Toshkent farmatsevtika instituti farmakologiya va klinik farmatsiya



Download 2,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/186
Sana09.09.2021
Hajmi2,08 Mb.
#169208
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   186
Bog'liq
Hayot faoliyati xfx

Ishlab  chiqarish  va  xizmat  ko„rsatish  sohasida  band  bo„lmagan  aholiga  ta‟lim  berish 
ma‟ruzalar  o„qish,  suhbatlar  o„tkazish,  o„quv  filmlarini  namoyish  qilish,  mustaqil  ravishda 
qo„llanma va eslatmalarni o„rgatish, radioeshittirishlar va teleko„rsatuvlar o„rdamida olib boriladi.  
Bu  toifadagi  aholini  tayyorlashda  asosiy  e‟tibor  ularni  ma‟naviy-ruhiy  tayyorlashga, 
favqulodda vaziyatlarning turlari va ko„lami haqida ma‟lumot berishga, yashash sharoitidan kelib 
chiqqan holda sodir bo„lishi mumkin bo„lgan favqulodda vaziyatlar haqida ko„nikmalar berishga, 
favqulodda  vaziyatlar  sodir  bo„lgan  sharoitda  hatti-harakat  yo„llarini  o„rgatishga,  sodir  bo„lishi 
mumkin  bo„lgan  avariyalar,  tabiiy  ofatlar,  falokatlarga  oilaviy  tayyorgarlik  mas‟uliyatlarini 
singdirib boishga qaratilgan. 
Fuqaro  muhofazasidan  ta‟lim  o„quv  mashqlari  o„tkazish  bilan  birgalikda  olib  boriladi.  Har 
bir  toifadagi aholiga “Diqqat,  barchaga!”  signali  orqali  hududning  geografik xususiyatidan kelib 
chiqqan holda favqulodda vaziyatlarda bajarilishi lozim bo„lgan hatti-harakatlarga o„rgatish bilan 
o„quv yili tugatiladi. 
Tayyorgarlik shakllari, usullari va vositalari. 
Ofatlarga tayyorgarlikni ta‟minlashning 7 yo„nalishi ajratiladi: 
1. Zaiflikni baholash-favqulodda vaziyatga tayyorgarlik shundan boshlanadi. 
2. Rejalashtirish  – tayyorgarlikni ta‟minlash ishlarining  bo„linmas  qismi.  Rejaning aniq bir 
shakli bo„lmaydi. Rejalashtirish ehtiyojga qarob tuziladi, favqulodda vaziyatgacha bo„lgan, u ro„y 
berganda va undan so„nggi harakatlarning aniq va o„z vaqtida bo„lishi ta‟minlanadi. 
3.  Tashkiliy  tizim  –kuchlarni  shakllantirishni  ko„zda  tutuvchi  yo„nalish.  Ulardan 
tayyorgarlikni ta‟minlashda foydalanish mumkin. 
4.  Axborot  tizimi  –favqulodda  vaziyatgacha,  u  ro„y  bergandan  so„ng  zaiflik  darajasini 
belgilash, ogohlantirish, qaror qabul qilish uchun zarur bo„lgan axborot manbai, ehtiyoj, vaqti va 
tartibini aniqlashni ko„zda tutuvchi yo„nalish. 
5. Asosiy resurslar –bu yo„nalish moddiy va moliyaviy resurslarni shakllantirish, favqulodda 
vaziyat ro„y berganda yordam ko„rsatilishi haqida shartnomalar tuzilishini ko„zda tutadi. 
6.  Ogohlantirish  tizimi    muqobil  aloqa  vositalari  ta‟minotiga  ega  mustahkam  ishlovchi 
ogohlantirish, bashorat qilish va xabar berish tizimini yaratish. 
7.  Javob  qaytaruvchi  mexanizmlar  –  ularda  tayyorgarlikni  ta‟minlashdagi  barcha 
kamchiliklar ko„zga tashlanib qoladi, amaliy harakatlar, malaka va ko„nikmalar hosil qilinadi.  
Aholi  tayyorgarligini  amalga  oshirishda  o„qitish  usullaridan  bahs-munozara,  o„quv 
darsliklari  bilan  mustaqil  ishlash,  muammoli  vaziyatlarni  yuzaga  keltirish,  mantiqiy  masalalarni 
mustaqil echish usullaridan foydalanish mumkin.  
Bahs-munozara  usuli-  o„qituvchi  yoki  tinglovchilarning  fikrlashni  talab  qiluvchi  savollari 
bo„yicha tinglovchi o„z fikrlarini bayon qiladilar va o„zgalar fikrini eshitadilar. 
 Muammoli  vaziyatni  yuzaga  keltirish  –  vaziyat  bir  oz  tor  tarzda  bayon  qilinadi.  Bunday 
vaziyatlarni qo„llash ko„proq ma‟ruzalar davomida qo„llanib, o„quv jarayoniga muammoli o„qitish 


111 
 
elementlarini  kiritish  imkoniyatini  beradi.  Tinglovchilardan  ko„proq  diqqat-e‟tiborini  shu 
vaziyatga jalb qilishlarini va xulosa chiqarishlarini talab qiladi. 
Ish o„yinlari- qandaydir ma‟noda inson faoliyatini mashq qilishdan iborat. U deyarli barcha 
vaziyatlarni  “o„ynash”  va  odamlar  ruhiyatini  tushinish,  ularning  o„rniga  o„zini  qo„yib  ko„rish 
imkonini beradi. 
Ish o„yinlari quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 
-auditoriya va qatnashchilarni tayyorlash; 
-vaziyatni, yo„riqnoma va boshqa materiallarni o„rganib chiqish; 
-o„yin jarayonini olib borish; 
-o„yin natijalarini tahlil qilib, muhokama etish. 
“Miyaga  hujum”  usuli  –  muammoni  shakllantirish,  mashq  jarayoni,  “miyaga  hujum”- 
qo„yilgan  muammoni  engish,  eng  yaxshi  g„oyalarni  tanlab  olish  va  natijalar  to„g„risida  xabar 
berish jarayonini o„z ichiga oladi. 
Fuqaro  muhofazasi  boshqaruv  organlarini,  kuchlarini,  FVDT  mansabdor  shaxslarini 
tayyorlash  muvaffaqiyatli  hal  etilishi  hamda  barcha  pog„onadagi  fuqaro  muhofazasi  boshliqlari 
uyushgan holda reja tuzishlariga, rejaning bajarilishiga uzluksiz rahbarlik qilishlariga, uni nazorat 
qilishlariga,  shuningdek  qo„l  ostidagilarga  yordam  berishlariga,  o„quv-moddiy  bazasining 
mavjudligiga,  uning  yaratilishiga,  yaroqli  holda  turishiga,  hamda  muttasil  takomillashtirib 
borilishiga bog„lik bo„ladi. 
 
  Nazorat savollari. 
1. Aholini siyosiy ruhda tayyorlash nima? 
2. Aholini favqulodda vaziyatlarga ruhiy tayyorlash nima? 
3. Fuqaro muhofazasi bo`yicha aholini o`qitish usullari. 
4. Aholini ma`naviy tayyorlash nimalarga asoslangan. 
5. Fuqarolarni muhofaza qilishning asoslari va hususiyatlari. 
6. Aholini, fuqaro muhofazasi tuzilmalarini, harbiy qismlarini ma`naviy–siyosiy va psixologik 
tayyorlashni mazmuni va mohiyati. 
 

Download 2,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish