Texnologiyasi: Yordamchi idishga 112 ml tozalangan suv, 5 ml kofein benzoat natriy
eritmasi (1:10), 3ml natriy bromid eritmasi (1:5) solamiz. Hovonchada 1 g kamfora 1 ml 90% li
etanol bilan maydalanadi. So‘ngra 1 g jelatoza qo‘shib aralashtiriladi. Ustiga 1 ml tayyorlangan
eritmadan qo‘shib mayin pulpa hosil qilinadi va beriladigan idishga oldin tayyorlab quyilgan eritma
bilan chayib solinadi.
Oltingugurt bilan tayyorlanadigan suspenziya o‘ziga xos usulda tayyorlanadi. 1g
oltingugurtga 0,1-0,2 g tibbiet sovuni (kaliyli sovun) qo‘shish kerak. YUMB larni stabilizator
sifatida ishlatish mumkin emas. CHunki ular oltingugurtning farmakologik ta‘sirini kamaytirib
yuboradi.
Rp.: Sulfuris praecipitati 4,0
Spiritus aethylici 10 ml
Glycerini 15,0
Aq. purif. ad 180 ml
M.D.S. Sirtga.
Pasport: Oltingugurt 4,0
Glitserin 15,0
Etil spirti (90 %) 10ml
Kaliyli sovun 0,4 g
Tozalangan suv 180 ml
67
V umumiy=180ml
Do'stlaringiz bilan baham: |