103
Yordamchi moddalar - bu dori preparatlari tarkibiga qo‘shish uchun mo‘ljallangan, tabiiy,
sintetik va yarim sintetik tabiatli moddalar bo‘lib, ular dori modasining fizik-kimyoviy hamda
farmakologik ta’siridan kelib chiqqan holda dori shakllarini tarkibiga kiritiladi. Dori shakllarini
tayyorlashda ular turli funksiyalarni bajarishi mumkin: erituvchi, solyubilizator, stabilizator,
asos, PAV, quyultiruvchi,
emulgator, konservat, korrigent, bo‘yovchi va boshqalar.
Quyidagi moddalar yordamchi moddalarga kiradi: kraxmal, glyukoza, tozalangan suv, etil
spirti, vazelin, kakao moyi, talk, bentonitlar, aerosillar, parafin, bug‘doy uni, polietilen oksidlari,
sellyulozani turli hosilalari. Farmatsiyani ko‘p asrli tarixida yordamchi moddalar farmokologik
va kimyoviy jihatdan shakl beruvchi indifferent modda sifatida ko‘rsatilgan. Ularni dorivor
moddaga ishlatish, tashish va saqlash uchun qulay ma’lum shakl berish maqsadida qo‘shilgan.
Dori preparatlarni ishlab chiqarishda oson topiladigan va arzon moddalar ishlatilgan. Bunda
yordamchi moddani tabiatiga va sonini dorivor moddani biologik faolligiga ta’siri hisobga
olinmagan. Shu bilan birga hech qaysi kuch farmokologik faktor dorivor preparat xususiyatiga
yordamchi modda kabi shuningdek sezilarli va murakkab ta’sir etmaydi. Biofarmatsiya birinchi
bo‘lib yordamchi moddalarni ishlatilishini ilmiy asoslab berdi. Yordamchi moddalarni o‘rganish
shu darajada ahamiyatli edi-ki, bir qator olimlar biofarmatsiyani yordamchi moddani dorivor
moddani terapivtik effektiga ta’sirini o‘rganuvchi fan sifatida tanishtirdilar. Biofarmatsevtik
tadqiqodlarga asosan, yordamchi moddalar texnologik jihatdan ishlatiluvchi indifferent emasligi
ko‘rsatilgan. Ular ma’lum fizik-kimyoviy xususiyatlarga ega bo‘lib, substansiya tabiatiga bog‘liq
holda, turli sabablar ta’sirida kompleks hosil bo‘lishi va adsordsiya, molekulyar reaksiyalar va
boshqalar dorivor modda ta’sir etish xarakterini kuchaytirish, susaytirishi mumkin, natijada
dorivor preparatni so‘rilishini to‘liqligi va tezligi keskin o‘zgarishiga olib kelishi mumkin.
Dorivor va yordamchi moddalarni o‘zaro ta’siri ularni tayyorlashda va shuningdek saqlash
jarayonida sodir bo‘lishi mumkin. Demak yordamchi moddalarni bilogik kirishuvchanligiga
ta’sir etish mexanizmi turlicha bo‘lishi mumkin. Biologik faollikni o‘zgarishining asosiy sababi -
“dorivor modda - yordamchi modda” sistemasida ingredentlar orsidagi kimyoviy ta’sir
natijasida, polimerlar kompleksi, VMS makromalekulalari, xomosorbsillar va boshqalar hosil
bo‘lishi mumkin. Hosil bo‘lgan birikmalar mustahkam yoki yengil uziluvchi yuqori yuza faolligi
bilan xarakterlanuvchi yoki balanslangan sistema energiyasi bilan, dorivor moddani asosiy
farmokologik reaksiyasini tezlatishi yoki susatirishi mumkin.
Yordamchi moddalar dori vositalarining farmokolik faoliyatini nafaqat pasaytira oladi,
balki yana katta darajada parchalanish va biokirishish bilan xarakterlanuvchi bog‘lanishlarni
yaratadi (masalan, prednizolon bilan polivinilpirrolidon, salitsilamid bilan polivinilpirrolidon,
salitsil kislotali sorbit, mochevina bilan norsulfazol). Saponinlar oshqozon-ichak traktida
glyukozani so‘rilish jarayonini kuchaytiradi. Natriy lauril sulfat penetsillin, grizeofulvin va
boshqalarni so‘rilishini tezlashtiradi.
Shuningdek, tanlangan rezorbsiya dori moddalarining biologik aktivligini o‘zgarishi
sababchisi hisoblanadi.
Dori moddalarining biologik membranalardan so‘rilish jarayonini murakkab retseptor
mexanizmi, ya’ni diffuziya qonuniga asoslangan Fik qonuniga to‘g‘ri keluvchi rezorbsiya deb
qabul qilish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: