Azot to‘plovchi bakteriyalar. Tabiatda atmosfera azoti fizikaviy-kimiyoviy va biologik yo‘l bilan to‘planishi mumkin. havoda elektr zaryadlari hosil bo‘lganda erkin azot kislorod yoki vodorod bilan birikib ammiak yoki azot oksidi sifatida erga tushadi. Lekin tuproqda bunday holda azot birika olmaydi. Bunday protsessda eng kuchlisi biologik faktordir, chunki tuproqda havo azotini o‘zlashtirib, undan azotli birpkmalar hosil qiladigan mikroorganizmlar bor. Ular azot to‘plovchi bakteriyalar deyiladi. Ularning faoliyati tufayli tabiatda azot to‘xtovsiz almashinib turadi. M. V. Fedorovning hisobiga ko‘ra azot to‘plovchi bakteriyalar har yili ekin ekilib turadigai har gektar erda 25 kg dan 50 kg gacha, madaniy ekinlar esa 60 kg gacha azot to‘plashi mumkin. Azot to‘plovchibakteriyalar ikki gruppaga bo‘linadi. 1. Tugunakli bakteriyalar. 2. Tuproqda erkin yashovchi bakteriyalar.
Tugunakli bakteriyalar. Qadim zamonlardan ma’lumki, dukkakli ekinlar ekilganda tuproq azotli o‘g‘itlarga muhtoj bo‘lmaydi. Bundan tashqari, dukkakli o‘simliklarniig o‘zlari tuproqni % o‘g‘itga boyitadi. Bu hodisa qishloq xo‘jaligida dukkakli o‘simliklar bilan boshoqli va boshqa ekinlarni almashlab ekishda katta ahamiyatga ega. M. S. Voronin 1866 yilda dukkakli o‘simliklarni ildizidagi tugunchalarni tekshirib, ularda mikroorganizmlar borligini aniqlagan. SHundan sal keyin Beerink o‘simlik ildiziniig tugunchasidan havo azotini o‘zlashtiruvchi tugunak bakteriyani - Bact. radicicolum - ajratadi.
O‘simliklarning (no‘xat, loviya, beda) tugunchalari turli shaklda va katta kichiklikda bo‘lib, ular ildizining shoxchalarida yoki uning o‘q ildizida hosil bo‘ladilar. Tugunak bakteriyalar beda va, turli dukkakli o‘simliklarning ildizidagi maxsus tugunchalarda yashaydi. YOsh tugun-chalarni kesib: ichi mikroskopda tekshirilsa mayda (0,9X0,8), harakatchan, sporasiz, tayoqchasimon bakteriyalar ko‘rinadi. Etilgan tugunchalarda esa donador, egri-bugri tarmoqlangan mikroblar bo‘ladi va bakteroidlar deyiladi. Bakteriodlar kokklarga aylanishi mumkin, ular esa yana harakatchan tayoqchasimon shaklga o‘tishi mumkin. Bedaning tugunak bakteriyalari filtrlanuvchi shakllar hosil qiladilar, ular esa o‘z shakliga qaytishi va tugunchalar hosil qilish xususiyatiga egadirlar.
Tugunak bakteriyalarning ettita asosiy turi ma’lum: beda, no‘xat, loviya, soya, xashaki no‘xat va yo‘ng‘ichqaning tugunak bakteriyalari. Bu bakteriyalar bir-biridan morfologik va kultural xususiyatlari bilan farq qilmasdan, balki faqat ayrim tur dukkakli o‘simliklarda juda ko‘p tugunchalar hosil qilishi bilan farq qiladi. Tugunchalardagi bakteriyalar o‘simlik ildizidan azotsiz organik moddalarni (shakarlar) olib, havodagi azotni o‘zlashtirib, ularni azotli birikmalarga aylantiradilar. Hosil bo‘lgan azotli birikmalarning bir qismi mikrobning yashashi uchun sarf bo‘lsa, qolgan qismi dukkakli o‘simliklarga o‘g‘it bo‘lib xizmat qiladi. Dukkakli o‘simliklar ildizining tugunchalaridagi bakteriyalar ildizning atrofidagi tuproqda ham ko‘payadi, bu bakteriyalar havodagi azotni tuproqda to‘plab, erni o‘g‘itlab turadi. Bu bakteriyalar quritishga va quyosh nurining ta’siriga chidamli bo‘lgani uchun tuproqda uzoq vaqt yashay oladi. Tuguiak bakteriya-lar aerob bo‘lgani uchun er qaydalib, unga qanchalik havo ko‘p kirib tursa, o‘simlik ildizida tugunchalar shunchalik tez hosil bo‘ladi. Tugunak bakteriyalardan tuproqning hosildorligini oshirish uchun bakterial o‘g‘itlar sifatida foydalanish mumkin.
Bu mikroblardan Azotobacter va Clostridium Pasteurianum ko‘proq ahamiyatlidir. Bir-biridan morfologik belgilari bilan farq qiladigan bir necha azotobakterlar ma’lum. Masalan, Azotob.chroococcum yumaloq yoki oval shaklli bo‘lib grammusbat bo‘ladi, shilimshiq kapsula hosil qiladigan, yoshligida harakatchan, diametri 4-6 µ, ko‘pincha diplokokk yoki sartsina shaklida joylashadi. Oziq muhitida (qari kulturasida) o‘sganda sariq-qo‘ng‘ir rangli pigment hosil qilgani uchun CHroococcum deb nom berilgan. Uning o‘sishi uchun 25-30° issiq optimal temperatura hisoblanadi va muhit reaktsiyasi - pN=6 ga tengdir.Azot bakteriyasining havodagi azotni to‘playdigan maxsus fermenti - nitrogenazasi bo‘ladi, uning yordami bilan havodagi azot bakteriya tanasida oqsil birikmasi holida to‘planadi. Bu mikroblar o‘lgandan so‘ng tuproqda chirib, nitrifikatsiyaga uchraydi va ularni o‘simliklar o‘zlashtiradi.
Agar tuproqda ohak tuzlari, fosfor va azotli kislotalar bo‘lsa, azot bakteriya yaxshi rivojlanadi va havo azotini ko‘plab to‘playdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |