Mikstura — suspenziyalar etarli darajada turg‘un bo‘lishi kerak. Bundagi zarrachalarning juda
sekin-asta cho‘kishi miksturalarni ichish davrida etarli darajada to‘gri dozalarga bo‘lish
imkoniyatini yaratadi. SHunday bo‘lishiga karamay, mikstura-suspenziyalar tarkibida Zaharli va
kuchli ta‘sir ko‘rsatadigan moddalar berilmaydi. Mikstura-suspenziyalar shubxasiz, suzilmaydi va
filtrlanmaydi. Mikstura-suspenziyalar magistral yozmalar bo‘yicha ex temporae tayyorlanadi.
Suspenziyalarni zollardan farqi diffuziyalanmaydi, ulardagi osmotik bosim va qinetik energiyasi,
zarrachalarni betartib harakatlanishi bilan bog‘liq. SHuning uchun suspenziya turg‘unligi fazani
harakati, uni dispers darajasiga, muxitni qovushqoqligi kabi omillarga bog‘liq bo‘ladi (cho‘kadi).
Umuman fazani cho‘kish tezligi Stoks formulasi bilan ifodalanishi mumkin. Turg‘unlik kiymat
hisoblanib o‘lchov birligi sifatida sedimentatsiya tezligiga teskari bo‘lgani uchun Stoks formulasi
59
B=
2rІ*(dr-dc)*g
9з
Boshqacha qilib aytganda, suspenziyalar turg‘unligi zarrachalar diametrini kvadratiga,
dispers faza va dispers muxitni solishtirma og‘irligini farqiga, tortilish kuchi tezlanishiga teskari,
dispersion muxitning qovushqoqligiga to‘gri proporsionaldir. Formulani to‘gri talkin qilib,
amaliyotda qo‘llanilsa ularning ba‘zi bir ko‘rsatkichlari suspenziyalar turg‘unligini oshirishda
amaliyotda qo‘llanilsa bo‘ladi. Buning uchun shunday kilmok zarurki, d — kiymatini iloji boricha
kamaytirish va h — kiymatini mumkin kadar ko‘tarish, muxit qovushqoqligini oshirish lozim.
Ayniqsa d — kiymatini o‘zgartirsa kuchli ta‘sir qiladi. Masalan, dc=1 (suv) va dr=2,7 va h=0,015
(suv) va zarrachaning radiusi 10 mkm bo‘lsa, 1 sm ga cho‘kish vaqti 31 sek, zarracha radiusi 1
mkm — 52 min. 0,1 mkm radiusida bo‘lsa 86 soatda cho‘kmaga tushadi. Dori moddalar
zarrachalari zichligi, kvars zarrachalariga yakin bo‘lsa, misolda keltirilishiga, ularga o‘xshash
tezlikda cho‘kmaga cho‘kishini ko‘z oldimizga keltirishimiz kiyin emas. Bundan xulosa qilib,
suspenziyalarni tayyorlaganda ularning zarrachalarini kattaligi 10 mkm dan oshmaydigan qilib olish
kerak (dorixonadagi suspenziyalar ko‘p dispersli sistemadir). SHunday qilganimizda mikstura
tarkibidagi suspenziya zarrachalari cho‘kmaga cho‘ktirmay, dozalarga bo‘lishda xatolikka yo‘l
ko‘ymasdan, o‘lchab olish uchun etarli imkoniyat yaratiladi. Dorixonada tayyorlanadigan
suspenziyalar uchun Stoks formulasi qo‘llanilib, bunda yuksak darajada dispers sistema saqlagan,
zarrachalari kat‘iy yumalok shaklda, butunlay qattiq va tekis bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Ammo ko‘p
miqdordagi mikstura, suspenziyalar va boshqa oddiy suspenziyalar ham bu talabni
kanoatlantirmaydi. Dori moddalarning disperslangan zarrachalari har xil shaklda bo‘lishi mumkin.
Stoks formulasi suspenziya dori formasidagi holatlarni har tomonlama baholanishini ko‘rsatsa ham,
undagi bir omil, ya‘ni erimaydigan moddalar suv bilan oson xo‘llanuvchi gidrofil, kiyin
xo‘llanadigan — gidrofob xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan fazalari chegarasida sodir bo‘lgan
xodisalarni ko‘rsatmaydi. Masalan, gidrofil xossasi bo‘lgan kukunlar, MgCO
3
, CaCO
3
, ZnO suvda
loyqalantirish bilan etarli darajada turg‘un suspenziyalar hosil qiladi. SHuning uchun ularning
ustida taranglik parda hosil bo‘lishi zarrachalarning bir-biri bilan qo‘shilishiga qarshilik ko‘rsatadi.
Gidrofob xususiyatiga ega bo‘lgan zarrachalar o‘z-o‘zidan stabillangan suvli pardani hosil
kilolmaydi, chunki osonlikcha o‘z-o‘zidan yuz beradigan (molekulani tortish kuchi ta‘sirida)
yopishkok massa, oxirgi davrda esa parcha agregatlar hosil qilib, keyin tezda cho‘kmaga tushadi.
Agar suspenziyalarda koagulyasiya xodisasi natijasida hosil bo‘lgan zarracha birikmalari suv bilan
yomon xo‘llansa, unda ular suv yuziga suzib chiqadi. Bunday xodisaning nomi flokulyasiya deb
ataladi. qattiq faza sirtining yomon xo‘llanishi natijasida, xavo pufakchalari yopishishiga
yordamlashadi. SHuning uchun suspenziyalarni xavo pufakchalari bilan chayqatilsa, flokulyasiya
xodisasi kuchayadi. Birok gidrofob liofil zarrachalarni suvga munosabatini tubdan o‘zgartirish
imkoniyatlari bor va uni amaliyotga tadbiki suspenziyalarning agregat turg‘unligini oshirishi
mumkin. Stabillash usullari bir qancha. Suvli dispersion muxitda, shuningdek, kutbli organiq
suyuqliklarda (masalan, spirtda) suspenziya zarrachalarining sathi ma‘lum ishorali dzeta-potensial
bilan stabillanishi mumkin. Liofob zolida mitsella magizining zaryadlanishi (ionlarning eritmadan
shimilishi va dissotsialanishi yoki qattiq faza yuzasidagi katlamni gidrolizlanishi) kabi
suspenziyalarda dzeta-potensialni vujudga kelishini shunday izoxlasa bo‘ladi. Bu turdagi
suspenziyalarni tayyorlashda shuni bilish kerakki, ularga qo‘shilgan ma‘lum konsentratsiyadagi
elektrolitlar ular turg‘unligini oshiradi. Elektrolitlarning konsentratsiyasini oshirish natijasida
turg‘unligini oshirmasdan koagulyasiya yuzaga keladi. Suspenziyalarni eng kuchli ximoya
qiladigan — yuqori molekulali birikmalardir. Bu birikmalarni eritmalari nafaqat o‘zlari katta
turg‘unlikka ega bo‘libgina kolmay, bu xossasini gidrofob zarrachalarga ham olib beradi.
Ko‘rsatilgan birikmalarning stabillash xususiyati suspenziyalarda shundan iboratki,
suspenziya zarrachalari sirtida gidratli ximoya katlamini hosil qiladi hamda bu zarralarni o‘zun
marjonsimon makromolekula bilan o‘rab oladi.
SHunga e‘tibor berish kerakki, suspenziya va kolloid eritmalarning orasida yakinlik bor.
Agregat dispergatsiyasi natijasida suspenziyalar zolga o‘tadi. Liofobli zollarni koagulyasiya o‘tish
60
bosqichida suspenziyalarni ko‘rish mumkin. CHunki, koagulyasiya tugallanish vaqti zarrachalarni
katta-kichiklikda yopishkok massani hosil kilishi suspenziyalarga xoslikni ko‘rsatadi.
Suspenziyalarni dori moddalardan uch xil usul bilan olish mumkin.
1. qattiq dori moddalarni dispersion muxitda yuqori dispersli (o‘zini tabiatiga qarab)
loyqalash yo‘li bilan.
2. Dispergirlash (mexaniqa) usuli.
3. Kondensatsiya yo‘li bilan.
Dispergirlash shundan iboratki, ko‘pol dispers moddalarni kerakli dispers darajasiga etkazish
uchun ularni dispersion muxitda ezish mumkin. Kondensatsiya usuli asosida boshqa konun-koida
yotadi:
--zarrachalarni yiriklashishi va ko‘z bilan ko‘rinali holatda bo‘ladi. Ba‘zan holatlarda
cho‘kmaga tshishi mumkin.
– molekulalar birikmalarining zarrachalari yirikrok agregatlar bo‘lib, katta-kichikligi xakikiy
suspenziyalarga xos (kolloid zarrachalaridan o‘tish davri)
19
.
Do'stlaringiz bilan baham: