Ma’ruza mashg’ulotlari
Biotexnologiya, uning rivojlanish tarixi, predmeti, maqsadi va vazifalari. Biotexnologiya sog‘liqni saqlash, ilm-fan va xalq xo‘jaligi taraqqiyotida. Har bir fan o'z usullari va bo'limlariga ega bo'lib, har bir bo'lim osha sohaga doir u yoki bu masalalarni echishga mo'ljallangan bo'ladi. Biologiya taraqqiyotining hozirgi bosqichini revolyutsion deb atash mumkin, chunki biologiya hozirgi davrga kelib, tabiiy fanlar ichida etakchi orini egallamoqda.
Biotexnologiya yonalishida tahsil olayotgan talabalar uchun bu fan asosiy va fundamental fanlardan biri bo'lib, ishlab chiqarishni intensivlash, ish unumdorligini oshirish, ekologik toza va chiqindisiz samarador texnologiyalarni yaratish asoslarini beradi. Talabalar nazariy kurs bilan birga amaliy mashg'ulotlarni o'tib, turli biologik faol moddalarni olishning biotexnologik sxemalarini tuzish, tirik organizmlar asosida ekologik toza mahsulotlar olish va ularni ishlab chiqarishga tatbiq etish uchun etarli bilimlarga ega bo'lishadi.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Blis, tezkor so’rov, aqliy hujum, munozara, o’z-o’zini nazorat.
Adabiyotlar: A1; A2; A3; A4; A5; A6; A11. Q1; Q2; Q3; Q4; Q5.
Biotexnologiya ob’ektlari va usullari. Biotexnologik ob’ektlarni tanlash. Biotexnologiya deb mavjud biologik muammolarni biologik ob’ektlar yordamida hal qilishga aytiladi. «Biotexnologiya» so‘zi yunoncha «bios»-hayot, «teken»-san’at, «logos»-fan, ta’limot degan ma’nolarni anglatadi. Biotexnologiya qadim-qadimdan insoniyat uchun xizmat qilib kelmoqda. Insonlar biotexnologik jarayonlardan unumli foydalanib kelganlar. Hozirda biotexnologik jarayonlar yordamida antibiotiklar, fermentlar, vaksinalar, polisaxaridlar, ozuqa oqsillari, gormonlar, glikozidlar, aminokislotalar, alkaloidlar, mineral o‘g‘itlar, biogaz ishlab chiqarilmoqda. Biotexnologiyaning ob’ektlari-viruslar, bakteriyalar, zamburug‘lar-mikromitset va makromitsetlar, o‘simlik, hayvon, odam hujayra, to‘qimalari, fermentlar, prostoglandinlar, nuklein kislotalar, lektinlar va boshq. Umumlashtirilgan xolda biotexnologik ob’ektlarni 3 guruhga bo‘lish mumkin: o‘simlik va hayvon to‘qimalari, mikroorganizmlar.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Ma’ruza, namoyish etish, savol-javob, “Bumerang”, “Klaster”, “Blis-so’rov”, “Fikrlash xaritasi” , Charxpalak, B.B.B jadvali.
Adabiyotlar: A1; A2; A3; A4; Q1; Q3.
Do'stlaringiz bilan baham: |