Биотехнология» фанинг yonalishiлари ва ютуқлари
Ozbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 14.07.2006 y. №416-sonli «Dori vositalarini ishlab chiqarish uchun Respublikamiz hududiga olib kirilayotgan va malum imtiyozlarga ega bolgan xom ashyo va materiallar royxatini tasdiqlash” Qaroriga binoan chet eldan olib kiritilayotgan va Respublikamiz hududida dori vositalarini ishlab chiqarishga mojallagan bir qator xom ashyo va materiallarga soliq solinmaydi. SHu bilan birga Ozbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 19.11.2007y. №731-sonli «Farmatsevtik ishlab chiqarish korxonalarini modernizatsiyasi, texnik va texnologik taminoti haqida» Qaroriga binoan mahalliy farmatsevtik ishlab chiqarish korxonalarida ishlab chiqarilayotgan dori vositalarini kopaytirish, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish , chet eldan kirib kelayotgan dori vositalarining sonini kamaytirish va mahalliy dori vositalarini eksportga chiqarish masalalari korib chiqildi.
YUqoridagilarni inobatga olgan xolda, hozirgi kunda yoshlarimizni ozimizning mahalliy hayvon, osimlik va boshqa xom ashyolardan olinishi mumkin bolgan fermentlar, ularning fizik-kimyoviy xossalari, shuningdek, fermentlar orqali yaratiladigan biologik konstruksiyalar bilan tanishtirish juda muhim. CHunki fermentlar-tirik hujayralar tomonidan sintez boladigan oqsil tabiatli molekulalar bolib, ular har bir hujayrada bir necha yuzlab uchraydi va har xil vazifalarni bajaradilar. Ular oziga xos bolgan biologik katalizatorlardir. Ular organizm uchun juda zarur moddalar hisoblanadilar, agar fermentlar bolmaganlarida hujayradagi reaksiyalar juda ham sekinlik bilan otib, hayotni ushlab turish imkoniyati bolmas edi. Fermentativ reaksiyalarni tezligi odatdagi kimyoviy reaksiyalarga karaganda 1014 marotaba tezroq kechishi aniqlangan.
Farmatsevtika sanoati iqtisodiyotimizning eng istiqbolli va jadal rivojlanib borayotgan tarmoqlaridan biri bolib, uni mustahkamlash Ozbekiston sanoatini rivojlantirish strategiyasining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.
Prezidentimiz Islom Karimovning 2010-yil 15-dekabrda qabul qilgan «2011-2015 yillarda Ozbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning ustuvor yonalishlari togrisida»gi Qarori ushbu tarmoqni yanada takomillashtirishga xizmat qilmoqda. Hozirgi kunda Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan dori vositalari xorijiy farmatsevtik preparatlardan qolishmaydi. Bunga sabab, mavjud korxonalarning aksariyatida eng zamonaviy texnologiyalar qollanilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |