Adabiyotlar:
Muhamedov E.M., Eshboev E.X. Mikrobiologiya, immunologiya, virusologiya. T.,.
Vorobyov A.A., Bo`kov A.S. «Mikrobiologiya». M., izd-vo «Vo`sshaya shkola». 2003.
Pyatkin N.D., Krivoshein Yu.S. Mikrobiologiya va immunologiya. M., izd-vo «Meditsina» 1980.
Sinyushina M.N., Samsonova M.N. Rukovodstvo k laboratorno`m zanyatiyam po mikrobiologii. M., 1981.
Timakov V.D., Livashev V.S., Borisov L.B. Mikrobiologiya. M., 1983.
Churbanova I.N. Mikrobiologiya. M., idz-vo «Vo`sshaya shkola». 1987.
Mustaqimov G.D. O‘simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya asoslari.T., “O‘qituvchi” nashriyoti. 1978.
Elinov N.P.” Ximicheskaya mikrobiologiya” M., izd-vo «Vыsshaya shkola». 1989.
Mavzu: Bakteriyalarning doimiy bo‘lmagan kiritmalari va ularning bakteriyalardagi xususiyatlari. Bakteriyalarning nafas olishi
Ma’ruzadan maqsad: Bakteriyalarning doimiy bo‘lmagan kiritmalari va ularning bakteriyalardagi xususiyatlari,bakteriyalarning nafas olish turlari xaqida tushuncha beriladi.
Ma’ruza rejasi:
Bakteriyalarning doimiy bo‘lmagan kiritmalari va ularning bakteriyalardagi xususiyatlari.
Bakteriyalarning nafas olishi.
Nafas olishda bakteriyada bo‘ladigan jarayonlar.
Spora, kapsula va xivchinlarning bakteriya uchun axamiyati.
Kapsulalar. Mikroorganizmlarning kapsulalari kimyoviy tarkibi va shakli jihatdan farqlidir. Ularni tuzilishiga ko‘ra uch guruhga bo‘lish mumkin: 1) mikrokapsulalar – hujayra devoridan kapsulalarga o‘tuvchi strukturalardir, ular grammanfiy bakteriyalarga xos bo‘lib, lipoglikanlar(lipopolisaharid) va oqsillardan tashkil topgan, yorug‘lik optik usullarida aniqlab bo‘lmaydi.
2) makrokapsulalar - mikrokapsulalardan shilliqga boy bo‘lgan o‘tuvchi strukturalar. R.Burri yoki R.Burri-X.A.Ginsa usulida negativ bo‘yalganda yaxshi ko‘rinadi.
3) shilliqlar struktur jihatdan makrokapsulalarni eslatadi, lekin nisbatan diffuzroq, oziq muhitida individual shaklda oson to‘planadi.
Kapsulalar suvli faza va uglevod tabiatli polimerlardan tashkil topgan. Kapsula materiali turli mikroorganizmlar-bakteriyalar (klebsiellalar, pnevmokokklar, streptokokklar va boshqalar), achitqi organizmlar, makromitsetlarda hosil bo‘ladi.
Kapsulaning tuzilishi harakteridan qat’iy nazar polisaharidlar kimyoviy tuzilishi jihatidan qoidaga ko‘ra blokli bo‘ladi. Kapsulaning universal vazifasi - himoyadir. Patogen mikroorganizmlar kapsulalari ko‘pincha in vivo yoki in vitro asosiy kultivirlash sharoitlarida aniqlanadi. Masalan, pnevmokokklar va kuydirgi mikrobi makroorganizmga tushganda yaqqol kapsulalarni shakllantiradi.
Saprofit turlarida kapsulalar noqulay (past harorat, qurg‘oqchil geografik regionlarda va hokazo) muhitlarda hujayraning saqlab qolinishini ta’minlaydi. Asosiy funksiyadan tashqari hujayra ichida namlikni saqlab qolishga (gidrat qobiq hosil qilish), ayrim tuzlarni eritish va hujayra ichiga o‘tkazish, aniq strukturalarni tanish, masalan, o‘simliklarda u bilan simbiotik o‘zaro munosabatda bo‘ladi va boshqalar.
Eukariotlar hujayra membranasi prokariotlar hujayra membranasi bilan kimyoviy tarkibi va kelib chiqishi prinsipial bir xil bo‘lib, yuksak ixtisoslashgandir. Aynan endoplazmatik retikulum hisobiga kompartmentalizatsiyasi biosintez reaksiyalarining lokallashuvini va ma’lum moddalarning turli bo‘limlarida parchalanishi hamda bunday reaksiyalarni energiya bilan ta’minlanishini optimizatsiyalaydi. Hujayra membranasi barer xususiyatiga ega bo‘lib, hujayra ichiga katta va kichik molekulalarni kirishini differensiatsiyalaydi. Ribosomalar sintezlovchi oqsil molekulalari endoplazmatik to‘r kanallariga tushadi va hujayraning boshqa qismlariga transport qilinadi. Endoplazmatik retikulum orqali hujayra almashinuv moddalari chiqariladi, demak eukariot hujayralarida moddalar transporti ma’lum yo‘naltirilgan harakterga egadir. Retikulum elementlari yadro atrofida joylashib, yadro membranasini shakllantiradi, prokariotlarda esa bu yo‘q. Endoplazmatik retikulum bilan lipidlar sintezi, gidroksillanish reaksiyalarini katalizlaydigan fermentlar va tashqi ta’sirlovchilarga (kimyoviy moddalar ximetaksisda, kuchsiz elektr zaryadlar, fototaksisdagi yorug‘lik va x.k.) ta’sirchan boshqa retseptorlar bog‘langan bo‘ladi.
Eukariot membranalari struktur-funksional komponentlari uning suyuq-mozaik tuzilishi hisobiga ko‘ra, sezilarli o‘zgarishlarga hamda siljishlarga duch keladi bu hujayra membranasiga kiruvchi to‘yinmagan yog‘ kislotalari miqdoriga bog‘liq. Aksincha sterinlar hamda to‘yingan yog‘ kislotalari membrana yopishqoqligini oshiradi va membrana tekisligida oqsil molekulalarining yon siljishini chegaralaydi. SHunga tubulin-oqsilini tutuvchi mikrotrubachalar ham yordamlashadi. (M≈60000 Da), ular spiral shaklida taxlanadi. Mikrotrubachalar doimiy buzilib va o‘zlari tiklanib turadi. Ularning tiklanishda va dezintegratsiyasida hujayra ichidagi Sa ionlari boshqaruvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Mitoz davrida hosil bo‘luvchi mitotik urchiq mikratrubachalardan iboratdir. Ular rapidosomalar, kipriklar va xivchinlar tarkibiga ham kiradi.
Protozoa - eukariotik mikroorganizmlar hujayra membranalari fagotsitoz (bakteriyalar va uncha katta bo‘lmagan jismlar),pinotsitoz va ekzotsitoz jarayonlarida ishtirok etadi.
Lizosomalar - bir qavatli membranalar bilan o‘ralgan organellarda bo‘lib, diametri 0,5x(2-3) mkm, turli gidrolazalarga ega: arilsulfatazalar, glikozidazalar, lipazalar, nukleazalar, proteazalar, fosfolipaza va fosfatazalar. Kislotali fosfataza marker fermentlaridan bo‘lib, fagosomalarda va segresomalarda ham to‘planadi. Lizosomal fermentlar ikkilamchi lizosomalarda faollashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |