin, har bir fuqaroni milliy istiqlol g‘oyasi ruhida tarbiyalash shu yurtning farzandlari uchun muqaddas burchdir.



ijtimoiy–siyosiy, ma’naviy–ma’rifiy muhit. YOshlarda sog‘lom e’tiqod va yuksak dunyoqarashning shakllanishi uchun ma’lum muhit ham zarur. O‘zbekistonda bu borada ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq milliy qadriyatlarimizni tiklash, tariximizni xolis va chuqur o‘rganish, buyuk ajdodlarimiz xotirasini yod etish boy ilmiy-adabiy merosini o‘rganish, xalq ma’naviyatini yuksaltirish milliy siyosatimizning ustivor yo‘naltirishlaridan biriga aylanadi. ijtimoiy va siyosiy institutlar davlat va nodavlat tashkilotlari, siyosiy partiyalar, iqtidorli yoshlarni qo‘llab -quvvatlovchi jamg‘armalarning tashkil etilishi o‘ziga, xos ijtimoiy muhitni shakllantirdi. Bu esa o‘z navbatida yoshlarning buyuk kelajak bunyodkori bo‘lib voyaga etishda muhim o‘rin tutmoqda.

siyosiy ong va huquqiy madaniyatning o‘sishida siyosiy partiyalarning o‘rni va ahamiyati katta. Ular o‘z faoliyati bilan fikrlar xilma-xilligi va qarashlar rang-barangligiga asoslangan demokratik jamiyat barpo etish g‘oyasining amalga oshishiga xizmat qiladi.

O‘zbekistondagi har bir partiya o‘z dasturiy maqsadlarini ro‘yobga chiqarish uchun huquqiy asos va qonuniy kafolatlarga ega. Fuqarolar uchun qaysi siyosiy partiyaning qarashlariga qo‘shilish yoki qo‘shilmaslik ixtiyoriy bo‘lib, bunday erkinlik yoshlarni fikrlashga o‘zicha mustaqil yo‘l tanlashga xizmat qiladi. Har bir partiyaning o‘z dasturiy g‘oyalarini zayotga tatbiq etish jarayonida milliy istiqlol mafkurasining asosiy tamoyillariga amal qilishi hayotning bosh mezonidir. CHunki xalq manfaatlari, istiqlol g‘oyalari, qaysi siyosiy va mafkuraviy kuchga mansubligidan qat’i nazar, barcha yurtdoshlarimiz uchun muqaddasdir. Bu aslida tom ma’nodagi siyosiy madaniyatning begisidir.

Fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish chinakam demokratik fuqarolik jamiyati qurishning muhim omili. Bu o‘rinda shuni ta’kidlash joizki, shaxsning xuquqiy ongi yuksak, bilimi etarli bo‘lishi, lekin unda xuquqiy madaniyat etishmasligi, u fuqaro sifatida o‘z xalqi va Vatani oldiga burch va mas’uliyatini teran anglamasligi mumkin. SHuning uchun ham fuqarolar, ayniqsa, yoshlarda huquqiy madaniyatni yuksaltirish mafkuraviy tarbiyaning muhim shartidir.

Huquqiy madaniyatni shakllantirish omillari quyidagilardir:

- huquqiy madaniyatiga oid ommabop adabiyotlar.

- ta’lim muassasalarida huquqiy madaniyatga oid maxsus o‘quv kurslari.

- ijtimoiy muloqotning huquqiy tamoyillari mavzuiga oid tadbirlar.

- mustaqillikning inson manfaatlariga qaratilgan huquqiy asoslarini keng xalq ommasi orasida targ‘ib etish va boshqalar.



Odatiy an’anaviy fikrlash tarzidan yangicha, ilg‘or fikrlashga o‘tish mafkuraviy yangilanishlar jarayonining muhim xususiyatidir. Ta’kidlash lozimki, inson o‘zi uchun odatiy bo‘lib qolgan fikrlash tarzidan osonlikcha voz kecholmaydi, chunki eskicha fikrlash bir qarashda qulay bo‘lib ko‘rinadi. Buni arifmetikadagi mantiq bilan algebradagi mantiq qoidasiga qiyoslash mumkin. Arifmetikani o‘zlashtirgan bola algebradagi ayniyat, teoremalarni ruhan qiynalib qabul qilgani kabi, inson tafakkuri ham ijtimoiy hayot o‘zgarishlarini birdan qabul qilolmaydi. Lekin yangi davr, yangicha islohotlar, demokratiya, bozor munosabatlari aynan tafakkur va fikrdagi o‘zgarishlarni taqozo etadi va bu rivojlanishining taraqqiyotning asosiy shartidir. SHuning uchun milliy istiqlol g‘oyasi asosiy tushuncha va tamoyillarining keng omma qalbi va ongiga singishi birdaniga, tez va bir tekisda ro‘y bermaydi. Bu-murakkab, bosqichma-bosqich amalga oshadigan jaryon bo‘lib, bu jarayonda, boshqa ijtimoiy qatlam vakillaridan farqi o‘laroq yoshlar tashabbuskorlik ko‘rsatishi va dunyoqarashi va e’tiqodi bilan boshqalarga ta’sir ko‘rsatishi kerak.

Muloqot madaniyati –insonga xos ma’naviy ehtiyoj bo‘lib, undagi umumiy madaniy saviyaning muhim ko‘rsatgichidir. Inson o‘zining his-tuyg‘ulari, ichki kechinmalari, o‘y-fikrlarini bevosita muloqot jarayonida namoyon qiladi. Mafkuraviy tarbiyaning eng ta’sirchan vositalaridan biri ham muloqot hisoblanadi. CHunki inson qalbida ongida shakllanadigan dunyoqarash, e’tiqod, iymon, vijdon, mas’uliyat kabi fazilatlar tarbiyasida radio-televidenie, gazeta-jurnallar, badiiy hamda ilmiy adabiyotning o‘rnini e’tirof etgan holda, shuni aytish mumkinki, yuzma-yuz kechadigan fikr almashuv, insonning yuzi va ko‘ziga qarab turib aytiladigan bama’ni so‘z va hissiyotlarning o‘rni beqiyos. SHuning uchun ham ota-ona bir gapni aytish lozim bo‘lsa, bolasining yuzini o‘ziga qaratib olib, zarur yuz qiyofasi va ko‘zidagi samimiyat bilan fikrini uqtira boshlaydi. Va bunday muloqot samarali bo‘ladi.



Hayotni erkinlashtirish milliy istiqlol g‘oyasini xalqimiz qalbi va ongiga singdirishning muhim shartidir. Milliy istiqlol g‘oyasi siyosiy voqelikni uyg‘unlashtirib, turli shaxslar, ijtimoiy guruhlar ehtiyojlarini mutanosiblashtiradi, ularni mavjud imkoniyatlar asosida bir-biri bilan yaqinlashtiradi va shu ma’noda demokratik qadriyatlarning nufuzini oshiradi. Kishilar ongini mahalliychilik, urug‘- aymoqchilik, mahdudlik kabi ijtimoiy illatlar asoratidan poklash, yot g‘oyalarga nisbatan mafkuraviy immunitetni shakllantirish, mafkuraviy kurashda to‘g‘ri yo‘l tanlash va jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish milliy g‘oyaning xalqimizning qalbi va ongiga teran singdirilishi Bilan bog‘liq. Milliy istiqlol g‘oyasini amalga oshirish kuchli jamiyat sari borish konsepsiyasiga asoslanadi va undan kelib chiqib, siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha sohalarini erkinlashtirishda manfaatlar uyg‘unligini ta’minlovchi omil bo‘lib xizmat qiladi.

YUqoridagilardan kelib chiqadigan xulosa shuki, milliy mafkuraning didaktik mazmunini yaratishda va boyitishda dunyoviylik va ratsionalizm tamoyillariga qat’iy amal qilib, milliy mafkurani, tarbiya jarayonini real hayotiy talablar, zaruratlar bilan bog‘lash kerak.

Milliy mafkura qanchalik hayotga, odamlar turmushiga, dard va tashvishlariga, orzu-umidlariga yaqin bo‘lsa, safsatabozlikda, nasihatgo‘ylikdan xoli bo‘lsa, alohida shaxs kamolotini ham, butun jamiyat taraqqiyotini ham rag‘batlantira olsa, shunchalik O‘zbekistonning kelajagi buyuk, o‘zi ozod va obod bo‘ladi.

Biz jahonning ilg‘or, taraqqiy etgan xalqlari qatoriga qo‘shilmoqchimiz. Lekin g‘arb mamlakatlariga har bir masalada taqlid qilolmaymiz, ulardagi ayrim urflar esa bizning milliy ongimizga (mentalitetimizga) ancha yot. Masalan, g‘arbga xos odamlarning bir-biridan, hatto bolalarning o‘z ota-onasidan begonalashishi, inson faoliyatining har qanday ko‘rinishi zamirida maqsadga muvofiqlik, amaliy o‘zaro foydalilik (yoshlar, bolalar bundan mustasno) bizga unchalik ma’qul emas. Biz xalqimizga xos bo‘lgan eng oliy xislatni, ona tilimizda «odamgarchilik» deb ataladigan xislatni saqlab qolishimiz shart.



Quyida milliy istiqlol g‘oyasi nuqtai nazaridan mafkuraning ana shu xususiyatlarining mohiyati va mazmuni bilan qisqacha tanishamiz. (Mafkuraing ijtimoiy vazifalari)

1. Odamlarni muayyan g‘oyaga ishontirish. Mafkura g‘oyalar sistemasi sifatida biron bir g‘oyani targ‘ib etish, kishilarni shu g‘oyaning to‘g‘ri hayotiy va ilg‘or ekanligiga ishontirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi.

Demokratik jamiyatda amal qiladigan plyuralizm (fikrlar, qarashlar rang-barangligi) kishilarga o‘z hayotiy manfaatlari, maqsad va intilishlarini aks ettiradigan ilg‘or g‘oyani tanlash, himoya qilish va rivojlantirish imkonini beradi.

Milliy istiqlol g‘oyasining shakllanishini tahlil qilish jamiyatda biron bir g‘oyaning to‘g‘ri, ilmiy va hayotiyligiga ishonch hosil qilish o‘z-o‘zidan ro‘y bermasligini ko‘rsatadi. Mafkuraga ishonch uyg‘otish, unda aks etgan g‘oyalar ta’sirida odamlarni safarbar etish funsiyasi muayyan shaxslarning faoliyati orqali ro‘yobga chiqadi. CHunki, ishontirmoq- kishilarning ruhi, kayfiyati, hissiy kechinmalari, kalbi va shuuriga ta’sir qilmoqdir. Bu vazifani amalga oshiruvchi kishilardan yuksak, insoniy fazilatlar, shu g‘oya yo‘lida fidoyillik, bilim, malaka, nutq mahorati va boshqalar talab etiladi.

Keng xalq ommasini biron bir g‘oyaning ilg‘or va insonparvar ekanligiga ishontirmoq uchun, avvalo mazkur g‘oya xalq hayotiga yaqin, bevosita daxldor bo‘lishi, ikkinchidan, uni odamlar ongiga etkazishning eng qulay vosita va usullarini aniqlab olish kerak bo‘ladi.

Bundan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, maqsad va vazifalarini mafkuraviy jihatdan asoslash, ayniqsa, muhimdir.

Zamon ruhi, xalq psixologiyasi, ehtiyoj va talablari mafkuramizda har tomonlama aks etishi, bugungi hayotning eng dolzarb muammolari, uning strategik maqsadlari bilan o‘zviy bog‘lanishi zarur. Ana shundagina porloq kelajakka intilish va qat’iy ishonch muqarrar ravishda katta ijtimoiy yuksalishga turtki beradi. Fan va texnika taraqqiyoti borasida erishilgan yutuqlar bilan birga mafkuramizning jonli, ehtirosli va jozibador g‘oyasi insonlar qalbini larzaga keltiradi, ularni faol harakatga undaydi, yaxshi va saodatli kunlarga ishonch hissini uyg‘otadi.

Insoniyat tarixda chuqur iz qoldirgan buyuk davlat arbablari, harbiy sarkadalar keng ommani ishontirshi yuksak marralar sari rag‘batlantirish qobiliyatiga ega bo‘lgan mohir notiq bo‘lganlar. Ular g‘oyaning ishonchli va hayotiy bo‘lishi uchun, u avvalo, ilmiy-nazariy asosga ega bo‘lishi, hayotiy dalillarga tayanishi lozim ekanligini yaxshi bilganlar. Mafkuraviy kurash-jamiyatning ongli va faol qatlamining biron bir g‘oyani himoya qilish, qaror toptirish yo‘lidagi kurashi ekanini anglab etganlar. Ana shunday kishilar etakchilik qiladigan insonparvar va demokratik jamiyat g‘oyaga qarshi g‘oya bilan, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashadi. Bu kurash oxir-oqibatda ezgulikning razolat ustidan, yaxshilikning yomonlik ustidan qozonajak g‘alabasi bilan intiho topadi.

Mustaqillik g‘oyasining o‘zagi bo‘lgan-tanlagan taraqqiyot yo‘limizning to‘g‘ri adolatli va haqqoniy, u mana shu zaminda istiqomat qiladigan har bir insonning hayotiy manfaatlariga mos tushishiga keng ommani ishontirish, kishilarni ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish yo‘lidagi bunyodkorlik ishlariga safarbar etish milliy istiqlol mafkurasining asosiy maqsadlaridan biridir.

Odamlarga mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlarni hayotiy faktlar orqali sodda va lo‘nda qilib tushuntirish, istibdod asoratlarini tarixiy dalillar asosida fosh etish milliy istiqlol g‘oyasini kishilar ongiga singdirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu g‘oyaning asosiy tushuncha va tamoyillarini xalqimiz, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etish birinchi navbatda rahbar qadrlar, ziyolilar, ommaviy axborot vositalari xodimlarining muhim vazifasi, fuqarolik burchidir. Milliy istiqlol g‘oyasiga sadoqat, kasbiy mahorat, keng ommani ishontirish va safarbar etish qobiliyati-kadrlar tanlash va joy-joyiga qo‘yishda asosiy mezon bo‘lmog‘i lozim. Milliy mafkura masalalariga loqaydlik ayrim rahbar kadrlar o‘rtasida umummilliy, manfaatlarimizga butunlay yot g‘oyalarning, korrupsiya, qarindosh-urug‘chilik singari illatlarning kuchayishiga olib keladi.

Mafkuraviy targ‘ibot ishlarining muvaffaqiyatini belgilaydigan shunday hayotiy qonuniyat bor: boshqalarni bir g‘oyaga ishontirmoq uchun, avvalo unga o‘zing yurakdan ishonishing, boshqalarni yondirmoq uchun o‘zing yonishing, boshqalarni g‘aflat uyqusidan uyg‘otmoq uchun o‘zing uyg‘oq va bedor bo‘lishning shart! Milliy g‘oyaning xalqparvar, taraqqiyparvar ekanligiga bo‘lgan ishonch kundalik hayot sinovlaridan o‘tsagina so‘z va ish birligiga erishilsagina bu g‘oya mustahkam e’tiqodga aylanadi. E’tiqod ustuvor erda chinakam insoniy hayot bo‘ladi: e’tiqod uchun, ilg‘or g‘oya tantanasi uchun kurash jarayonida inson shaxsi shakllanadi: u bunyodkor kuchga aylanadi.

G‘oya asosida kishilarni uyushtirish. Jamiyat faqat o‘z shahsiy manfaatini ko‘zlaydigan odamlar yig‘indisidan iborat emas. Umumiy manfaatlarni teran anglash kishilarning jamiyat bo‘lib uyushishlariga, ijtimoiy talab va normalarni e’tirof etib, ularga amal qilishlariga sabab bo‘ladi. Bu , ayniqsa, hozirgi o‘tish davrida nihoyatda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ana shu sababdan ham jamiyat a’zolarini umumiy maqsad va manfaatlar yo‘lida birlashtirish mafkuraning asosiy vazifalaridan biridir.

O‘zining Vatan deb atalish ulug‘ bir oilaga mansubligini his etish tuyg‘usi o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi, balki muttasil va izchil g‘oyaviy tarbiya samarasi o‘laroq, yuzaga keladi. Oiladagi totuvlik, ahillik, mehr-shafqat xislatlari uzluksiz ravishda turli shakllarda olib boriladigan axloqiy tarbiyaning mahsuli bo‘lgani kabi, jamiyatning g‘oyat xilma-xil qatlamlarini umumiy manfaatlar atrofida jipslashtirish, odamlar o‘rtasida hamjihatlik, totuvlik, o‘zaro yordam xislatlarini shakllantirish ham izchil mafkuraviy tarbiya vositasida amalga oshiriladi. SHu ma’noda aytish mumkinki, milliy istiqlol g‘oyasi kishilar ongiga teran singishi bilan ular umumiy maqsad sari intiluvchi maslakdoshlarga aylanadilar.



G‘oyani amalga oshirish uchun safarbar etish. Mafkuraning bunyodkorlik funksiyalaridan biri ilg‘or g‘oyani amalga oshirish uchun kishilarni safarbar etishdir.

Mafkurada ifoda etilgan g‘oya va maqsad jamiyatdagi ko‘plab partiyalar, ijtimoiy harakat va tashkilotlarning faoliyat dasturiga asos bo‘ladi, ijtimoiy rivojlanishga kuchli turtki beradi.

U jamiyatda ro‘y beradigan tub o‘zgarishlarga zamin yaratadi, unga keng xalq ommasini ma’naviy-ruhiy jihatdan tayyorlaydi, so‘ngra bunyodkorlik ishlariga safarbar etadi.

Jahon tarixida bunga misollar juda ko‘p. Bunyodkor mafkuraning safarbar etuvchi roli tub ijtimoiy-iqtisodiy yuksalishlarda jamiyat hayotidagi ma’naviy o‘zgarishlarda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Buni xalqlarning chet el bosqichlariga qarshi kurashida, turli bunyodkorlik ishlarida, chunonchi hashar yo‘li bilan suv inshootlari, ko‘priklar, yo‘llar, shahar va qishloqlar qurishdagi umumiy safarbarlik ishlarida ko‘rish mumkin.

Mafkura ijtimoiy ongning tarkibiy qismi sifatidan ijtimoiy o‘zgarishlarga faol munosabatda bo‘ladi, ularni yo ma’qullab qo‘llab-quvvatlaydi, yoki inkor etadi. Binobarin, mafkura o‘z mohiyatiga ko‘ra ijtimoiy o‘zgarishlarga befarq bo‘la olmaydi.

Jamiyatdagi turli sotsial guruhlar, sinflar, qatlamlar mafkura asosida siyosiy-ijtimoiy jarayonlarga o‘z munosabatlarini belgilaydilar. Biroq mafkuraning safarbar etuvchilik xususiyati sotsial o‘zgarishlar jarayonida doim ham ko‘zga aniq tashlanavermaydi, balki, tub ijtimoiy o‘zgarishlar davrida yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Masalan, mamlakat mustaqilligi va yaxlitligiga tahdid soladigan mafkuraviy xavf-xatarlar kuchaygan paytlarda kishilarni Vatan istiqloli, ravnaqi yo‘lida jipslashtirish va safarbar etishda milliy mafkura muhim rol o‘ynaydi.

Siyosiy kurashlar davrida aholining juda oz qismini va tor doiradagi manfaatlarni ko‘zlovchi, buzg‘unchilikni maqsad qilib olgan mafkuralar ham dunyoga kelishi mumkin. Bunday mafkuraga ega bo‘lgan guruhlar bilan aholining asosiy qismini tashkil etuvchi guruh va sinflar o‘rtasida mafkuraviy masalalarda turli ixtiloflar kelib chiqadi. Zero, Prezidentimiz ta’kidlagani kabi: «Xalq-o‘zining ming yillik an’ana va tajribalari, so‘nmas xotirasi va buyuk tuyg‘ulari bilan yashab kelayotgan qudratli kuch YOlg‘onga, aldovga duch kelgan paytda uning asriy qadriyatlari, doimo uyg‘oq vijdoni tilga kiradi, nohaqlikka, qabihlikka qarshi kurashga da’vat etadi».

Mafkuraning safarbar etuvchilik funksiyasi, ayniqsa, mafkuraviy kurashlar jarayonida to‘laroq namoyon bo‘ladi. Zero, mafkuraviy ziddiyatlar keskinlashgan davrda maqsadga erishishning qo‘pol vositalari, xususan bosqinchilik, terror, qo‘poruvchilik, inqilobiy usullar ishga solinishi mumkin. Bu –mafkuraviy kurashning o‘ta qo‘pol va g‘ayriinsoniy usullari bo‘lib ularga, qarshi turishda sobiqadamlik, bardosh, sabot va faolik talab qilinadi.

Bu jarayonda bunyodkorlik g‘oyalari bilan qurollangan keng xalq ommasining ideallari, manfaatlarini o‘zida mujassamlashtiruvchi mafkuragina insonparvarlik, taraqqiyparvarlik tamoyillari asosida mamlakat, xalq taqdirida ijobiy ahamiyatga ega bo‘ladi, kishilarni ezgu ishlarga da’vat etadi.

Kishilarni ma’naviy-ruhiy jahatdan qo‘llab-quvvatlash. Mafkura milliy taraqqiyotning eng og‘ir murakkab davrida, ayniqsa, bir ijtimoiy-siyosiy tuzumdan yangisiga o‘tish jarayonida keng xalq ommasini ma’naviy –ruhiy jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi, ularda kelajakka ishonch tuyg‘ularini uyg‘otishga xizmat qiladi. Ana shu sababdan ham chinakam milliy mafkura bo‘lgan istiqlol g‘oyasi istiqbolga umid bilanqarashga da’vat etadi. Unda xalq fantaziyasi, orzu-umidlarining qay darajada aks etishi ham muhim ahamiyatga ega. CHunki, to‘q, farovon va baxtli hayot qurish, ijtimoiy adolatni qaror toptirish, millatlararo totuvlik, tinchlik, do‘stlik er yuzasidan barcha xalqlarning azaliy orzusidir. Demak, milliy istiqlol mafkurasining hayotiyligi, ta’sirchanligi xalq orzu-umidlarini nechog‘li to‘la va yorqin aks ettirishi, ularni ro‘yobga chiqarishning yo‘llari va vositalarini qay darajada to‘g‘ri belgilashga bog‘liqdir.

Zero, jamiyat a’zolari milliy istiqlol mafkurasida o‘z hayotiy manfaatlari, orzu-umidlari ifodasini ko‘rsagina odamlarni ruhan bardam, uyg‘oq va faol qila oladigan kuchga aylanadi.



G‘oyaviy tarbiyalash. Jamiyatdagi mavjud g‘oyalarga faol munosabat, faol hayotiy pozitsiyani tarbiyalash mafkuraning yana bir muhim maqsadidir. g‘oyaviy tarbiya axloqiy, siyosiy, huquqiy tarbiyaning asosini tashkil etadi. Har qanday axloqiy, siyosiy, huquqiy tarbiya muayyan g‘oyani himoya qilish, targ‘ib etish va rivojlantirishga qaratilgan bo‘ladi. Xususan, yovuzlik, behayolik, shafqatsizlikni targ‘ib etish orqali yoshlarni axloqiy jihatdan buzishga qaratilgan badiiy filmlarda jamiyat barqarorligiga raxna solishdan iborat mafkuraviy maqsad yashiringandir. «Ongi shakllanib ulgurmagan aksariyat yosh tomoshabinlar bunday filmlardan ko‘pincha turli yovuzlik, yirtqichlik, shafqatsizliklarni o‘rganadi, xolos. Natijada ularning diydasi qotadi, qalbidan toshbag‘irlik, zo‘ravonlik, axloqsizlik kabi illatlar joy olganini o‘zi ham sezmay qoladi. Hatto shunday tomosha va filmlarning qahramonlariga ko‘r-ko‘rona taqlid qilishni talqinlar ta’sirida qo‘l urayotgan ishi qanday ayanchli oqibatlarga olib kelishini tushunib etmaydi».

Binobarin g‘oyalar oshkora yoki yashirin, bevosita yoki bilvosita, to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki ramziy shakllarda targ‘ib etilishi mumkin. Inson faoliyati aniq bir g‘oyaviy maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lib, bu niyat ko‘pincha ko‘zga tashlanmaydi, g‘oyaviy tarbiyaning asosiy maqsadi kishilarda hushyorlik, sezgirlik hissini shakllantirish, yot va zararli g‘oyalarga qarshilik ko‘rsatish qobiliyatini shakllantirishdan iboratdir.



6.G‘oyaviy immunitetni shakllantirish. G‘oyaviy tarbiya jarayonida kishilarda yot va zararli g‘oyalarga qarshi kurashish uchun mafkuraviy immunitetni shakllantirishga alohida e’tibor beriladi. Bu uzoq davom etadigan jarayondir.

Mafkuraviy immunitetni shakllantirish kishilar ongiga bir xil g‘oyani zo‘r berib tiqishtirish emas, balki odamlarda oq-qorani ajratish, zararli g‘oyalarga qarshi hushyor va ogoh bo‘lish xususiyalarini tarbiyalash demakdir.

Manfaatlar bor erda muqarrar ravishda g‘arazli, nopok g‘oyaviy niyatlarni amalga oshirish uchun intilishlar ham bo‘ladi. YOshlarda rol o‘ynaydi. g‘oyaviy immunitetni shakllantirish -g‘oyaviy-tarbiyaviy ish samaradorligining muhim mezoni hisoblanadi.

Harakat dasturi ekanligi. Mafkura jamiyatda ijtimoiy- siyosiy harakatning o‘ziga xos dasturilamali bo‘lib xizmat qiladi. CHunki u bugungi kun muammolarini hal etish uchun odamlarni jipslashtirish va safarbar etish zaruriyatidan vujudga kelsa-da, ayni vaqtda uzoq istiqbolni ko‘zlaydi. Tarixiy davr o‘zgarishi bilan milliy mafkurani yanada takomillashtirish yangi mazmun bilan boyitish zaruriyati vujudga keladi.

Milliy mafkura jamiyatdagi barcha sotsial qatlamlar va guruhlarning umumiy harakat dasturi, ularni faollikka da’vat etuvchi vosita hisoblanadi. Mafkuraviy maqsad-g‘oyaviy faoliyatni amalga oshirishdan kutiladigan ideal natijadir.



Milliy istiqlol g‘oyasini fuqarolar ongini singdirishning quyidagi shakllari hozirgi paytda yaxshi natija bermoqda.

  • Oila, mahalla, ta’lim-tarbiya muassasalarida talaba yoshlarni, fuqarrlarni Duneqarashini rivojlantirishga, ongliligini oshirishga, Vatan ravnaqi uchun kerak bo‘lgan sifatlarni kamol toptirishga yo‘naltirish.

  • Fan va ilmiy muassasalar hamda ularda yaratilayotgan darslik, o‘quv qo‘llanma, uslubiy tavsiyanoma va ko‘rsatmalar orqali;

  • Madaniy ma’rifiy muassasalar tomonidan olib borilayotgan ommaviy tadbirlar;

  • Adabiyot va san’at asarlari orqali hamda ularning teatrlashtirilgan ko‘rinishlari, shuningdek, hujjatli filmlar;

  • Hadis ilmida komillikka intilish g‘oyalarining bugungi hayotimizdagi talqini miosllari;

  • Sport musobaqalarini tashkil etish orqali;

  • Ommaviy axborot vositalaridagi eshittirishlar;

  • Nodavlat tashkilotlarining ma’rifiy faoliyati, ma’rifiy ko‘rsatuv va boshqalar.

Milliy istiqlol g‘oyasini fuqarolar ongiga singdirish vositalarini quyidagicha ifodalash mumkin:



  • Ta’lim dargohidagi yoshlarga ularning yoshiga qarab, milliy istiqlol g‘oyasini singdirish o‘quv dasturini yaratish;

  • Milliy istiqlol g‘oyasini teran aks ettiruvchi o‘quv dasturlari, darslik, ko‘rgazmali qurollar;

  • Bugungi taraqqiyotni olijanob umidlarimizni aks ettiradigan adabiyot, kino, musiqa, san’at asarlari, muzey, me’moriy obidalar;

  • g‘oyaviy ta’lim tarbiyada informatsion texnikalar (EHM, masofaviy ta’lim, Internet kabilar);

  • ilmiy ko‘rgazmalilik;

  • Milliy istiqlol g‘oyasi mAqsad va vazifalari asosidagi bahs. munozara, davra suhbati, saxna ko‘rinishlari tashkil etish;

  • OAV yordamida axborotlar oqimini muntazam ravishda kuzatib, tahlil qilib bori shva kerakli joylarda ularning jamiyatimiz taraqqiyotiga ta’siri haqida chiqishlar qilish.

“Mafkuraviy tarbiya” tushunchasi, uning mazmuni va namoyon bo‘lish xususiyatlari. Mafkuraviy tarbiyaning yo‘nalishlari va ijtimoiy funksiyalari. Ta’lim-tarbiya tizimida milliy g‘oyani rivojlantirish imkoniyatlari. Ijtimoiy institutlarning an’anaviy, individual jamoaviy mafkuraviy funksiyalari: Milliy g‘oyani rivojlantirishda ommaviy va siyosiy tashkilotlarning, oila, mahalla, nodavlat-notijorat tashkilotlarning rolini oshirishning ahamiyati. Milliy g‘oya va mafkurani targ‘ib-tashviq qilishda mutaxassislar roli va mas’uliyati. Milliy g‘oyani ommaga transformatsiya qilishda kadrlar korpusini shakllantirish, ularning salohiyatini rivojlantirishda "O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim to‘g‘risidagi Qonuni" va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da belgilangan vazifalarni amalga oshirish masalalari.
Adabiyotlar:

1.Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushunchalar, tamoyillar va atamalar (qisqacha izohli tajribaviy lug‘at).. T.:YAngi asr avlodi, 2002.

2. Milliy istiqlol g‘oyasi. –T.: Akademiya, 2005.

3. Milliy g‘oya nazariy manbalar. Xrestomatiya. T.: «Akademiya», 2007.

4. Milliy g‘oya targ‘ibot texnologiyalari va atamalar lug‘ati. T.: «Akademiya», 2007

5. Millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik – taraqqiyot omili. T.: Fan va texnologialar, 2003.

6. Musaev F. Demokratik davlat qurishning falsafiy-huquqiy asoslari.T.: O‘zbekiston 2007

7. Mustaqillik mafkurasi va O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurishning iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy negizlari. –T. : Universitet, 2001.



SEMINARLAR UCHUN MATERIALLAR

1-mavzu.“Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari xususiyatlari. .“Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar fanining tarixiy ildizlari, shakllanish bosqichlari.

Mavzuning maqsadi: Milliy g‘oya fanining predmeti, maqsadi, vazifalari hamda jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni to‘g‘risida to‘liq tushuncha xosil qilish

Talaba bilishi lozim:

  1. Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar» fanining yuzaga kelish shart-sharoitlari va zarurati.

  2. «Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar» fanining predmeti va asosiy tushunchalari.

  3. «Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar» maqsad va vazifalari.

«Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar» fanining ijtimoiy-gumanitar va boshqa fanlar bilan bog‘liqligi.

Motivatsiya: Milliy g‘oyaning jamiyat hayotidagi o‘rni, insoniyat taraqqiyotida turli xil g‘oyalarning va mafkuralar turlarining yaratilishi, ularning asoslari qaerdaligini bilishdan iborat.

Fanlararo va fan ichidagi bog’liqlik: ma’naviyat asoslari, milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar,psixologiya hamda dinshunoslikning 6,7-mavzulari bilan bog‘liq.

Insert usuli”



Insert – samarali o‘qish va fikrlash uchun belgilashning inter faol tizimi xisoblanib, mustaqil o‘qib o‘rganishda yordam beradi. Bunda ma’ruza mavzulari,kitob va boshqa materiallar oldindan talabaga vazifa qilib beriladi.Uni o‘qib chiqib, «V; +; -; ?» belgilariorqali o‘z fikrini ifodalaydi.

Matnni belgilash tizimi (v) –men bilgan narsani tasdiqlaydi. (+) – yangi ma’lumot. (-) –men bilgan narsaga zid.

(?) –meni o‘ylantirdi. Bu borada menga qo‘shimcha ma’lumot zarur.





Insert jadvali







Tushunchalar

V

+

-

?

Mafkura













Mafkuraviy bo‘shliq













G‘oya













Milliy o‘zlik













G‘oya xususiyatlari














Nazorat savollari:

1.G‘oya va mafkura tushunchasining mohiyati, mazmuni, namoyon bo‘lish shakllari va rivojlanish xususiyatlarito‘g‘risida nimalarni bilasiz?

2. Ideologiyaning tadqiqot ob’ekti va predmetini ayting.

3. Milliy ideologiyaning mazmun-mohiyati.

4.Turli xil g‘oya va mafkuralarning tarixiy va nazariy asoslari.


Foydalanilgan adabiyotlar

1.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: «O‘zbekiston», 2015.

2.Karimov I.A. “YUksak ma’naviyat - engilmas kuch”. - T.: Ma’naviyat. 2008.

3.Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T.6. T.: «O‘zbekiston», 1997. 125-135, 149-162-betlar.

4.Karimov I.A. Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. T.6. T.: «O‘zbekiston», 1997. 324-346-betlar.

5.Karimov I.A. Jamiyat mafkurasi xalqni-xalq, millatni-millat qilishga xizmat etsin. T.7. T.: «O‘zbekiston», 1999. 84-102-betlar.

6.Karimov I.A. «Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar: asosiy tushuncha va tamoyillar» risolasiga so‘z boshi. T.9. T.: «O‘zbekiston», 2001. 220-224-betlar.

7.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Milliy g‘oya targ‘iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to‘g‘risida»gi qarori. «Xalq so‘zi» gazetasi. 2006 yil 26 avgust.

8.Abilov U. O‘zbekiston taraqqiyotining optimistik ruxi (Ma’naviy- mafkuraviy, g‘oyaviy asoslari) -T.:“Istiqlol”, 2003.

9.Milliy istiqlol g‘oyasini xalqimiz ongiga singdirish omillari va vositalari. -T.: 2002.

10.O‘zbekiston: siyosiy islohotlar strategiyasi, erishilgan natijalar va istiqbollar. -T.: “Akademiya”, 2010.

11.O‘zbekistonda davlat qurilishi sohasidagi islohotlar va huquqiy siyosat: rivojlanish bosqichlari, erishilgan natijalar va istiqbollar. - T.:“Akademiya”, 2010.

2-mavzu.Milliy g‘oya, ijtimoiy taraqqiyot va mafkuraviy jarayonlarning o‘zaro bog‘liqligi
Mavzuning maqsadi: Milliy g‘oya, ijtimoiy taraqqiyot va mafkuraviy jarayonlarning o‘zaro bog‘liqligini tushuntirib berishdan iborat

Talaba bilishi lozim:

1. Milliy g‘oya mohiyatida xalq manfaatining ifodalanishi.

2. G‘oyaviy-mafkuraviy meros va unda vorisiylikning namoyon bo‘lishi.



3.G‘oyaviy-mafkuraviy jarayonlarning ijtimoiy ong shakllaridagi in’ikosi

4.O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyoti jarayonida yangi g‘oyalarning takomillashuv jarayoni

Motivatsiya:Jamiyat taraqqiyotida nima uchun g‘oyasiz yashab bo‘lmasligini anglash.

Fanlararo va fan ichidagi bog’liqlik: ma’naviyat asoslari, pedagogika , psixologiya kabi fanlar bilan bog‘liq.
O‘quv topshiriq:

«Nima uchun?» texnikasidan foydalanib savolning javoblarini jadval-sxemalariga yozib to‘ldirish.

«Nima uchun?» «Nima uchun?» «Nima uchun?»


Нима учун одамларни мафкура атрофида бирлаштириш керак?”


«Nima uchun?» «Nima uchun?»

O‘quv topshiriq

Asoslang.

Amir Temur faoliyatida milliy

g‘oyaning aks etishi





Milliy oriyatni yuksak

qadrlash





CHet el bosqichlarga

nafrat











Milliy davlatchilik

g‘oyasiga sadoqat





Milliy g‘urur












Ozodlikka tashnalik, uni yuksak qadrlash




Milliy qadriyatlarni

e’zozlash











Iymon-e’tiqodlilik






Millatning shon-shavkati uchun qayg‘urish

Adolat
«Blits-so‘rov» savollari savol-javob vaqtida to‘ldiriladi.






Savollar

Javoblar

1.

Milliy g‘oya nima?




2.

Milliy mafkura nima?




3.

Milliy istiqlol mafkurasining asosiy g‘oyalarini ayting?




4.

Milliy istiqlol mafkurasining bosh g‘oyasini ayting?




5.

Milliy istiqlol mafkurasining jamiyat taraqqiyotiga ta’siri?




6.

Jamiyatni islox etishni besh tamoyilini ayting?




7.

Taraqqiyotning O‘zbek modelini asosiy maqsadi nimada?




8.

Taraqqiyotning O‘zbek modelini asosiy vazifasi nimada?




Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish