Toshkent farmatsevtika instituti farmakologiya va klinik farmatsiya


Buning uchun nimalarga e’tibor berish lozim?



Download 2,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/186
Sana09.09.2021
Hajmi2,08 Mb.
#169208
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   186
Bog'liq
Hayot faoliyati xfx

Buning uchun nimalarga e’tibor berish lozim? 
YUqorida  qayd  qilinganidek,  sellar  mavsumiy  vaqtlarda  sodir  bo„ladigan  jarayonlardan 
ekan,  shu vaqtlarda  sel xavfi yuqori bo„lgan  hududlarda  faoliyat ko„rsatishning ayrim talablariga 
rioya qilish zarur. Ko„p holatlarda aholining ma‟lum qismi dam olish vaqtlarini tog„li o„lkalarda, 
daryo  bo„ylarida  o„tkazishga  harakat  qilishadi.  Bu  bejiz  emas,  albatta.  Lekin  daryo  bo„ylarida 
vaqginchalik  chodir  qurishdan  oldin  joyning  tabiiy  sharoiti,  relefi,  atrof  muhitning  tuzilishi 
to„g„risida fikr yuritilib, so„ng to„xtash joyini belgilash kerak. YOg„ingarchilik miqdori asta-sekin 
ortib  borishi  turgan  joyni  zudlik  bilan  o„zgartirish  lozimligiga  bildirilgan  birinchi  ishoradir. 
CHunki  suv  miqdorining  daryo  va  soylarda  ortib  ketishi  dam  oluvchilarga  ortiqcha  tashvish 
tug„diradi. Mabodo shunday vaziyatda sel oqimlari belgisi sezilgudek bo„linsa, tezlik bilan daryo 
o„zanidan iloji boricha uzoqroq balandroq yonbag„irga chiqib kegish zarur. YOg„ingarchilik o„tib 
ketgandan  so„ng  vodiyga  tushishga  hech  vaqt  shoshilmaslik  kerak,  chunki  birinchi  sel  oqimidan 
so„ng keyingilari takrorlanishi mumkin. 
Odatda  sel oqimlarining davriyligi 3-5 soat davom  etadi. SHuni alohida ta‟kidlash lozimki, 
sellarning  (keyingi  bo„limda  berilayotgan  toshqinlar  kabi)  yana  bir  xususiyati  ular  qo„shni 
davlatlar hududida boshlanib boshqa davlat xududida katta talafotlar keltirishi mumkin. Farg„ona 
vodiysining  daryolarida,  Zarafshon  daryosining  yuqori  qismlarida  xuddi  shunday  manzaraga  bir 
necha  bor  guvoh  bo„lganmiz.  Albatta,  bunday  holatlarda  ham,  oldindan  sel  oqimlari  keladigan 
yo„nalishlar  bo„yicha  sel  omborlari,  ularni  yo„naltiruvchi,  tarqatib  yuboruvchi  maxsus 
gidroinshootlar qurilishiga katta e‟tibor berilishi lozim. Kezi kelganda shuni aytish mumkinki, sel 
xavfi  bor  joylarda  yirik  nisbatdagi,  ayniqsa  kichik  xo„jaliklarda  1:5000  va  1:10000  nisbatdagi 
xaritalar  bo„lishi  kerak.  SHu  xaritalar  orqali  sel  oqimlariga  qarshi  kurashish,  oldini  olish, 
bashoratlash  va  ular  oqibatlarini  bartaraf  etish  chora-tadbirlarini  ishlab  chiqish  va  aholining 
barcha tabaqalari o„rtasida targ„ibot ishlarini yo„lga qo„yish zarur. 
SHu  o„rinda  bir  tarixiy  voqeani  keltiramiz.  1969  yili,  bahor  fasli.  Toshkent  viloyatining 
Pskom  daryosi  quyi  oqimida  joylashgan  Sijjak,  Bog„iston,  Nanay  qishloqlarining  aholisi 
yog„ingarchilik  ko„p  yog„ishi  oqibatida  sel  va  ko„chkilardan  ko„p  zarar  ko„rishgan.  Ayniqsa, 
qishloq  xo„jalik  ekinlari  etishtiriladigan  maydonlarda  eroziya rivojlanib  sel oqimlari  ostida  qolib 
ketgan.  Pskom  daryosining hayqirib,  yirik-yirik xarsang toshlarni  «po„kak» kabi  oqizib ketishini 
ham hayrat, ham qo„rquv bilan kuzatganmiz. 
Muammoning  eng  muhim  tomoni  o„sha  paytda  maktab  o„quvchilariga  tabiiy  ofatlar 
to„g„risida  kerakli  ma‟lumot  berilmas  edi.  Go„yo  doim  shunday  bo„lgan  va  bundan  so„ng  ham 
shunday  davom  etadigandek.  Vaholanki,  bu  jarayonlarga  qarashli  ma‟lum  chora-tadbir  ko„rish 
yo„llari mavjudligiga hozirgi kunda guvoh bo„lib turibmiz. 
Bunday  vokealarni  Toshkent  viloyatining  Oqsok-Ota,  Parkent,  Ohangaron,  Qorabau, 
Bo„zsuv;  Namangan  viloyatining  G„ovasoy,  Uyrursoy,  Sumsar,  Podsho  Ota,  Qashqadaryoning 
Oqsuv, Jinnidaryo, Tanxizdaryo, G„uzor va boshqa havzalari misolida ko„p keltirish mumkin. 
Vatanimizning  qaysi  hududlarida  sel  oqimlari  paydo  bo„lmasin,  ularning  tarkibiy  qismi, 
yo„nalishi  va  ulardan  keladigan  zarar  deyarli  bir  xilda  namoyon  bo„ladi.  SHuning  uchun 
hukumatimiz  tomonidan  olib  borilayotgan  ijobiy  tadbirlarda  barcha  fuqarolar  faol  yashtirok 
etishlari, ularni tezroq  hayotga  tadbiq  etishlari  va  xavfsizlik  chora-tadbirlarini amalga  oshirishda 
har birimiz mas‟ul bo„lishimizni davriing o„zi taqozo etib turibdi. 
Toshqin 
Tabiiy  ofatlar  ichida katta talafotlar keltiradigan, aholini og„ir tahlikaga  soladigan  va  qiska 
vaqt  ichida  shiddatli  bo„ladigani  suv  toshqinlaridir.  Toshqin  -  turli  sabablar  natijasida  daryolar, 


44 
 
soylar, dengizlar, ko„llarda suv sathining keskin ko„tarilishi oqibatida yuzaga kelib, er yuzasining 
katga  maydonlarini  vaqtincha  suv  bosishiga  aytiladi.  Toshqinlar  ko„p  holatlarda  kuchli  jala, 
harorat  ko„tarilishi  bilan  qor  va  muzliklarning  keskin  erishi  natijasida  havzalardagi  suv 
miqdorining ko„payishidai paydo bo„ladi. Bundan tashqari suv havzalari atrofidagi yonbag„irlarda 
ko„chki  sodir  bo„lishi  qoyalardan  tog„  jinslari  o„pirilishi  bilan  havzadagi  suv  toshib  chiqishi  va 
to„g„onlarning  bexosdan  buzilib  ketishi  oqibatida  ham  sodir  bo„lishi  mumkin.  Odatda  bunday 
toshqinlar juda  xavfli bo„ladi. Toshqinlarning yana bir turi  shamolning katta tezligi bilan bog„liq 
bo„lib,  dengiz  suvini  qirg„oqlarga  ma‟lum  balandlikda  bostirib  kelishidan  paydo  bo„ladi.  Lekin, 
toshqinning bu turi mamlakatimiz hududlarida uchramaydi. 

Download 2,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish