Asoslarga qo‘yiladigan talablar
- Xona haroratida deyarli qattiq va 37
o
C dan yuqori bo‘lmagan haroratda erishi, ya’ni asos qattiq
holatdan suyuq holatga tezda o‘ta olishi, qovushqoq, hidsiz, dori moddani shilliq qavat orqali
so‘rilishini ta’minlay olishi kerak;
-
Kimyoviy va farmakologik tomondan indefferent bo‘lishi, shilliq qavatni qitiqlamasligi va
tashqi omillar (issiqlik, namlik, nur, havodagi kislorod va mikroorganizmlar) ta’sirida
o‘zgarmasligi kerak;
-
Ko‘p miqdordagi dori moddalari bilan oson aralashishi va kerakli shaklga oson o‘tishi, ular
bilan ta’sirlashmasligi va saqlanish vaqtida o‘z shaklini yo‘qotmasligi kerak;
- Undan dori moddasini oson ajralib chiqishi va farmakologik ta’sirini tezda ko‘rsatishi kerak.
Asoslarning sifati MTX asosida tekshiriladi.
Hozirgi paytda shamchalarni tayyorlash uchun juda katta assortimentli asoslar ishlatiladi.
Ularni fizik-kimyoviy xossalariga qarab 2 guruhga bo‘linadi: gidrofob va gidrofil tabiatli
asoslarga.
59
Do'stlaringiz bilan baham: |