Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi



Download 6,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet209/822
Sana30.12.2021
Hajmi6,67 Mb.
#97398
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   822
Bog'liq
farmatsevtik texnologiya

Gidrogenlangan  yog‘lar.  Surtma  asosi  bo‘lib  faqat  yumshoq  surtmaga  o‘xshash  ashyolar 

xizmat  qilishi  mumkin.  Bunga  quyidagilar  kiradi:  1.  Salomas  yoki  gidroyog  —  Adeps 

hydrogenisatum 2. O‘simlik  yog‘i  — Axungiha vegetabilis (88-90)  gidroyog  va 10-12% o‘simlik 

moyidan iborat kotishma 3. Kombiy yog‘i — Adeps compositus (55% salomas, 30% o‘simlik moyi 

va 15% mol yog‘i, chuchka yog‘i kitning gidratlangan yog‘idan iborat kotishma).  

O‘simlik  moylari.  Kungaboqar  moyi  —  (Oleum  Helianthi),  shaftoli  moyi  (Oleum 

persicorum)  va  boshqa  moylar  mol  yog‘i  va  mumga  qo‘shimcha  sifatida  ishlatiladi.  Buning 

natijasida  xossasi  buyicha  chuchka  yog‘iga  yakin  bo‘lgan  kotishma  hosil  bo‘ladi.  Ishlatiladigan 

moylar kislota soni 2,25-2,5 dan oshmasligi kerak. yog‘larning umumiy kamchilik tomoni ularning 

xavoda  tez  taxirlanib  kolishidir,  ayniqsa  suvli  sharoitda.  yog‘larning  farmakologik  indifferentligi 



131 

 

ularning  yangiligiga  bog‘liq.  Eskirgan  yog‘lar  teri  va  shillik  qavatni  kitiklaydi.  SHuning  uchun 



surtma  asoslari  bo‘lgan  yog‘larni  saqlashda  extiyotkorlik  talab  qilinadi.  Ulardan  tayyorlangan 

surtmalarning muddati belgilangan bo‘ladi. Surtma tarkibiga kiruvchi moddalar yog‘ kislotalari va 

yog‘larning  aynigan  mahsuloti  (perekislar,  ozonidlar)  bilan  ta‘sirlashsa  (ishqoriy  komponentlar, 

og‘ir metall tuzlari va oksidlari), u holda yog‘lar asos sifatida yaroksizdir. yog‘larni oksidlanishdan 

saqlash uchun qator tabiiy va sintetik antioksidantlar qo‘llaniladi.  o‘zida antioksidant  saqlaydigan 

o‘simlik  moylari  ham  bor.  (Masalan:  tokoferollar).  Sintetik  antioksidantlardan  butiloksianizol 

(BOA)  va  butiloksitoluol  (BOT)  yuqori  aktiv  va  fiziologik  zararsizdir.  Ikkala  modda  ham  xayvon 

yog‘larini turg‘unlashtirishda 0,02% konsentratsiyasigacha ishlatilishi mumkin. Xayvon va o‘simlik 

yog‘larida qancha ko‘p tokoferol saqlansa, ular shuncha oksidlanishga chidamli bo‘ladi. yog‘larda 

ketadigan  oksidlanish  protsesslari  perekis  soni  bilan  aniqlanadi.  Perekis  soni  bu  pereoksidlarni 

parchalash  uchun  ketgan  yodning  protsent  miqdoridir.  YAngi  chuchka  va  mol  yog‘ining  perekis 

soni 0,03% dan oshmaydi. Perekis soni 0,1 bo‘lishi chegara hisoblanadi. Undan oshsa chuchka va 

mol yog‘i buzilgan hisoblanadi. 

Mumlar  (Cera)  —  bu  yog‘  kislotalarining  va  yuqori  spirtlarning  murakkab  efirlaridir. 

Lanolin, spermatset va asalari mumi surtma asoslari tarkibida ishlatilishi mumkin. 



Lanolin  (Lanolinum).  Spirtlar,  erkin  yog‘  kislotalari  va  efirlarning  murakkab  tabiiy 

aralashmalaridir.  Lanolin  sovunlanishi  natijasida  taxminan  teng  miqdorda  kislota  va  spirtlar  hosil 

bo‘ladi.  Sovunlanmaydigan  qismi  50%  ga  yakin  miqdorni  tashqil  qiladi.  Lanolin  tarkibida 

saqlanadigan  moddalarning  umumiy  soni  70  dan  oshadi.  Tozalangan  lanolin  —  o‘ziga  xos  hidli, 

erish haroarti 36-42S suvda erimaydi va shu sababli surtmaga uxshash konsistensiyasini yukotmay 

150%  gacha  suvni  yutib  u  bilan  aralashadi.  Ayni  shu  xossasiga  asoslanib  surtmalar  tayyorlashda 

suvsiz  lanolin  (Lanolinum  anhydricum)  ishlatib  surtma  tarkibiga  suvli  suyuqliklar  kiritilishi 

mumkin. Xakikiy suvsiz lanolin tarkibida suvning miqdori 1% dan oshmasligi kerak,kislota soni 1 

dan yuqori bo‘lmasligi kerak. Lanolin spirtda kiyin eriydi. Lekin 40 qismgacha 70% spirtni qabul 

kilishi  mumkin.  Xloroform  va  efirda  oson  eriydi.  Lanolin  tarkibi  buyicha  odam  terisini  koplab 

turuvchi yog‘ga uxshash moddalarga yakin bo‘lganligi uchun teriga yakin surtiladi. Teri va shillik 

pardani  kitiklamaydi.  Kimyoviy  ta‘sirlarga  juda  chidamli.  Uta  yopishkokligi  uchun  u  har  doim 

boshqa asoslar bilan birga ishlatiladi. Agar shifokor tomonidan lanolin yozilgan bo‘lsa suvli lanolin 

ishlatiladi. U 7 qism suvsiz lanolinga 3 qism suv qo‘shib tayyorlanadi. Suvni oz-ozdan qo‘shiladi. 

Suvli  lanolinda  suvning  miqdori  30%  ni  tashqil  etadi.  Suv  hammomida  suvli  lanolinni  eritilsa 

emulsiya parchalanadi. 



Spermatset  (Cetaceum)  ushlab  kurganda  yog‘li,  qattiq,  ok,  plastinkasimon  tuzilgan,  hidsiz 

massa.  Suyuqlanish  harorati  45-54 

0

S.  Tarkibi  buyicha  setil  spirti  (S



16

N

33



 ON)  va  palmitin 

kislotaning  murakkab  efiridir.  Surtma  asosiga  qo‘shilgan  spermatset  unga  yuqori  zichlik, 

sirpanuvchanlik va suvli suyuqliklarni o‘ziga singdirib dagal emulsiya hosil qiladi. SHuning uchun 

koldkremlar tarkibiga ko‘p yoziladi. Kogozga surtilganda yog‘li dog qoldirmaydi, kislota soni 2 dan 

oshmaydi.  Spermatset  suvda  ham,  sovuq  spirtda  ham  erimaydi.  95%  li  kaynok  spirtda,  efirda  va 

xloroformda eriydi. 



Mum (Cera). Asalari mumi — tuk sarik (Cera flava). 65 

0

S haroratda suyuqlanadi. Ok mum 



sarik  mumni  kuyosh  yorugligida  okartirib  olinadi.  Sarik  mumning  kislota  soni  17-20,5  dan 

oshmaydi.  Ok  mumniki  18,7-22,4  dan  oshmaydi.  Suv  va  spirtda  erimaydi.  Kaynok  spirtda,  efir, 

xloroform,  efir  moylarida  qisman  eriydi.  Surtmaga  qattiqlik  berish,  suvli  suyuqliklarning 

shimilishini yaxshilash va yopishkoklik berish uchun ishlatiladi. Kimyoviy ta‘sirga chidamli.  




Download 6,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   822




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish