127
suv va emulgator nisbatiga, tayyorlash texnologiyasiga, uni ishlatish usuliga, emulgatorlarni
(YUFM,YUMB va boshq.) bog‗liq bo‗ladi. Qo‗yilgan maqsadlardan kelib chiqib, emulsiyalar
tarkibidan dori moddasi tez va to‗liq ajralish qobiliyatiga ega bo‗lishi yoki ta‘siri uzaytirilgan
bo‗lishi lozim. YUqoridagi bu omillar emulsiyalar tarkibini va texnologiyasini ishlab chiqishda
hisobga olinishi zarur. Bunda YUFM larning va erituvchilarning dorilarning biosamaradorligiga
ta‘siri bo‗lishi mumkinligini unutmaslik lozim. Masalan, propilenkglikol, polietilenoksid (PEO),
dimetilsulfoksid, glitserin membrananing struktura holatiga va ichki to‗qima suviga ta‘sir
ko‗rsatadi. Glyukokortikoidli retseptorlar eritmaning ionli kuchiga, kalsiy vva magniy ionlari
konsentratsiyasiga, xelat moddalarga, glitseringa sezgir bo‗lishadi. YA‘ni yordamchi moddalarni
qo‗shish so‗rilishni va terapevtik ta‘sirni kuchaytirishi yoki pasaytirishi mumkin.
Emulsiyalarni YUFM larning alohida guruhlari bilan turg‗unligi oshirilganda
emulsiyalarning dispersligi, turg‗unligi, solishtirma elektr o‗tkazuvchanligi m/s va s/m
emulgatorlarini gidrofil-lipofil balansiga bog‗liq ekanligi aniqlangan. Gidrofil-lipofil balansli
emulgatorlar nomenklaturasi juda kam. SHunga qaramasdan emulsiyalar tarkibini kritik gidrofil-
lipofil balansi asosida aniqlash eng asosiy va ko‗p qo‗llaniladigan usullar qatoriga kiradi.
Emulsiyalarning muayyan tarkibini ishlab chiqishda triangulyar diagramma usuli ham
qo‗llaniladi. Ammo, bu uslub ko‗p qirrali izlanishlar natijalari bo‗lib, ko‗p axborot bersa ham,
uni bajarish qiyinligi bu usulni qo‗llashni chegaralab qo‗yadi.
Emulsiyalar tarkibini tanlashning eng istiqbolli usullaridan biri inversiya fazasining
haroratini aniqlash asosidagi usul hisoblanadi. Fazalar hajm, haroratga bog‗liq bo‗lib, Bankroft
qonuniga bo‗ysunadi. Qattiq emulgatorlar bilan stabilizatsiya qilingan emulsiyalarda inversiya
fazasi muomilasi zarrachalarning namlanishining ikki faza oralig‗idagi nisbatiga bog‗liq bo‗ladi.
Ba‘zi bir adabiyotlarda emulsiyalarning turg‗unligi unga ikki xil m/s va s/m emulgatorlarini
qo‗shish hisobiga oshirish mumkinligi keltirilgan. Bunda Bunda emulgatorlar orqali tartibli
uchinchi faza yuzaga keladi. Bu fazalar elektron mikroskopiya va strukturaviy rengten tahlillari
bilan o‗rganilgan. Moddalarning suyuqkristallik (mezomorf) holati deb, suyuqlik va qattiqlik
xossalari orasidagi struktura holati tushiniladi. Bunda krisstallarda molekulalar tartibli
joylashgan bo‗ladi. Suyuq kristallarda esa, moleulalarga mo‗ljal tartibli bo‗ladi, ammo ularning
joylashishida korrelyasiya bo‗lmaydi. Bunda molekulalar o‗zaro aralashib ketishi mumkin, lekin
mezofazalarda turli yo‗nalishlardagi fizik xossalarni tavsiflovchi anizotropiya saqlanadi.
Liotrop suyuq kristallar ikki yoki undan ko‗p komponentli sistemalar bo‗ladi. Ular
YUFM larning difil molekulalarini suvda yoki boshqa polyar erituvchilarda eirigan eritmalarida
hosil bo‗ladi. Ular o‗z navbatida suv bilan aralashadi. Suyuq kristallar turli holatda (mezofazada)
uchrashi mumkin. YUFM lar turidan va qo‗shilgan suv miqdoridan kelib chiqib liotrop fazalar
turli strukturalar hosil qilishi mumkin.
Sferik mitsellalardan farqli o‗laroq suyuq liotrop kristallar ko‗proq YUFM molekulasini
zich qadoqlash qobiliyatiga ega bo‗ladi va ko‗proq anizotropiya holati kuzatiladi. Natijada bu
holatlar sfera ko‗rinishisiz shaklga ega bo‗ladi va o‗zaro bo‗shliq orqali to‗r hosil qiladi.
SHunday qilib, emulsiya texnologiyasini ishlab chiqishda quyidagi masalalarni echish talab
etiladi: muayyan tarkib tanlash, tayyorlash texnologiyasi jarayonini aniqlash, muayyan
dispergirlash usulini qo‗llash va kerakli dastgohlar bilan ta‘minlash.
Muayyan tarkib tanlash bilan texnologiyani soddalashtirish mumkin bshladi. Masalan, kritik
gidrofil-lipofil balansi saqlanganda o‗zi emulgirlash xossasiga ega bo‗ladi va natijada
gomogenizatorlarni qo‗llash kerak bo‗lmay qoladi. Texnologik jarayonni to‗g‗ri tanlashga
harorat rejimi, emulgatorlarni asosga kiritish va ularni birlamchi lokalizatsiya qilish,
emulsiyalarni qaytmas fazalarda olish va boshq. kiradi. Bir qator hollarda bu emulsiyalarning
xossalariga ta‘sir ko‗rsatishi mumkin, ammo emulgirlashda energetik sarfni kamaytirib
dispergirlash effektini oshiradi.Dispergirlash usulini va dastgohlarni tanlash , shuningdek uni
qo‗llash ko‗pgina adabiyotlarda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: