102
Uslubiy ta‘minot va mashg‗ulot jixozlanishi:
mavzuga oid tarqatma materiallar, uslubiy
qo‗llanma, adabiyotlar, ma‘ruza matni, internet ma‘lumotlari, mavzu bo‗yicha prezentatsiya.
Asosiy matn
Adabiyotlarda keltirilgan ma‘lumotlarga ko‗ra, birorta ham farmatsevtik omil dori
preparatining biosamaradorligiga yordamchi moddalar ko‗rsatgan ta‘siri kabi ta‘sir ko‗rsatmas
ekan.
Yordamchi moddalar - bu dori preparatlari tarkibiga qo‗shish uchun mo‗ljallangan, tabiiy,
sintetik va yarim sintetik tabiatli moddalar bo‗lib, ular dori modasining fizik-kimyoviy hama
farmakologik ta‘siridan kelib chiqqan xolda dori shakllarini tarkibiga kiritiladi. Dori shakllarini
tayyorlashda ular turli funksiyalarni bajarishi mumkin: erituvchi, solyubilizator, stabilizator,
asos, PAV, quyultiruvchi, emulgator, konservat, korrigent, bo‗yovchi va boshqalarni.
Quyidagi moddalar yordamchi moddalarga kiradi: kraxmal, glyukoza, tozalangan suv, etil
spirti, vazelin, kakao moyi, talk, bentonitlar, aerosillar, parafin, bug‗doy uni, polietilen oksidlari,
sellyulozani turli xosilalari. Farmatsiyani ko‗p asrli tarixida yordamchi moddalar farmokologik
va kimyoviy jihatdan shakl beruvchi indifferent modda sifatida ko‗rsatilgan. Ularni dorivor
moddaga ishlatish, tashish va saqlash uchun qulay malum shakl berish maqsadida qo‗shilgan.
Dori preparatlarni ishlab chiqarishda oson topiladigan va arzon moddalar ishlatilgan. Bunda
yordamchi moddani tabiatiga va sonini dorivor moddani biologik faolligiga tasiri hisobga
olinmagan. SHu bilan birga hech qaysi kuch farmokologik faktor dorivor preparat hususiyatiga
yordamchi modda kabi shuningdek sezilarli va murakkab tasir etmaydi. Biofarmatsiya birinchi
bo‗lib yordamchi moddalarni ishlatilishini ilmiy asoslab berdi. YOrdamchi moddalarni o‗rganish
shu darajada ahamiyatli edi-ki, bir qator olimlar biofarmatsiyani yordamchi moddani dorivor
moddani terapivtik effektiga tasirini o‗rganuvchi fan sifatida tanishtirdilar. Biofarmatsevtik
tadqiqodlarga asosan, yordamchi moddalar texnologik jixatdan ishlatiluvchi indifferent emasligi
ko‗rsatilgan. Ular malum fizik-kimyoviy hususiyatlarga ega bo‗lib, substansiya tabiatiga bog‗liq
holda, turli sabablar tasirida kompleks hosil bo‗lishi va adsordsiya, molekulyar reaksiyalar va
boshqalar dorivor modda tasir etish xarakterini kuchaytirish, susaytirishi mumkin, natijada
dorivor preparadni so‗rilishini to‗liqligi va tezligi keskin o‗zgarishiga olib kelishi mumkin.
Dorivor va yordamchi moddalarni o‗zaro tasiri ularni tayyorlashda va shuningdek saqlash
jarayonida sodir bo‗lishi mumkin. Demak yordamchi moddalarni bilogik kirishuvchanligiga tasir
etish mexanizmi turlicha bo‗lishi mumkin. Biologik faollikni o‗zgarishining asosiy sababi -
―dorivor modda - yordamchi modda‖ sistemasida ingredentlar orsidagi kimyoviy tasir natijasida,
polimerlar kompleksi, VMS makromalekulalari, xomosorbsillar va boshqalar hosil bo‗lishi
mumkin. Hosil bo‗lgan birikmalar mustaxkam yoki engil uziluvchi yuqori yuza faolligi bilan
xarakterlanuvchi yoki balanslangan sistema energiyasi bilan, dorivor moddani asosiy
farmokologik reaksiyasini tezlatishi yoki susatirishi mumkin.
YOrdamchi moddalar dori vositalarining farmokolik faoliyatini nafaqat pasaytira oladi,
balki yana katta darajada parchalanish va biokirishish bilan harakterlanuvchi bog‗lanishlarni
yaratadi (masalan, prednizolon bilan polivinilpirrolidon, salitsilamid bilan polivinilpirrolidon,
salitsil kislotali sorbit, mochevina bilan norsulfazol). Saponinlar oshqozon-ichak traktida
glyukozani so‗rilish jarayonini kuchaytiradi. Natriy lauril sulfat penetsillin, grizeofulvin va
• кучли томонлари
Do'stlaringiz bilan baham: