Loyqalash yo‘li bilan suspenziyalarni tayyorlash
Amaliyotda uchraydigan dori moddalari katta-kichikligi bilan kolloid zarrachalarga yakin.
Ularning ko‘pchiligi gidrofil (suv bilan namlanadigan)dir. Bunday moddalardan mikstura —
suspenziyalar "qiynash" usuli bilan tayyorlanadi.
Rp.: Magnii oxydi 20,0
Aguae purificatae 200 ml
M. D. S. 1 osh qoshiqdan har 10 min.
Ichishdan oldin chayqatilsin.
(kislotalar bilan zaxarlanganda).
Magniy oksid zarrachasining diametri 0,2—0,8 mkm, undan tashkari ular gidrofil modda. Suv
bilan yaxshi ezilgandan keyin agregativ turg‘un mikstura olinadi, faqat 2—3 soatdan keyin sezilarli
sedimentatsiyalanishini ko‘ramiz. Miksturani ichishdan oldin chayqatilsa, dispersligi oldingi holiga
oson qaytariladi. Miksturalarni muxokama kilayotgan turlari agregat turg‘unligi liofobli zolni dzeta-
potensialiga o‘xshash ustki gidrotatsiyalangan, osilgan faza va sirt potensialining hosil bo‘lishiga
sabab bo‘ladi.
Dispersion usul bilan suspenziyalarni tayyorlash. CHayqatiladigan miksturalar
Ko‘pol dispersli moddalarning suspenziya holatigacha maydalanishi quyidagicha amalga
oshiriladi:
1. Mexaniq dispergirlash. 2. Elektr yordamida dispergirlash — Volt yoyida metalni arralash
bilan. 3. Ultratovush yordami bilan dispergirlash. 4. Kimyoviy yo‘l — peptizatsiya bilan
dispergirlash.
Dorixonalarda suspenziyalar mexaniq dispergirlash usuli bilan tayyorlanadi. qolgan usul
zavodlarda qo‘llanadi. Mikstura osilmalarda dispers darajasini oshirishda — eng oddiy usul,
mexaniq dispergirlash usuli bo‘lib, hovonchada suyuq xo‘llanuvchi muxitda moddalarni
maydalashdir. Kukunlarni quruq hovonchada ezilganda 50±5 mkm dan kam bo‘lgan zarrachalar
olish mumkin emas. Dispergirlash davrida suyuqlik qo‘shilganda zarrachalarni katta-kichikligini
5—0,1 mkm gacha etkazish mumkin. Bu quyidagicha tushuntiriladi: maydalanadigan moddalar
qattiqligini kamaytirish va undan keyin suyuqliklarni bo‘laklarga bo‘lish xossasiga asoslanib,
suyuqlik moddalarni mayda teshiklarga kirib olib, ularni kengaytiradi va yana ham maydalanishiga
olib keladi.
Shunday qilib, moddalar parchalanishini osonlashtiradi va yaxshi natijalar beradigan kuchdir.
B. V. Deryagin aniqlashicha 1 g qattiq moddaga 0,4—0,6 ml suyuqlik (40—60%) qo‘shilganda
suyuq muxitda yuqori darajada dispergirlash vujudga keladi. Dispersion usul bilan mikstura-
suspenziyalar juda ko‘p tayyorlanadi — ularni chayqatiladigan miksturalar (Muxturae agitandae)
deb ataladi. Bunday miksturalarning barchasiga "Ichishdan oldin chayqatilsin", degan yorliq
yopishtiriladi.
19
Ллойд В.Аллен, Гаврилов А.С. Фармацевтичесая технология изготовления лекарственных препаратов.-
«ГЭОТАР-Медиа».- Москва.-2014. (511 бет)
61
Do'stlaringiz bilan baham: |