Eritmalarning izoosmotik konsentratsiyasini bilish muxim, chunki giper yoki gipoosmolyar eritmalarni quyish qator salbiy reaksiyalarga olib kelishi mumkin (og‘riq, nevroz va boshqalar) ayniqsa bu ko‘rsatgich reanimatsiya bo‘limida qo‘llaniladigan eritmalarga tegishli.
Agar giper osmolyar eritmalar ko‘p miqdorda qo‘yilsa va qonning osmolyarligi 300 mosm bo‘lsa suvsizlanish, holsizlik (slabost), shilliq pardalarni qurib ketishi kuzatiladi. Agar 330 mmosmdan oshsa, hushdan ketish, sudorgi va ayrim paytlarda o‘limga olib ketish mumkin. Agar gipoosmolyar holat vujudga kelsa ya’ni 275 mosmdan kam bosh og‘riq, 260 mmosm holsizlik slabost, qon bosim keskin tushib ketishi, 250 dan past sudorgi, koma holati namoyon bo‘ladi.
Demak provizorlar bilishlari shart quyiladigan infuzion eritmalarning izoosmolyar konsentratsiyasini aniqlash, hisoblash usullarini. Ayniqsa kasalxona qoshidagi dorixonalarda shifokorlar talab quyish mumkin, izoosmolyar eritmalarni tayyorlab berishni. Demak, yuqoridagi ma’lumotlarini hisobga olib, infusion eritmalargaqo‘yiladigantalablardanyanabirmuhimtalabbu infusion eritmaningkonsentratsiyasiizoosmolyar (285+5mosmol/l) bo‘lishi.
Osmolyarlik - bu fiziologik ko‘rsatkich bo‘lib, u eritmaning osmotic bosimiga aloqador har xil eritmadagi substrat (makroionlar) va turli valentlik mikroionlarni, ya’ni kinetic faol zarrachalarining konsentratsiyasini yig‘indisini ifodalaydi. Osmolyarlik molyar konsentratsiyaga bog‘liq.
Osmolyarligi qon zardobiga teng bo‘lgan IE izoosmolyar hisoblanadi.
Osmolyarlikni quyidagi formula orqali ifodalash mumkin:
E=V.m.F,
buerda V – eritmada dissotsiatsiyaga uchragan ionlar soni.
Agar eritmada dorivor modda noionli bo‘lsa, unda V=1, lekin eritilgan modda ionlarga parchalansa, u eritmadagi parchalangan umumiy soniga teng.
m –eritmaning molyar konsentratsiyasi, g/l.
F – molyar osmotic koeffitsienti, u eritmaning molyarligiga bog‘liq.
Osmolyarlik (osmol/l) yoki ko‘pincha mosmol/l da o‘lchanadi. Osmolyarlik va eritmaning muzlash nuqtasini pasayishi (∆T) orasida quyidagi o‘zaro munosabatbor:
∆T
E = ------- . 1000 mosmol/l
1,86 C
∆T-(0C) – suvga nisbata no‘lchangan namunaning muzlash nuqtasini pasayish darajasi; 1,86 C– natriy xlorid eritmasining muzlash haroratini pasayish darajasi.
Bu ko‘rsatkichni eritmani muzlash xaroratini pasayishi bo‘yicha aniqlashadi. Bu eng aniq usul. Chunki eritmada kinetik faol ionlarning soni boshlasa, uning muzlash xarorati pasaya boshlaydi. Demak eritmani muzlash xaroratini aniqlash osmolyarnikni aniq usuli hisoblanadi.
Osmolyarlik osmometrlar, masalan Os momat yordamida o‘lchanish mumkin. Bu asbobning ishlash prinsipi aniq osmolyarlikga (ma’lumotnomalarda, jadvallarda) ega bo‘lgan suv va natriy xloridni turli konsentratsiyadagi eritmalarning muzlash xaroratiga nisbat namunani (IE) muzlash xaroratini pasayishini aniqlashga asoslangan.
Osmometrlarni darajalash standart natriy xlorid eritmalari yordamida amalga oshiriladi.
Aniqlash usuli: 50-250 ml hajmdagi aniqlanadigan eritma shishaidishga solinib, sistemasovutiladi. muzlashharoratinipasayishiavtomatravishdayoziladi.
Osmolyarlikni yana nazariy quyidagi tenglama orqali hisoblash mumkin:
R.n.1000
Eideal =-----------,
M
Bu erda:
Eideal -ideal osmolyarlik, mosmol/l
R – eritmaning konsentratsiyasi, g/l;
n – erigan moddaning parchalangan kinetic faol zarrachalarining soni;
M – moddaning molekulyar massasi, g.
1-masala.5% glyukoza eritmasining nazariy izoosmolyarligin ihisoblash.
Glyukoza eritmasi uchunn=1, eritma holidagi molekulyar massasi 180,17 g. 5% glyukoza eritmasining izoosmolyarligi:
50 .1
E=-----------.1000=277,7 mosmol/l
180,17
AQSH Farmakopeyasi bo‘yicha izosmolyarlikni hisoblash:
m
MOSM=-------.n . 1000
M
m - massa, g/l
n – dori moddaning kinetik faol zarrachalar soni
M - molekulyarmassa, g
2-masala. Ringer-Lokk eritmasini nazariy izoosmolyarligini hisoblash:
Tarkib: Natriy xlorid 9,0
Kaliy xlorid 0,2
Kalsiy xlorid 0,2
Natriy gidrokarbonat 0,2
Glyukoza 1,0
In’eksiya uchun suv 1 l gacha
Sterillang!
Osmolyarlikni hisoblash:
1) 9,0
ENaCl=-------- .2.1000=308,0mosmol/l
58,44
2) 0,2
EKCl=--------- .2.1000=5,4mosmol/l
74,56
3) 0,2
ECaCl2=--------.3.1000=2,74 mosmol/l
219,08
4) 0,2
ENaHCO3= ---------.2.1000 = 4,76mosmol/l
84,01
1,0
Eglyukoza=---------.1.1000=5,05 mosmol/l
198,17
Ringer-Lokk eritmasining osmolyarlik konsentratsiyasi: 308+5,4+2,72+4,76+5,05=325,93 mosmol/l tashkil etadi.
“AQLIY XUJUM” UCHUN SAVOLLAR
Do'stlaringiz bilan baham: |