57
2.
Rektal dori vositalaridan dori moddasini ajralib
chiqishini aniqlash
Asosiy matn
Rektal dori turlari alohida va sistemali ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi biofarmatsevtik nuqtai
nazardan ahamiyatli hisoblanadi Rektal yo‘l bilan suppozitoriylardan tashqari surtmalar,
klizmalar, turli tamponlar, ko‘piklar, kapsulalar va boshqalar organizmga yuboriladi. To‘g‘ri
ichak shillig‘i muhitining pH ko‘rsatkichi 7,6-7,9 ga teng. Shamollash davrida esa bu ko‘rsatkich
6,3-6,6 ga teng bo‘ladi. Shu sababli dori vositasi bu yerga tushganida muhitni o‘zgartirib
yuborishi mumkinligini unutmaslik lozim bo‘ladi. Yuqoridagi hollarda dori vositasining to‘g‘ri
taqsimlanishi va so‘rilishini boshqarish uchun kerakli choralar ko‘rilishi talab etiladi. Rektal dori
preparatlari tarkibiga kirgan YUFMlar ichak shilliq suyuqligi bilan o‘zaro ta’sirga uchrab yuza
tarangligini pasaytiradi va bu bilan ichakdagi to‘qimalar o‘tkazuvchanligini oshiradi Rektal dori
preparatlarining absorbsiyasi asosan to‘g‘ri ichakning yuqorigi qismi hisoblanadi va bu o‘z
navbatida dori moddasining qon oqimiga tushishini va bir qismi jigardan o‘tishini bildiradi.
Rektal dori preparatining absorbsiyasi natijasida birinchi fazada jigarga atigi 20% tushadi.
Peroral dori preparatlari esa bu fazada 100% jigarga kelib tushadi. Rektal dori turlari tarkibiga
emulgatorlarning qo‘shilishi bilan absorbsiyalanuvchi vositalar miqdori 45% gacha ortishi
mumkin. Barcha dori preparatlari kabi rektal dori preparatlarida ham absorbsiya jarayoniga dori
moddasining eruvchanligi, uning molekulasining o‘lchami, zarrachalar o‘lchami, dori
vositalarining asos bilan o‘zaro ta’siri kabilar ta’sir ko‘rsatadi. Agarda asos suvda erimasa
undagi dori vositasi diffuziya orqali absorbsiyaga uchraydi. Agarda asos suvda erisa, absorbsiya
erish tezligiga bog‘liq bo‘ladi. Rektal dori preparatlarini biologik samaradorligini asoslash qiyin
bo‘lishiga qaramasdan, asosga qarab shularni aytish mumkin: agar dori vositasi suvda qancha
yaxshi erisa uning so‘rilishi shuncha tez bo‘ladi. Rektal dorilar so‘rilishida rektal suyuqlik
konsentrasiyasi alohida ahamiyat kasb etadi. Konsentratsiya qancha yuqori bo‘lsa membrana
orqali dori vositasining o‘tishi shuncha tez bo‘ladi. Suppozitoriylar muayyan tarkibini tanlashda
asos miqdori va tabiati, yordamchi moddalar va dori vositasi xususiyatlari, texnologik jarayon
kabilar ahamiyatli hisoblanadi. Asosning strukturaviy – mexanik xossalarini yaxshilash
maqsadida asosga alyuminiy stearat, magniy stearat va boshqa moyli kislotalarning tuzlari
qo‘shiladi
Shamcha dori turlari alohida va sistemali ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi biofarmatsevtik
nuqtai nazardan ahamiyatli hisoblanadi. Rektal yo‘l bilan suppozitoriylardan tashqari surtmalar,
klizmalar, turli tamponlar, ko‘piklar, kapsulalar va boshqalar organizmga yuboriladi. To‘g‘ri
ichak shillig‘i muhitining pH ko‘rsatkichi 7,6-7,9 ga teng. Shamollash davrida esa bu ko‘rsatkich
6,3-6,6 ga teng bo‘ladi. Shu sababli dori vositasi bu yerga tushganida muhitni o‘zgartirib
yuborishi mumkinligini unutmaslik lozim bo‘ladi. Yuqoridagi hollarda dori vositasining to‘g‘ri
taqsimlanishi va so‘rilishini boshqarish uchun kerakli choralar ko‘rilishi talab etiladi.
Shamcha dori vositalari tarkibiga kirgan dorivor moddalar ichak shilliq suyuqligi bilan
o‘zaro ta’sirga uchrab yuza tarangligini pasaytiradi va bu bilan ichakdagi to‘qimalar
o‘tkazuvchanligini oshiradi. Shamcha dori vositalarining absorbsiyasi asosan to‘g‘ri ichakning
yuqorigi qismi hisoblanadi va bu o‘z navbatida dori moddasining qon oqimiga tushishini va bir
qismi jigardan o‘tishini bildiradi. Shamcha dori preparatining absorbsiyasi natijasida birinchi
fazada jigarga atigi 20% tushadi. Shamcha dori turlari tarkibiga emulgatorlarning qo‘shilishi
bilan absorbsiyalanuvchi vositalar miqdori 45% gacha ortishi mumkin. Barcha dori preparatlari
kabi shamcha dori preparatlarida ham absorbsiya jarayoniga dori moddasining eruvchanligi,
uning molekulasining o‘lchami, zarrachalar o‘lchami, dori vositalarining asos bilan o‘zaro ta’siri
kabilar ta’sir ko‘rsatadi.
Agarda asos suvda erimasa undagi dori vositasi diffuziya orqali absorbsiyaga uchraydi.
Agarda asos suvda erisa, absorbsiya erish tezligiga bog‘liq bo‘ladi. Shamcha dori preparatlarini
biologik samaradorligini asoslash qiyin bo‘lishiga qaramasdan, asosga qarab shularni aytish
mumkin: agar dori vositasi suvda qancha yaxshi erisa uning so‘rilishi shuncha tez bo‘ladi.
Shamcha dorilar so‘rilishida rektal suyuqlik konsentratsiyasi alohida ahamiyat kasb etadi.
58
Konsentratsiya qancha yuqori bo‘lsa membrana orqali dori vositasining o‘tishi shuncha tez
bo‘ladi. Shamchalar muayyan tarkibini tanlashda asos
miqdori va tabiati, yordamchi
moddalar va
dori vositasi xususiyatlari, texnologik jarayon kabilar ahamiyatli hisoblanadi. Asosning
strukturaviy – mexanik xossalarini yaxshilash maqsadida asosga alyuminiy stearat, magniy
stearat va boshqa moyli kislotalarning tuzlari qo‘shiladi
Do'stlaringiz bilan baham: