131
Nazorat savollari**
1. Ko‗z uchun mo‗ljallangan dori shakllarini tayyorlashda (surtma uchun) asos turi, erituvchi
muhit va in‘eksiya uchun suvga qo‗yilgan talablar
2. Ko‗z surtmalariga emulgator lanolin qo‗shishdan maqsad nima?
3. Dori shakllarini biosamaradorligini aniqlashda zamonaviy usullar
4. Ko‗z dor shakllariga qo‗yilgan talablar
**
Nazorat savollairning muxokamasini zamonaviy pedagogik texnologiyalarning
―Aqliy
xujum‖ uslubidan
foydalanib o‗tkaziladi.
Mustaqil tayyorlash uchun savollar**
1. In‘eksion eritmalarni biofarmatsevtik tahlil usullari haqida ma‘lumotlarni daftarda aks
ettirish.
2. in vitro usuliga oid ko‗rsatmalar va talablar qaysi adabiyotlarda aks ettirilgan.
**Mustaqil
tayyorlash
uchun
savollar
muxokamasi
zamonaviy
pedagogik
texnologiyalarning
―Loyiha‖ metodi
”
grafik organayzer uslubi buyicha olib boriladi.
Mazkur metod mavjud nazariy bilimlar va amaliy tajribalarni tahlil qilish, taqqoslash
asosida muammoni hal etish yo‗llarini topishga, bilimlarni mustahkamlash, takrorlash,
baholashga, mustaqil, tanqidiy fikrlashni, nostandart tafakkurni shakllantirishga mo‗ljallangan.
Uslubiy ta‘minot va mashg‗ulot jixozlanishi:
mavzuga oid tarqatma materiallar, uslubiy
qo‗llanma, adabiyotlar, ma‘ruza matni, internet ma‘lumotlari, mavzu bo‗yicha prezentatsiya.
Asosiy matn
Ko‗z dorilari tomchi, namlama va surtma dori shaklida ishlatiladi. Ko‗z shilliq pardasining
tashqi ta‘sirga sezgirligini hisobga olgan holda, ko‗z dorilariga qator talablar qo‗yiladi: ular turli
mexanik aralashmalardan tozalangan, izogonik, turg‗un va steril bo‗lishi kerak. Ko‗z dori
shakllari aseptik sharoitda boks xonada, ste rillangan idish, steril erituvchi va yordamchi
vositalar dan foydalangan holda tayyorlanadi. Ayrim ko‗z tomchilari sgerillanadi. Eritmalarni
sterillash ko‗rsatmasi XI DFda, O‗zR Sog‗ liqni saqpash vazirligi tomonidan chiqarilgan 195,
198-sonli buyruqparda va in‘eksion eritmalarni sgerillash jadvalida keltirilgan. Ko‗z tomchilarini
tayyorlash bo‗yicha ko‗rsatma XIDF ning umumiy maqolasida keltirilgan («Ko‗z tomchilari»
138-bet). Ko‗z tomchilari hajmi kamligini inobatga olib, ularni mexanik iflosliklardan tozalash
uchun oldin dorimoddalari va yordamchi modsalar bir qism in‘eksiya uchun ishlatiladigan suvda
eritilib (filtr qog‗oz va paxta tampon oldindan in‘eksiya uchun ishlatiladigan suvda yuvilgan
bo‗ladi) va uni filtrdan o‗tkazilib, keyin qolgan suvni shu filtr orqali o‗tkaziladi. Ko‗ztomchisini
2 yoki 3-sonli sterillangan shisha filtrdan o‗tkazish maqsadga muvofiqdir, chunki ular suyuqlikni
o‗ziga shimib olmaydi. Sterillangan quruqyordamchi idishga 6 ml sterillangan in‘eksiya uchun
ishlatiladygan suvdan olib, unda 0,1 g pilokarpin gidroxlorid va 0,07 g natriy xlorid eritiladi.
Eritma bemorga beriladigan idishga filtrlab solinadi (filtr sterillangan in‘eksiya uchun
ishlatiladigan suvda yuviladi). Eritmani tozaligi 195-sonli Sog‗liqni saqlash vazirligi tomonidan
chiqarilgan buyruq asosida tekshiriladi. Lozim bo‗lsa uni qayta filtrlanadi. Tayyor eritmaga filtr
orqali qolgan 4 ml erituvchi qo‗shiladi. Bemorga beriladigan shisha idish rezinatiqin va ustidan
alyumin qalpoqcha bilan mahkam berkitiladi. Pilokarpin gidroxlorid eritmasi to‗yingan bug‗
bosimi ostida daqiqa davomida sterillanadi (195-sonli Sog‗liqni saqlash vazirligi tomonidan
chiqarilgan buyruq). Atropin sulfat, skopolamin gidrobromid, dikain, efedrin gidroxlorid va
boshqa modsalardan ko‗z tomchilari yuqorida keltirilgan eritmaga o‗xshash tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: