Toshkent farmatsevtika instituti ekologiya va mikrobiologiya kafedrasi kimyoviy mikrobiologiya fani bo



Download 1,27 Mb.
bet59/190
Sana20.04.2022
Hajmi1,27 Mb.
#565298
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   190
Bog'liq
Toshkent farmatsevtika instituti ekologiya va mikrobiologiya kaf

Lactobact. bulgaricum bolgar tayoqchasi. Mechnikov bu mikrobni bolgar qatig‘idan ajratgan. Sporasiz, uzunligi 4-5µ gacha bo‘lgan tayoqcha, grammusbat bo‘yaladi, optimal temperatura 40-48°; 3-3,5 protsent sut kislotasi hosil qiladi.
L
6-rasm
actobact
. Delbrucki cho‘ziq sporasiz tayoqcha bo‘lib, uzunligi 2-7 µ, optimal temperatura 45°-50°, 2,2% gacha sut kislotasi hosil qiladi, agar oziq muhitga bo‘r qo‘shilsa - 10 protsentgacha sut kislota hosil qiladi. Bu mikrob zavodlarda sut kislota tayyorlashda qo‘llaniladi.
Lactobact. acidophilum mikrobi emizikli bolalar yoki hayvon bolalarining tezagidan olinadi, shakli va ta’sir etishi bolgar tayoqchasiga o‘xshashdir.
Lactobact.brassicum bu asosan karamni achitadigan mikrobdir, qand shakarni yaxshi achitadi va sut shakarni kuchsiz achitadi.
Lactobact. cucumeris fermentatum ikkitadan yoki zanjirsimon joylashgan kalta tayoqcha (1,5-2 µ) bo‘lib, bodring achitganda qo‘llaniladi. Optimal temperaturasi 35% 1 protsent kislota hosil qiladi.
Bact caucasicum qimiz tayyorlashda qo‘llaniladi.
Bact. Casei o‘sishi uchun optimal temperatura 40, Sovet va SHveytsar pishlog‘i va qimiz tayyorlashda ishlatiladi. YUqorida aytib o‘tilgaya bakteriyalar sut kislotasi hosil qilish uchun tipikdir va ular gomofermentativ deyiladi. Bulardan tashqari, tipik bo‘lmagan geterofermentativ mikroblar (Coli, aërogenes gruppasidagi va boshqa bakteriyalar) o‘z faoliyatida sut kislotasidan boshqa qahrabo, sirka kislotalari, etil spirti, karbonat angidrid gazi va vodorod hosil qiladilar.
Sut kislotasi hosil qilish protsessida turli geksozalar (glyukoza) disaxaridlar (sut va qand shakari), pentozalar (arabinoza), ko‘p atomli spirtlar, ko‘p asosli kislotalar va oqsilli muhitlarda hosil bo‘lishi mumkin, shu sababli sut kislotasi ko‘p bo‘ladi, sut va qaymoqni achitishda, pishloq tayyorlashda, silos tayyorlaganda, xamir achitishda va boshqalarda keng qo‘llapiladi.
Oltingugurt hayvon va o’simlik oqsilining hamda ko’pchilik organik va anorganik birikmalarning asosiy qismidir. Oltingugurtning asosiy qismi tuproqqa o’simlik va hayvon qoldiqlari bilan birga tushadi. Usha aoldialar parchalanganda, oltingugurt vodorod sulfid shaklida ajralib chiqadi. Vodorod sulfid hayvon organizmi uchun zaharlidir. Vodorod sulfidi hayvondagi oksigen ta’sirida va oltingugurtli bakteriyalar (serobakteriyalar) ishtirokida oksidlanib, natijada oltingugurt sulfat kislotasi va suv hosil bo’ladi. Oltingugurt to’plovchi bakteriyalar autotroflar deyiladi, ular uchun oltingugurt ozuqa moddasi bo’lib xizmat qiladi. Oltingugurt to’plovchi bakteriyalar ikki gruppaga bo’linadi: pigmentli va pigmentsizlar. Pigment hosil qiluvchilar «bakteriopurpurin» nomli qizil pigmentlidir. Ushbu pigment bakteriya uchun xuddi xlorofilldek xizmat qiladi. Bu bakteriyalar orasida kokklar, tayoqcha shakllar va spirallar bor. Pigmentsiz oltingugurt bakteriyalar uchun ipsimon shaklda bo’lib, Beggiata, Thiothrix va Thioploca lardan iboratdir. Oltingugurt to’plovchi bakteriyalar tuproqda, botqoqli joylarda, ko’l suvlarida, ayniqsa, oltingugurtli buloq suvlarida ko’p uchraydi.
Tabiatda yana boshqa «tionbakteriyalar» nomli bakteriyalar ham oltingugurt to’playdi, lekin ular o’z tanasida oltingugurt saqlamaydi. Bu mikroblar tuproqda, sho’r suvlarda ko’p uchraydi va ular katta ahamiyatga ega, chunki suvda to’plangan zaharli vodorod sulfidni oksidlab, zaharsiz holga keltiradi va atrof muhitini tozalab turadi. Ular tuproqda oltingugurtni oksidlab, o’simliklar o’zlashtira oladigan holatga keltirib, o’simliklar uchun qo’shimcha ozuqa hosil qiladi va shu bilan hosilni oshirishda ishtirok etadi. Tabiatda oltingugurt to’plovchi bakteriyalar bilan bir qatorda ularga nisbatan teskari ish qiluvchi bakteriyalar ham bor. Bu bakteriyalar sulfatlarni parchalab, vodorod sulfid holatiga keltiruvchilardir. Spirillum dasuefiricans, Microspira aestuarű va boshqalar ana shunday xususiyatga ega. Patogen mikroblardan manqa kasalini qo’zg’ovchi mikrob ham sulfatlarni bir qadar parchalay oladi. Turli kasalliklarni davolash uchun qo’llaniladigan balchiqlarda vodorod sulfidining bo’lishi sulfatlarni parchalovchi bakteriyalarning faoliyatiga bog’liqdir. Bunday bakteriyalar dengiz ostida ham uchraydi.Fosforning almashinishida mikroorganizmlarning ishtiroki. Oqsil moddalar va lipoidlarning tarkibida fosfor ham bo’ladi. Organik moddalar chirib parchalanganda fosfor kislota hosil bo’lib, u tuproqdagi kaliy, magniy, temir tuzlari bilan birikadi va o’simliklar o’zlashtira olmaydigan tuz hosil qiladi. Keyin bu tuzlar mikroblar ta’sirida eriydigan holatga keltiriladi. Fosfatlarni eriydigan holatga keltirishda nitrifikatsiyalovchi bakteriyalar, oltingugurt va tion bakteriyalar ishtirok etadi.
Temirbirikmalarining almashinishida mikroblarning ishtiroki. Tabiatda bir gruppa mikroorganizmlar bor, bular temir bakteriyalar deyiladi. Ular o’z hujayrasida FeCO3 ni oksidlab, tanasining sirtida to’playdi. Temir bakteriyalar konlarda, katta hovuzlarda, temir birikmalari bor buloqlarda uchraydi. Bu bakteriyalar ko’p to’plangan joylarda to’q qizil rangli shilimshiq parda hosil bo’ladi. Temirli bakteriyalarga Leptothrix ochraceae, Cranothrix poedispora va boshqalar kiradi. Azot, karbon va boshqa elementlarning tabiatda aylanib turishi chirish-achish protsessiga bog’liqligini va bu protsesslarda bir qator mikroblar ishtirok etishi aniqlaigan.



Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish