Ionlovchi nurlanish manbalaridan foydalanganda sanitariya-dozimetriya nazorati Ionlovchi nurlarni yuqori biologik faollikka ega bo‗lishiga qaramay bir qancha vaziyatlarda tibbiyot tufayli ionlovchi nur manbalarini inson faoliyatining har qanday sohalarida qo‗llanilishi ko‗paymoqda va haqiqatda ham ionlovchi nurlanish bilan kontaktda bo‗lish muhim kasbiy omil bo‗lib qolgan shaxslar soni ko‗paymoqda. Ionlovchi nurlanish manbalari bilan aholini kontakti ehtimoli va darajasini hisobga olib barcha aholi 2 kategoriyaga bo‗linadi. A-kategoriya ionlovchi nurlanish manbalari bilan bevosita aloqada bo‗luvchi xodimlar. B-kategoriya-aholini chegaralangan qismi demak ionlovchi nurlanish manbalari bilan kasb tufayli bog‗liq emas lekin uni ta‘sir qilish sohasida bo‗ladigan aholi Ionlovchi nurlanish manbalarini qo‗llash yo‗nalishlarining ko‗payishi halq xo‗jaligining har xil sohalarida ionlovchi nurlanish manbalarini qo‗llashda nazorat olib borish shu bilan birga Davlat sanitariya nazorati tashkilotlari tomonidan ham nazorat olib borish kerakligini bildiradi. Sanitariya-dozimetrik nazoratga kiradi: - radiologik ob‘yektlarni qurishda va rekonstruksiya qilishda ogohlantiruvchi sanitariya nazorati olib borish; - qo‗llanilayotgan ionlovchi nurlarning manbalari va faoliyat yuritayotgan radiologik ob‘yektlarni qayd qilish; - har xil aholi guruhlarini nurlanish dozasini o‗lchash va baholash; - tashqi muhitda, ishlab chiqarish va yashash xonalarini tabiiy va texnogen radiaktiv birikmalarni tutganligini nazorat qilish;
- radiatsion avariyalar sodir bo‗lgan holatlarida radionuklidlarni amaldagi darajalarini aniqlash va vaqtinchalik ruxsat qilinadigan darajalarini o‗rnatish; - radiaktiv birikmalarni tashish va saqlashga bo‗lgan nazorat; - kasbiy nurlanishga duch keladigan shaxslarni sonini va tibbiy ko‗rik vaqtini nazorat qilish. Ionlovchi nurlanish manbalarini qo‗llash bilan bog‗liq bo‗lgan radiatsion havflarni kamaytirish dunyo amaliyotida qabul qilingan 3 ta asosiy prinsipga asoslanadi: -ionlovchi nurlanish manbalaridan nurlanish bilan bog‗liq bo‗lgan barcha faoliyat agar u ishdan foydadan ko‗ra zarari ko‗p bo‗ladigan bo‗lsa bajarilmasligi kerak; -iloji boricha shaxsiy doza miqdori va nurlangan shaxslar soni kam bo‗lishi kerak; -ionlovchi nurlanish manbalari bilan faoliyat yuritayotgan shaxslarning nurlanishi ruxsat qilingan doza atrofidan oshmasligi kerak. Ionlovchi nurlanish manbalarini qo‗llashda gigienik sharoitlarni belgilab beruvchi asosiy hujjat ―Radiatsion havfsizlik me‘yorlari va radiatsion havfsizlik sanitar taminotining asoslari‖ O‗zR SSV tomonidan 05.012006 da buyruqi hisoblanadi. Inson faoliyatining turli sohalarida qo‗llaniladigan ionlovchi nur manbalari 2 ta guruhga bo‗linadi: ochiq va yopiq nurlantirish manbalari Yopiq manbalar-bu ionlovchi nur manbalarini shunday turiki-bunda ishchi ishlash jarayonida nurlanish olishi mumkin, lekin radiaktiv birikmalar me‘yordagi ekspluatatsiya sharoitlarida organizmga tushishi mumkin emas. Bunday ionlovchi nur manbalari 2 ta guruhga bo‗linadi: a) doimiy ta‘sirli nur manbalari hisoblangan izotop manbalar b) nurlanish generatorlari-izotop bo‗lmagan manbalar
Haqiqatdan ham tashqi nurlanish dozasini kamaytirish uchun quyidagi 4 ta prinsipga asoslangan holda himoya ta‘minlangan bo‗lishi kerak: - miqdor bilan himoyalanish-ishni ish-joyida eng kichik faollik bilan olib borish. Bu prinsip chegaralangan qo‗llanishga ega, demak uni qo‗llanilish ko‗pincha texnologiyani o‗zgartirish zarrurati yoki ish vaqtini uzaytirish bilan bog‗liq bo‗ladi; - vaqt bilan himoyalanish, demak ionlovchi nur manbalari bilan ishlash vaqtini qisqartirish (ish kunini qisqartirish, cho‗zilgan ta‘til); - masofa bilan himoyalanish (distansion boshqaruv, manipulyatorlarni qo‗llash). Bu usul juda samarali chunki manbadan ishchigacha bo‗lgan masofani 2 martaga ko‗payishi nur dozasini 4 marta kamaytiradi. - ekran bilan himoyalanish-har xil qalinlikdagi va har xil materiallardan qilingan ekranlarni qo‗llash. Ekranlashtirish uchun qo‗llaniladigan materialning turi nurning energiyasi va xarakteriga, uning quvvatiga va qo‗llaniladigan materialning turiga bog‗liq bo‗ladi. Rentgen va gamma nurlaridan himoyalanish uchun qo‗rg‗oshin, qo‗rg‗oshinli shisha yoki rezinka, temir, g‗isht, beton, suv ishlatiladi. Bunda ekranlar sifatida konteynerlar, qurilish konstruksiyalari, eshik, deraza, pol, shift, parda, fartuk, qo‗lqop va ko‗zoynaklar bo‗lishi mumkin. Neytronlardan himoyalanish uchun bir necha qavatli himoya qo‗llaniladi: 1 qavat- tezkor neytronlarni susaytirish uchun (parafin, suv); 2 qavat-sekin neytronlarni shimishi uchun (bor, kadmiy); 3qavat-sekin neytronlarni yutilishida kelib chiqadigan gamma nurlarni yutish uchun. Beta nurlaridan himoyalanish uchun engil materiallar qo‗llaniladi (alyuminiy, plastmassa, organik shisha).