Mikstura suspenziyalarni saqlash va berish
Mikstura suspenziyalar faqat yangi tayyorlanib bemorga beriladi. Hamma turdagi
suspenziyalarga "Ishlatishdan oldin chayqatilsin" degan yorliq yopishtiriladi. Bemorga beriladigan
idish rangsiz shishadan tayyorlangan bo‘lib, chayqatilganda undagi hosil bo‘lgan narsani ko‘rish
mumkin bo‘ladi. Mikstura suspenziyalar salqin joyda saqlanadi.
To‘gri tayyorlangan va saqlangan miksturalar o‘z dispersligini ko‘rsatilgan bir necha kun
davomida (3-4 kun) yo‘kotmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |