2.3. ALOHIDA TAYYORLANUVCHI DORI TURLARI TAHLILI
Alohida tayyorlanuvchi dori turlari turlari tayyor dori turlari kabi turli-
tumanligi bilan farqlanadi (ichga va tashqi qo‘llash uchun kukunlar, ko‘z
tomchilari, miksturalar va boshq.). Ularning sifatini baholashning o‘ziga hosligi
ularda DF, farmakopeya maqolasi kabi me’yoriy hujjatlarning mavjud
emasligidir. Mahsus nazorat talab qiladigan alohida tayyorlanadigan dori turlari
nomenklaturasi UzSSV tomonidan belgilangan bo‘ladi.
Qarorlarga binoan dorixonaga keladigan dori vositalari va dori moddalari
olib kelish joyidan qat’iy nazar qabul qilish nazoratidan o‘tkaziladi. Alohida
retseptlar va davolash profilaktika muassasalari talabnomalari asosida
tayyorlanadigan dorixona ichki tayyor dorilar, fasovkalar, konsentratlar,
yarimfabrikatlar va gomeopatik dori vositalar dorixona ichi nazorat – yozma,
organoleptik, sotishdan oldingi (shart!), so‘rov asosidagi va fizik (ixtiyoriy),
kimyoviy (qarorda keltirilgan tarzda) kabi dori vositalari kabi nazoratdan
o‘tkaziladi.
Qabul qilishdagi nazorat olib borilgan dori vositalarining quyidagi
ko‘rsatkichlari bo‘yicha o‘tkaziladi: “Описание”, “Упаковка”, “Маркировка”,
hujjatlarning to‘g‘ri to‘ldirilganligi, dori moddasining sifatini belgilovchi
sertifikat va boshqa hujjatlarning mavjudligi.
Kimyoviy nazorat – dori vositasi tarkibiga kirgan modda “Chinligi”,
“Tozaligi va qo‘shimcha yot moddalarga nisbatan tahlil” (sifat tahlili),
“Miqdoriy tahlil” kabi tahlil bilan o‘tkaziladi.
Sifat tahlili quyidagilar uchun o‘tkazilishi shart:
Tozalangan suv, in’eksiya uchun suv (xloridlar, sulfatlar, kalsiy tuzlari
yo‘qligiga o‘tkaziladigan), steril eritmalarni tayyorlash uchun mo‘ljallangan suv
(xloridlar, sulfatlar, kalsiy, ammoniy tuzlari, qaytaruvchi moddalar va uglerod
dioksidi yo‘qligiga o‘tkaziladigan);
G‘amlamalar bo‘limidan asistentlar xonasiga olib kelinadigan barcha dori
vositalari, konsentratlar, yarimfabrikatlar – gomeopatik tindirmalar, trituratlar,
101
eritmalar, shubha tug‘ilgan paytda omborxonadan dorixonaga olib kelingan dori
vositalari;
Assistentlar xonasidagi byuretkalar va pipetkali shtanglaslardagi
konsentratlar, yarimfabrikatlar va suyuq dori vositilari to‘ldirish paytida;
Zavodlarda tayyorlangan va dorixonada rasfasovka qilingan, dorixonada
tayyorlangan va dorixonada rasfasovka qilingan dori vositalari (har bir seriya).
Tanlab o‘tkaziladigan sifat tahlili quyidagilarga o‘tkaziladi:
Alohida retseptlar va davolash profilaktika muassasalari talabnomalari
asosida tayyorlanadigan dori moddalar, bolalar uchun tayyorlangan dorilarga
alohida e’tibor bergan holda;
Ko‘z amaliyotida qo‘llaniladigan dori vositalari;
Tarkibida narkotik va zaharli moddalar, gomeopatik dori vositalari, kuchli
ta’sir qiluvchi organik va noorganik dori vositalari.
Miqdoriy va sifat tahlili o‘tkazilishi shart bo‘lgan dori vositalari
quyidagilar:
In’eksiya va infuziya uchun eritmalar sterillashdan oldin va keyin (tahlil
uchun har bir seriyadan bitta flakon olinadi).
Sirtga qo‘llash uchun eritmalar (oftalmologik, kuyishda va ochiq
yaralarni davolashda, intravaginal qo‘llaniladigan eritmalar va boshqa.).
Narkotik
va
zaxarli
moddalar
saqlovchi
ko‘z
tomchilari
(izotoniklashtiruvchi va stabillashtiruvchi moddalar va dori moddasi
sterillanguncha) va surtmalari;
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun dorilar;
Atropin sulfat va xlorid kislota eritmalari (ichga qo‘llash uchun), simob
dixlorid, kumush nitrat eritmalari;
Dorixona ichki tayyorlangan barcha dori vositalari (har bir seriya);
In’eksiya eritmalari tayyorlashda qo‘llaniladigan stabilizatorlar, ko‘z
eritmalarini tayyorlashda ishlatiladigan bo‘fer eritmalar;
Etil spirti konsenrtatsiyasi.
102
Tanlab o‘tkaziladigan kimyoviy tahlil alohida retseptlar va davolash
profilaktika muassasalari talabnomalari asosida tayyorlanadigan dori moddalar,
bolalar uchun tayyorlangan dorilarga alohida e’tibor bergan holda;
Ko‘z amaliyotida qo‘llaniladigan dori vositalari; Tarkibida narkotik va
zaharli moddalar, gomeopatik dori vositalari, kuchli ta’sir qiluvchi organik va
noorganik dori vositalari;
Maxsus klizmalar uchun eritmalar.
Alohida tayyorlanadigan dori turlari tahlili turli xil qo‘llanmalar,
farmatsevtik tahlil uchun ma’lumotnomalar, UzSSV chiqargan buyruqlarida
keltirilgan bo‘ladi. Biroq provizor-analitik alohida tayyorlangan dori turlari
tahlilida dori moddasi strukturasi, qo‘shimcha moddalar va to‘ldiruvchilar
ta’sirini hisobga olgan holda oddiy, oson va arzon tahlil usulini tanlashi
mumkin. Buning uchun provizor-analitik dori moddasi kimyoviy strukturasini
yaxshi bilishi, ingredientlarni aniqlashning titrimetrik va fizik-kimyoviy
usullaridan to‘g‘ri foydalana olishi kerak. Alohida tayyorlanadigan dori turlari
tahlili turli xil kimyoviy, fizik-kimyoviy (refraktometriya, spektrofotometriya,
fotometriya, xromatografiya), va kombinirlangan kimyoviy va fizik-kimyoviy
usullardan foydalaniladi.
Bu bo‘limda alohida tayyorlanadigan dori turlari miqdoriy tahlili bilan
bog‘liq bo‘lgan turli xil titrimetrik usullar keltirilgan.
Miqdoriy tahlil uchun olingan tortim massasi quyidagi formula bo‘yicha
hisoblab topiladi:
V K T P
;
a
b
bu yerda: a – dori turi tortimi, g yoki ml;
V – titrant hajmi, ml;
T – ishchi eritmaning aniqlanayotgan modda bo‘yicha titri, g/ml;
K – titrlangan eritmaning tuzatish koeffitsienti (hisoblashda 1 ga teng deb
olinadi);
b – aniqlanayotgan moddaning retseptda berilgan miqdori, g;
103
P – dori turining berilgan hajmi yoki massasi, g yoki ml;
Alohida tayyorlanadigan dori turlari tahlilida titrant hajmi 0,5 – 2 ml
oralig‘ida bo‘lishi kerak. Bu dorixona ichida dorilar sifat nazorati tezkorligi
bilan bog‘liq. Titrlashning bunday aniqlikka erishilishi uchun (bir martalik
titrlashdagi xatolik ±0,2%) provizor-analitik mikro-, yarimmikro pipetkalardan
yoki
mikro-,
yarimmikrobyuretkalardan
foydalanishi
kerak
(0,001·100:0,5=0,2%). Titrlangan eritmalar konsentratsiyasi 0,1 mol/l dan 0,01
mol/l gacha bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |