Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi


Surtmalarning asos tipi bo‘yicha tasniflanishi



Download 6,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet204/822
Sana30.12.2021
Hajmi6,67 Mb.
#97398
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   822
Bog'liq
farmatsevtik texnologiya

 Surtmalarning asos tipi bo‘yicha tasniflanishi: 

1. Gidrofob asosli surtmalar 

2. Gidrofil asosli surtmalar 

3. Emulsion (difil) — asosli surtmalar 

a) suv/yog tipidagi emulsion asosli surtmalar 

b) yog‘/suv tipidagi emulsion asosli surtmalar 

Dispers sistemalar bo‘yicha surtmalarning tasniflanishi. 

1.  Gomogen  surtmalar:  a)  qotishma  tipidagi  surtmalar,  b)  eritma  tipidagi  surtmalar,  v) 

ekstraksion surtmalar. 

2. Suspenzion surtmalar: a) ikki fazali sistemalar, b) uch va ko‘p fazali sistemalar 

3. Emulsion surtmalar: a) suv/yog tipidagi emulsion surtmalar, b) yog‘/suv tipidagi emulsion 

surtmalar. 

4. Aralash tipdagi surtmalar 

Gomogen  surtmalar  guruhiga  o‘zaro  eruvchan  dorilarni  asosda  eritish  bilan  hosil  bo‘lgan 

yog‘li  surtmalar,  surtma  asosida  erigan  dorilardan  hosil  bo‘lgan  surtmalar  va  dorilarni  surtma 

asoslari  tarkibiga  ekstraksiya  yo‘li  bilan  kiritilgan  surtma  turlari  kiradi.  Surtmalarning  bu 

guruhchasi dorilar va surtma asoslari urtasidagi oralik fazasining yukligi bilan harakterlanadi. Biroq 

bunday surtmalarni tulik gomogen sistema deb qarash xato bo‘ladi, chunki surtma asoslarning o‘zi 

turli  xil  mikro-va  ultramikrokristallik  qo‘shimchalardan  iborat  bo‘lishi  mumkin.  Surtma 

suspenziyalar tarkibiga esa suv va  yog‘da erimaydigan dori moddalar kiradi. Rezorsin, pirogallol, 

rux sulfat, simob dixlorid, segnet tuzlari ham suspenziya  yo‘li bilan kiritiladi, bu moddalar suvda 

eriydi,  ammo  suvda  eritib  kiritilsa,  teriga  zararli  ta‘sir  ko‘rsatadi.  Yana  shunday  moddalar 

suspenziya  yo‘li  bilan  kiritiladiki,  ularning  erishi  uchun  ko‘p  miqdorda  suv  talab  qiladi;  bo‘larga 

natriy  tetraborat,  bor  kislotasi  kiradi.  Suspenzion  surtmalar  tarkibida  bitta  va  undan  ortiq  dori 

moddalar bo‘lishi mumkin, lekin ularning har biri o‘z oralik faza chegarasiga egadir. Xuddi mana 

shu xususiyatga asoslangan holda suspenzion surtmalar bir, ikki va ko‘p fazali sistemalarga bo‘li-

nadi. 


Emulsion surtmalar tarkibiga suv, spirt, glitserin va ular aralashmasida eruvchi dori moddalar 

kiritiladi.  Bunday  eritmalar  moyli  asos  bilan  aralashmasligi  sababli  hosil  bo‘lgan  surtmalar 

emulsiya tipidagi surtmalar bo‘lib, undagi dispers muxit moyli asos hisoblanadi. 

Ko‘pchilik emulsion surtmalar tarkibiga emulgatorlar kiritilganligi sababli, ular etarli darajada 

yuqori  dispers  va  turg‘un  bo‘ladi.  Lekin  shunday  surtmalar  ham  borki,  ular  dispers  muxitning 

yuqori qovushqoqligi sababli turg‘undir. Bunday surtmalarda dispers faza yirik tomchilardan iborat 

bo‘ladi. 

Aralash surtma dorilar har xil dispers sistemalardan tashqil topgan bo‘ladi. 




Download 6,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   822




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish