Qiyin maydalanuvchi moddalarga misollar, ularning fizik-kimyoviy xususiyatlari va ishlatilishi.
Qiyin maydalanadigan moddalarga yod, kamfora, mentol, timol, fenilsalitsilat, benzonaftol, salitsilat kislota, tetraborat natriy, streptotsid va boshqalar kiradi.
Bularni maydalash uchun erituvchilar ishlatiladi. Erituvchilar sifatida spirt, efir, spirt-efir aralashmasi ishlatiladi.
Kamfora o‘ziga xos o'tkir hidli, oq yirik kristall yoki rangsiz kristall kukun, ba’zida esa plita shaklida shibbalangan kristall modda bo'lib, suvda kam eriydi, 95 %li spirtda, xloroform, efir va o'simlik moylarida oson eriydi.
Kamforaning o'ngga buruvchan izomerining solishtirma buruvchanligi +41° dan +44° gacha, chapga buruvchan izomeriniki esa -39° dan -44° ga teng. Kamfora ham mentolga o'xshash fenol, rezorsin, timol, xloralgidratlar bilan suyuq evtektik aralashma hosil qiladi. Kamfora oddiy haroratda ochiq havoda uchuvchan.
Kamforaning miqdorini uning dori preparatlarida aniqlashni Davlat farmakopeyasida berilganga ko’ra bir necha usullari mavjud. Masalan, uni barcha ketonlarga o'xshash, oksim hosil qilish reaksiyasi bo'yicha aniqlash mumkin. Buning uchun kamforaning ma’lum miqdoriga gidroksilamin gidroxlorid qo'shib isitilganda, ekvivalent miqdorda vodorod xlorid ajralib chiqadi. Keyin uni timolftalein indikatori ishtirokida natriy gidroksidning 0,1 mol/1 eritmasi bilan titrlanadi. Kamfora tibbiyotda asab tizimini tinchlantiruvchi va yurak faoliyatini yaxshilovchi (kardiotonik) hamda sirtdan antiseptik va qo'zg'atuvchi modda sifatida ishlatiladi.
Odatda, kamforaning 20 %li shaftoli moyidagi eritmasi 1 -5 ml dan teri ostiga yuboriladi. Sirtdan uning 10 %li kungaboqar moyidagi yoki spirtdagi eritmasi hamda surtma va boshqa dori turlari ishlatiladi. Inyeksiya uchun ishlatiladigan kamforaning 20 %li shaftoli moyidagi eritmasi 1-2 ml dan, ampulalarda chiqariladi.
Kamfora, sulfokamfora kislota va bromkamfora «В» ro'yxati bo'yicha yorug'lik tushmaydigan salqin joylarda, og'zi mahkam yopiladigan qo'ng'ir shisha bankalarda saqlanadi.
Kuchli yalpiz hidli rangsiz kristallar. Suvda juda kam; spirt, efir, yog‘da juda oson eruvchan. Xona haroratida oson uchuvchan.
Mentolning izovalerian kislota mentil efiridagi eritmasi. Shaffof, rangsiz, mentol hidli, yog‘simon suyuqlik. Suvda deyarli erimaydi; spirtda esa juda oson eriydi.
Me’yoriy hujjat ko'rsatmasi bo'yicha mentolning chinligini aniqlash uchun unga konsentrlangan sulfat kislota ishtirokida, shu kislotada tayyorlangan vanilin eritmasidan qo'shib, chayqatib, so'ngra unga suv solinganda aralashma to'q qizil rangga o'tadi.
Monosiklik terpen preparatlarining chinligini aniqlashda ularning fizikaviy xossalari va konstantlaridan ham foydalaniladi.
Mentolning miqdori MH ko'rsatmasi asosida bilvosita neytrallash usuli bo'yicha aniqlanadi. Buning uchun preparatning ma’lum miqdoriga sirka angidridining suvsiz piridindagi eritmasidan qo'shib, kolbani qaytar sovutgichga ulagan holda tegishli vaqtgacha qaynatiladi. So'ngra reaksiya natijasida ajralib chiqqan hamda reaksiyaga kirishmay qolgan sirka angidridining suv bilan parchalanib hosil qilgan sirka kislotasini, fenolftalein indikatori ishtirokida natriy gidroksidning 0,5 mol/1 eritmasi bilan titrlanadi.
Mentolni sirtdan og'riq qoldiruvchi va tumov (shamollab qolganda)ga qarshi 0,5-5 %li spirtdagi yoki o'simlik moylaridagi eritmalari ishlatiladi. Uni stenokardiyada spazmolitik modda sifatida 5 %li spirtdagi eritmasidan qandga tomizib, til ostiga qo'yiladi.
Monosiklik terpen guruh preparatlari og'zi mahkam yopiladigan idishlarda, salqin joylarda saqlanadi. Saqlash jarayonida ulaming uchuvchanligini va boshqa ba’zi xossalarini nazarda tutish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |