Cho`ktiruvchi eritmadagi atseton kontsentratsiyasining kukunsimon poliamidning fraktsiya tarkibiga bog`liqligi
Fraksiya kattaligi
Mm
|
Atsetonning suvli eritmasi turli kontsentratsiyalarida olingan fraksiyalar miqdori
|
Kolonka rejimida o’tkazish qobiliyati, ml./ soat.
|
|
0
|
25
|
30
|
40
|
50
|
|
1.00 dan yuqori
|
18,0
|
16,6
|
0,4
|
0,1
|
0,0
|
240-250
|
0,5 – 1
|
18,3
|
17,3
|
13,8
|
4,2
|
15,8
|
150-160
|
0,25-0,5
|
23,5
|
24,1
|
68,4
|
29,7
|
10,6
|
120-130
|
0,14-0,25
|
26,7
|
25,0
|
14,2
|
55,0
|
58,1
|
75-100
|
Poliamid tashuvchilarni faollash. Hozirgi vaqtda ligandlarni kovalent bog`lash uchun poliamid tashuvchilarni faollashtirish ishini ularni xlorid kislota eritmasida ishlash yoki dimetilsulfoksidda amid gruxlarni qaytarish yo`li bilan olib boriladi.
Polivinilpirrolidon va uning asosidagi sopolimerlar qo`llaganda organizmda asta-sekin parchalanadigan immobilizatsiyalangan ferment preparatlarini olish mumkin. Shu bilan birga parchalanish tezligi, aralashmadagi ikkinchi monomer tabiati va tikuvchi agentining kontsentratsiyasiga ham bog`liq. Masalan, azobenzobutirometil ishtirokida vinilpirrolidonni akril kislota bilan radikal sopolimerlash natijasida karboksil gruxi tutgan va suvda eriydigan polimer hosil bo`ladi: glitsililaktilat bilan sopolimerizatsiyasida esa aldegid gruxli suvda eriydigan polimer hosil qiladi.
Polivinil spirti asosida yaratilgan tashuvchilar. Meneke G. va Fogt G. tomonidan ( 1980) taklif qilingan polivinil spirti asosida yaratilgan tashuvchilar reaktsiyaga tez kirishish qobiliyatiga ega. Ularga muvofiq ravishda ishlov berish bilan tashuvchilarga har xil funktsional gruxlarni, jumladan, diazoizotiotsianit, aldegid, xlortriazin, disulfid va boshqalarni kislotali sharoitda (glutar aldegidi bilan), ishqoriy sharoitda esa epixlorgidrin yoki p-ksililendixlorid bilan tikish mumkin.
Polivinil asosidagi tashuvchilarning afzalliklari shundan iboratki, ular ko’p miqdorda reaktsiyaga kirishuvchi gruxlarga ega bo`lishdan tashqari, oqsillarga nisbatan yuqori sig`imga egaldir.
Poliuretanlar - NH – C – O – gruppirovkasi tutgan gidrofil poliuretan polimerlar fermentlarni gelga kiritish uchun yetarli darajada qulay materiallardir. Bu holda immobilizatsiyalash jarayonida komponentlarni oddiy aralashtirishdan iborat.
Poliuretanlar izotsianatlarni, masalan, 2,4- va 2,6 - toluilen, geksametilen yoki difenilmetandiizotsianatlar, poliollar bilan (glyukollar, triollar, OH- gruxi tutgan oddiy yoki murakkab oligoefirlar) reaktsiyasi natijasida hosil bo`ladi.
Polimerizatsiya vaqtida izotsianat gruxlardan dioqsil uglerodi ajralishi bilan, qisman gidrolizlanish sodir bo`ladi. Hosil bo`lgan aminogruxlar izotsianat gruxlar bilan o`zaro ta'sirlashib polimerni quyidagicha tasvirlash mumkin:
Umumiy reaktsiyani quyidagicha tasvirlash mumkin:
2R - NCO + H2O → R – NHCONH – R + CO2
Poliuretanlar poliamidlardan farqli o`laroq suvga va oksidlovchilarga nisbatan chidamlilikka ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |