Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi biofarmatsiya



Download 4,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/172
Sana04.01.2023
Hajmi4,05 Mb.
#897577
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   172
Bog'liq
БФ мажмуа 2020й pdf — копия

Nazorat savollari** 
1. Suspenziyaa dori shaklini tayyorlashda ishlatiladigan yordamchi moddalar va ularning 
tabiati 
2. YOrdamchi moddalarni suspenziyaga qo‗shishdan maqsad nima? 
3. YOrdamchi moddalarning klassifikatsiyasi va ularni dori shaklida tutgan o‗rni 
4. Dori shakllarini biosamaradorligini aniqlashda zamonaviy usullar 
5. Suspenziyalarga qo‗yilgan talablar 
9. Tabletkalarni terapevtik samaradorligiga yordamchi moddalarning ta‘siri 
**
Nazorat savollairning muxokamasini zamonaviy pedagogik texnologiyalarning 
―Aqliy 
xujum‖ uslubidan
foydalanib o‗tkaziladi.
Mustaqil tayyorlash uchun savollar** 
1. Emulsiyalarni in vitro va in vivo tajribalari haqida ma‘lumotlarni daftarda aks ettirish. 
2. in vitro usuliga oid ko‗rsatmalar va talablar qaysi adabiyotlarda aks ettirilgan. 
**Mustaqil 
tayyorlash 
uchun 
savollar 
muxokamasi 
zamonaviy 
pedagogik 
texnologiyalarning 
―SWOT-tahlil‖ metodi

grafik organayzer uslubi buyicha olib boriladi.
Mazkur metod mavjud nazariy bilimlar va amaliy tajribalarni tahlil qilish, taqqoslash 
asosida muammoni hal etish yo‗llarini topishga, bilimlarni mustahkamlash, takrorlash, 
baholashga, mustaqil, tanqidiy fikrlashni, nostandart tafakkurni shakllantirishga mo‗ljallangan. 
Uslubiy ta‘minot va mashg‗ulot jixozlanishi:
mavzuga oid tarqatma materiallar, uslubiy 
qo‗llanma, adabiyotlar, ma‘ruza matni, internet ma‘lumotlari, mavzu bo‗yicha prezentatsiya. 
Asosiy matn 
 
Emulsiya (Emulsa. Emulsiones) – dispers faza va dispers muhitdan tashkil topgan 
mikrogeterogen sistema bo„lib, bir-birida juda kam yoki mutlaqo erimaydigan suyuqliklar 
aralashmasiga aytiladi.
 
Emulsiyalarning fizik, kimyoviy va mikrobiologik turg‗unligi muammolari bu dori turi 
texnologiyasida asosiy hisoblanadi.
Emulsiyalar turg‗unligi emulgatorlarning tabiatiga, dispers muhitga va moyli fazaga, moy, 


127 
suv va emulgator nisbatiga, tayyorlash texnologiyasiga, uni ishlatish usuliga, emulgatorlarni 
(YUFM,YUMB va boshq.) bog‗liq bo‗ladi. Qo‗yilgan maqsadlardan kelib chiqib, emulsiyalar 
tarkibidan dori moddasi tez va to‗liq ajralish qobiliyatiga ega bo‗lishi yoki ta‘siri uzaytirilgan
bo‗lishi lozim. YUqoridagi bu omillar emulsiyalar tarkibini va texnologiyasini ishlab chiqishda 
hisobga olinishi zarur. Bunda YUFM larning va erituvchilarning dorilarning biosamaradorligiga 
ta‘siri bo‗lishi mumkinligini unutmaslik lozim. Masalan, propilenkglikol, polietilenoksid (PEO), 
dimetilsulfoksid, glitserin membrananing struktura holatiga va ichki to‗qima suviga ta‘sir 
ko‗rsatadi. Glyukokortikoidli retseptorlar eritmaning ionli kuchiga, kalsiy vva magniy ionlari 
konsentratsiyasiga, xelat moddalarga, glitseringa sezgir bo‗lishadi. YA‘ni yordamchi moddalarni 
qo‗shish so‗rilishni va terapevtik ta‘sirni kuchaytirishi yoki pasaytirishi mumkin. 
Emulsiyalarni YUFM larning alohida guruhlari bilan turg‗unligi oshirilganda 
emulsiyalarning dispersligi, turg‗unligi, solishtirma elektr o‗tkazuvchanligi m/s va s/m 
emulgatorlarini gidrofil-lipofil balansiga bog‗liq ekanligi aniqlangan. Gidrofil-lipofil balansli 
emulgatorlar nomenklaturasi juda kam. SHunga qaramasdan emulsiyalar tarkibini kritik gidrofil-
lipofil balansi asosida aniqlash eng asosiy va ko‗p qo‗llaniladigan usullar qatoriga kiradi. 
Emulsiyalarning muayyan tarkibini ishlab chiqishda triangulyar diagramma usuli ham 
qo‗llaniladi. Ammo, bu uslub ko‗p qirrali izlanishlar natijalari bo‗lib, ko‗p axborot bersa ham, 
uni bajarish qiyinligi bu usulni qo‗llashni chegaralab qo‗yadi.
Emulsiyalar tarkibini tanlashning eng istiqbolli usullaridan biri inversiya fazasining 
haroratini aniqlash asosidagi usul hisoblanadi. Fazalar hajm, haroratga bog‗liq bo‗lib, Bankroft 
qonuniga bo‗ysunadi. Qattiq emulgatorlar bilan stabilizatsiya qilingan emulsiyalarda inversiya 
fazasi muomilasi zarrachalarning namlanishining ikki faza oralig‗idagi nisbatiga bog‗liq bo‗ladi.
Ba‘zi bir adabiyotlarda emulsiyalarning turg‗unligi unga ikki xil m/s va s/m emulgatorlarini 
qo‗shish hisobiga oshirish mumkinligi keltirilgan. Bunda Bunda emulgatorlar orqali tartibli 
uchinchi faza yuzaga keladi. Bu fazalar elektron mikroskopiya va strukturaviy rengten tahlillari 
bilan o‗rganilgan. Moddalarning suyuqkristallik (mezomorf) holati deb, suyuqlik va qattiqlik 
xossalari orasidagi struktura holati tushiniladi. Bunda krisstallarda molekulalar tartibli 
joylashgan bo‗ladi. Suyuq kristallarda esa, moleulalarga mo‗ljal tartibli bo‗ladi, ammo ularning 
joylashishida korrelyasiya bo‗lmaydi. Bunda molekulalar o‗zaro aralashib ketishi mumkin, lekin 
mezofazalarda turli yo‗nalishlardagi fizik xossalarni tavsiflovchi anizotropiya saqlanadi. 
Liotrop suyuq kristallar ikki yoki undan ko‗p komponentli sistemalar bo‗ladi. Ular 
YUFM larning difil molekulalarini suvda yoki boshqa polyar erituvchilarda eirigan eritmalarida 
hosil bo‗ladi. Ular o‗z navbatida suv bilan aralashadi. Suyuq kristallar turli holatda (mezofazada) 
uchrashi mumkin. YUFM lar turidan va qo‗shilgan suv miqdoridan kelib chiqib liotrop fazalar 
turli strukturalar hosil qilishi mumkin. 
Sferik mitsellalardan farqli o‗laroq suyuq liotrop kristallar ko‗proq YUFM molekulasini 
zich qadoqlash qobiliyatiga ega bo‗ladi va ko‗proq anizotropiya holati kuzatiladi. Natijada bu 
holatlar sfera ko‗rinishisiz shaklga ega bo‗ladi va o‗zaro bo‗shliq orqali to‗r hosil qiladi. 
SHunday qilib, emulsiya texnologiyasini ishlab chiqishda quyidagi masalalarni echish talab 
etiladi: muayyan tarkib tanlash, tayyorlash texnologiyasi jarayonini aniqlash, muayyan 
dispergirlash usulini qo‗llash va kerakli dastgohlar bilan ta‘minlash. 

Muayyan tarkib tanlash bilan texnologiyani soddalashtirish mumkin bshladi. Masalan, kritik 
gidrofil-lipofil balansi saqlanganda o‗zi emulgirlash xossasiga ega bo‗ladi va natijada 
gomogenizatorlarni qo‗llash kerak bo‗lmay qoladi. Texnologik jarayonni to‗g‗ri tanlashga 
harorat rejimi, emulgatorlarni asosga kiritish va ularni birlamchi lokalizatsiya qilish, 
emulsiyalarni qaytmas fazalarda olish va boshq. kiradi. Bir qator hollarda bu emulsiyalarning 
xossalariga ta‘sir ko‗rsatishi mumkin, ammo emulgirlashda energetik sarfni kamaytirib 
dispergirlash effektini oshiradi.Dispergirlash usulini va dastgohlarni tanlash , shuningdek uni 
qo‗llash ko‗pgina adabiyotlarda keltirilgan.

Download 4,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish