Poroshoklarning umumiy tayyorlash bosqichlari.
Poroshoklar tayyorlash — maydalash, elash, aralashtirish, dozalash va qadoqlash kabi jarayonlarni o‘z ichiga oladi.
Maydalash, aralashtirish – pulverisatio. Dori tayyorlash uchun mo‘ljallangan kukunlarni maydalashdan ikki maqsad bor. Birinchisi dori moddaning tanaga tezrok va to‘larok so‘rilishi bo‘lsa, ikkinchisi maydalangan kukunlar yaхshi aralashadi, dozalanganda qavatlarga ajralmaydi va ingredientlarning ayrim zarrachalari ajralib ko‘rinmaydi.
Хozirgi kunda elaki dorilar tayyorlashda ularni maydalash va aralashtirish uchun doriхonalarda kadimdan ma’lum bo‘lgan hovonchadan (mortaria) foydalaniladi.
Hovonchalar har хil o‘lcham va shaklda chiqarilib, chinni, agat, latundan yasaladi. Kundalik amaliyotda eng ko‘p ishlatiladigani chinni hovonchadir. CHinni hovonchalar 7 хil hajmda chiqariladi. CHinni hovonchalar yuza tomonidan sillik, ichi esa govak va notekis bo‘ladi. PESTIK –PISTILLA- (hovoncha dastasi) ham chinnidan tayyorlanadi. Chinni qattiqligi yetarli darajadagi jism bo‘lsa, mo‘rt hisoblanadi. Ezishga boshqa moddalarga nisbatan chidamli hisoblanadi.
H ovonchalar
1 — kadimgi grek hovonchasi; 2 —agat hovoncha; 3,7 — cho‘yan hovoncha; 4 — toshdan yasalgan hovoncha; 5 — chinni hovoncha; 6 — emulьsiya tayyorlash uchun chinni hovoncha; 8 — shisha hovoncha; 9 — yassi dastali maydalash moslamasi; 10 — usti yopik hovoncha.
Elash (cribratio). Dorixona sharoitida poroshoklarni maydalik darajasi oddiy ko’z bilan qarab tekshiriladi. O’simlik xomashyolari va ayrim moddalar XI DF ning II qism 19-betidagi maxsus maqolada ko’rsatilgan elaklarda elanadi.
Bu elaklarning katta-kichikligi va soni har xil boladi. Asosan 16 ta nomerli elaklar ishlatilib, teshiklari diametrining kattaligi 0,1-10 mm gacha bo’ladi.
1. Eng mayda poroshok 61-sonli elaklardan o’tkaziladi, uning teshiklarining diametri 0,1mm. Bu elaklardan ko'z poroshoklari, sepma dorilar, purkash uchun ishlatiladigan poroshoklar o’tkaziladi.
2. Mayda poroshoklar teshiklarining diametri 0,16 mm li 38-sonli ipak elakdan o’tkaziladi. Agar farmakopeyada moddalarning maydalik darajasi ko’rsatilmagan bo’lsa, shu elakdan foydalaniladi.
Dozalarga bo’lish (divisio). Tayyor elaki dorilarni alohida bir marta ishlatiladigan qilib taqsimlanishiga dozalash deyiladi. Elaki dorilami dozalashning 2 usuli bor. Hajm va og'irlik usuli. Kukun (elaki dori)lami dozalashda asosiy e'tibor uning aniqlik darajasi hisoblanadi. Ammo har qanday dozalash usuli ham ayrim kamchiliklardan xoli emas, shuni hisobga olgan holda XI Davlat farmakopeyasi bunday xatoliklami quyidagi me'yorda bo'lishi mumkinligini ko'rsatadi:
Kukun og'irligi, g. Xatoligi, %.
0,1 gacha ±15 %
0,1-0,30 ±10 %
0,31-1,0 ±5 %
1 g ortiq ±3 %.
Kukunlami qo'l tarozisi bilan dozalash ancha vaqt va mahorat talab qiladi. Ayniqsa bu hoI ko'p miqdordagi elaki dorilami domlashda yaqqol ko'rinadi. Bunday hollarda dorixona sharoitida ishlatishga mo'ljallangan kukunlami dozalaydigan DP-2 apparati ishlatiladi
T K – 3 asbobi dozalash
D P – 2 dozalash asbobi VDA – 1,5 dozalash asbobi
Poroshoklarni qadoqlash. Dozalangan kukunlarni qadoqlash uchun asosan 7,5x 10 smo'lchamda kesilgan qog'oz yoki shu o'lchamda fabrikada tayyorlangan qog'oz kapsulalar ishlatiladi. Gigroskopik xususiyatga ega bo'lgan moddalar, uchuvchan va kuchLi hidli moddalar mumli (charta cerata) yoki parafinlangan qog'ozlarga (charta paraffinata), moysimon xususiyatli moddalar pergament qog'ozlarga (charta pergamenta) o'raladi.
Poroshoklarni qadoqlash.
Kukun tarkibidagi moddalaming yomon ta'mi, hidi va mazasin; niqoblash, rangli moddalarning ifloslantirishini yo'qotish maqsadida (metilen ko'ki, riboflavin, faollashtirilgan ko'mir) hamda dori moddalarni me'da suyuqligi ta'siridan saqlash maqsadlarida elaki dorilar kraxmal yoki jelatinadan yasalgan kapsulalarga joylashtirilishi mumkin .
Do'stlaringiz bilan baham: |