181
Emulsiyalarning muayyan tarkibini ishlab chiqishda triangulyar diagramma usuli ham
qo‘llaniladi. Ammo, bu uslub ko‘p qirrali izlanishlar natijalari bo‘lib, ko‘p axborot bersa ham,
uni bajarish qiyinligi bu usulni qo‘llashni chegaralab qo‘yadi.
Emulsiyalar tarkibini tanlashning eng istiqbolli usullaridan biri inversiya fazasining
haroratini aniqlash asosidagi usul hisoblanadi. Fazalar hajm, haroratga bog‘liq bo‘lib, Bankroft
qonuniga bo‘ysunadi. Qattiq emulgatorlar bilan stabilizatsiya qilingan emulsiyalarda inversiya
fazasi muomalasi zarrachalarning namlanishining ikki faza oralig‘idagi nisbatiga bog‘liq bo‘ladi.
Ba’zi bir adabiyotlarda emulsiyalarning turg‘unligi unga ikki xil m/s va s/m emulgatorlarini
qo‘shish hisobiga oshirish mumkinligi keltirilgan. Bunda emulgatorlar orqali tartibli uchinchi
faza yuzaga keladi. Bu fazalar elektron mikroskopiya va strukturaviy rengten tahlillari bilan
o‘rganilgan. Moddalarning suyuqkristallik (mezomorf) holati deb, suyuqlik va qattiqlik xossalari
orasidagi struktura holati tushiniladi. Bunda krisstallarda molekulalar tartibli joylashgan bo‘ladi.
Suyuq kristallarda esa, molekulalarga mo‘ljal tartibli bo‘ladi, ammo ularning joylashishida
korrelyasiya bo‘lmaydi. Bunda molekulalar o‘zaro aralashib ketishi mumkin, lekin
mezofazalarda turli yo‘nalishlardagi fizik xossalarni tavsiflovchi anizotropiya saqlanadi.
Liotrop suyuq kristallar ikki yoki undan ko‘p komponentli sistemalar bo‘ladi. Ular
YUFM larning difil molekulalarini suvda yoki boshqa polyar erituvchilarda erigan eritmalarida
hosil bo‘ladi. Ular o‘z navbatida suv bilan aralashadi. Suyuq kristallar turli holatda (mezofazada)
uchrashi mumkin. YUFMlar turidan va qo‘shilgan suv miqdoridan kelib chiqib liotrop fazalar
turli strukturalar hosil qilishi mumkin.
Sferik mitsellalardan farqli o‘laroq suyuq liotrop kristallar ko‘proq YUFM molekulasini
zich qadoqlash qobiliyatiga ega bo‘ladi va ko‘proq anizotropiya holati kuzatiladi. Natijada bu
holatlar sfera ko‘rinishisiz shaklga ega bo‘ladi va o‘zaro bo‘shliq orqali to‘r hosil qiladi.
Shunday qilib, emulsiya texnologiyasini ishlab chiqishda quyidagi masalalarni yechish talab
etiladi: muayyan tarkib tanlash, tayyorlash texnologiyasi jarayonini aniqlash, muayyan
dispergirlash usulini qo‘llash va kerakli dastgohlar bilan ta’minlash.
Muayyan tarkib tanlash bilan texnologiyani soddalashtirish mumkin bo‘ladi. Masalan, kritik
gidrofil-lipofil balansi saqlanganda o‘zi emulgirlash xossasiga ega bo‘ladi va natijada
gomogenizatorlarni qo‘llash kerak bo‘lmay qoladi. Texnologik jarayonni to‘g‘ri tanlashga
harorat rejimi, emulgatorlarni asosga kiritish va ularni birlamchi lokalizatsiya qilish,
emulsiyalarni qaytmas fazalarda olish va boshq. kiradi. Bir qator hollarda bu emulsiyalarning
xossalariga
ta’sir ko‘rsatishi mumkin, ammo emulgirlashda energetik sarfni kamaytirib
dispergirlash effektini oshiradi. Dispergirlash usulini va dastgohlarni tanlash, shuningdek uni
qo‘llash ko‘pgina adabiyotlarda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: