6. Qadoqlanishi.
Qadoqlangan poroshok o’lchami 7,5x10 sm li oddiy qog'oz kapsulani markaz qismiga qadoqlab solib o’raladi. Kapsulani pastki qismi 0,5 sm ortiqcha qoldirib bukiladi va u yana ikki marta bukiladi, keyin ikkala tomoni bir-biriga kiritiladi. Bunda chiziqchasi o’rtada bo’lishi kerak. Keyin qadoqlangan poroshoklar 3 yoki 5 tadan bir-biriga kiritilib, qog’oz xaltachalarga solinadi. Poroshok solingan qog’oz xaltachaning yuqori qismi ikki marta oldinga bukiladi va burchaklari esa orqa tomonga bukiladi. So’ngra «kukun» yorlig’i yopishtirilib bemorga beriladi. Poroshoklarni qadoqlashda ТK-3 va DP-2 qadoqlash (VNIIF da ishlab chiqilgan) asboblaridan ham foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |