Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi biofarmatsiya


Uslubiy ta‘minot va mashg‗ulot jixozlanishi



Download 4,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/172
Sana04.01.2023
Hajmi4,05 Mb.
#897577
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   172
Bog'liq
БФ мажмуа 2020й pdf — копия

Uslubiy ta‘minot va mashg‗ulot jixozlanishi:
mavzuga oid tarqatma materiallar, uslubiy 
qo‗llanma, adabiyotlar, ma‘ruza matni, internet ma‘lumotlari, mavzu bo‗yicha prezentatsiya. 
Asosiy matn 
Eritmalar, emulsiyalar, suspenziyalar va turli dozalangan dori turlari (tabletkalar, granulalar, 
kapsulalar, pilyular va boshqalar) peroral qabul qilinadi.
 
Ularning tarkibidagi dori vositasi 
oshqozon-ichak traktining turli qismlarida so‗rilishi mumkin, chunki uning membranasi shunga 
moslashgan bo‗ladi. Ammo, asosiy absorbsion organ bo‗lib ingichka ichakning yuqorigi bo‗limi 
hisoblanadi. Ma‘lum bir darajada dorilar kislotali muhitda eriganda va muayyan tarqalish 
koeffitsientiga ega bo‗lganda absorbsion xususiyati namoyon bo‗lishi mumkin. Oshqozon-ichak 
traktining (OIT) peroral qabul qilingan dori vositasining absorbsiyasida zarur bo‗lgan bu ikki 
qismining anatomik va fiziologik xossasi fiziologiya va farmakologiya kurslarida bayon etilgan. 
Suyuq dori shakllari 
Eritmalar.
Eritmalar biofarmatsevtik nuqtai nazardan qaralganda, boshqa dori turlariga 
qaraganda ko‗proq fiziologik va ta‘sirli hisoblanadi. Eritma holida qabul qilingan dori vositalari 
yaxshi biologik samaradorlikka ega bo‗ladi, ya‘ni tezroq so‗riladi va ta‘siri tez boshlanadi. 
Bunga sabab dori vositasining dori turiga eritib qo‗shilganida deb hisorblanadi. SHuning uchun 
tayyorlanayotgan suyuq dori turida asosiy shart – uning 
eruvchanlik parametri
hisoblanadi. 
Eruvchanlik parametri har xil erituvchida dori vositasining farmakologik faolligi va ma‘lum 
konsentratsiya oralig‗idagi ta‘sirini aniqlash bilan belgilanadi.
Eruvchanlik moddaning kimyoviy strukturasi va uning erituvchi muhit bilan o‗zaro 
bog‗liqligi bilan bog‗liqdir. Dorilar texnologiyasida u dori vositasini dori preparatiga qo‗shish 
holatini belgilaydi. Absorbsiyaga eritmalarda dori moddasining eruvchanligidan tashqari, 
erituvchi tarkibi, uning rN muhiti, yopishqoqligi, yuza tarangligi kabi xossalari ham ta‘sir etadi. 
Ma‘lumki, tozalangan suv va boshqa erituvchilar chegaralanggan eritish qobiliyatiga ega. 
Ko‗pincha eritmalar tayyorlashda erituvchi sifatida suv yoki suvga ko‗p moddalarning 
eruvchanligini yaxshilovchi etil spirti, glitserin, propilenglikol va boshq. qo‗shib 
qo‗llaniladi.SHuningdek eruvchanlikni yaxshilash maqsadida kompleks hosil qiluvchilar, 
solyubilizatorlar, qo‗shimcha erituvchilar (mochevina, polivinilpirrolidon, polietilenglikol, 
dimetilsulfoksid ...) ishlatiladi. Bu moddalarning hammasi dori turining biosamaradorligiga o‗z 
ta‘sirini ko‗rsatadi. Eruvchanlikni yaxshilagan holda ularning absorbsiyasini oshiradi, bu bilan 
ularning biosamaradorligini ham oshiradi. Ammo dori vositalari bilan komplekslar hosil qilib uni 
yomonlashtirishi ham mumkin. 
Eruvchanlik va absorbsiya dori turlarini turg‗unligini boshqarib turuvchi o‗tkazuvchining 
rN muhitiga (masalan, kislotali rN muhiti alkaloid tuzlari uchun)ham bog‗liq. YOpishqoqlikni 
oshiruvchi moddala absorbsiyani sekinlashtiradi, chunki yuqori yopishqoqlikka ega suyuqliklar 
• кучли томонлари 

Download 4,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish