Biologik materiallardagi uglevodlar miqdorini modifikatsiyalangan usulda aniqlash. Uglevodlar – tuzilishi va kimyoviy xossalari jihatdan qandlar yoki qandlarga yaqin bo’lgan organik birikmalar sinfiga kiradi. Odam organizmida oqsillar va yog’lar bilan bir qatorda moddalar va energiya almashinuvida muhim rol o’ynaydi. Uglevodlar o’simlik, hayvon va bakteriyalar organizmiga kiradi va tabiiy organik birikmalarning asosiy qismini tashkil etadi. Barcha organik oziq moddalar o’simliklardagi fotosintez jarayonida CO2 va suvdan vujudga keladigan uglevodlardan hosil bo’ladi. Uglevodlar organizm hayot faoliyati uchun zarur bo’lgan energiyaning ko’p qismini yetkazib beradi.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: laboratoriya mashg’uloti, dialogik yondoshuv, blis, tezkor so’rov, aqliy hujum, bumerang, “Klaster”, munozara.
Adabiyotlar: A1; A2; A3; A4; Q1; Q3; Q9.
Biotehnologiya jarayonlari va ularning umumiy tavsifi. Hozirgi zamonda ko‘proq diqqat e’tibor tirik organizmlarning hayot faoliyatiga suyanib olib boriladigan sanoat jarayonlariga qaratilmoqda va ular biotexnologik jarayonlar deb ataladi. Biotexnologiyaning gurkirab rivojlanishi oxirgi 40 yillarga to‘g‘ri kelib, biologiya fanining yutuqlari, genetika va hujayra injeneriyasi texnologiyalarining ishlanmalarini yuzaga kelishi, hamda tabiiy resurslarni kamayishi (yoki qimmatlashishi), an’anaviy texnologiyalarning inqirozga uchrashi bilan bog‘liqdir. Biotexnologiyaning rivojlanishi kelajakda iqtisodiy va ekologik manfaatdorlikka olib keladi.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim, namoyish etish, savol-javob, “Bumerang”, “Klaster”, “Blis-so’rov”, “Fikrlash xaritasi” , Charxpalak, B.B.B jadvali.
Adabiyotlar: A6; A12. Q2; Q3; Q4.
Biotehnologiya sanoatida qo'llaniladigan bioreaktorlar. Laboratoriya sharoitida fermentatorlar tubida olib boriladigan fermentatsiyalash jarayonlarida quyidagi bosqichlarni kuzatish mumkin: ekish materiallarini tayyorlash; ozuqa muhitini tayyorlash va sterilizatsiyalash; inokulyatorlarda ekish materiallarini o‘stirish. Ekish materialining miqdori sexdagi fermentatorlarning fizik hajmi bilan belgilanadi. Odatda, ekiladigan material miqdori, fermentatorlar ichidagi ozuqaviy muhitning 5... 10% ni tashkil qiladi. Fermentatorlarga ozuqaviy muhit va ekiladigan materiallarni yuklashdan avval, qurilmalar va boshqa kommunikatsiyalar sterilizatsiyalanadi. Fermentatorlar ichida ko‘pik hosil bo‘lishni kamaytirish maqsadida uning ichiga sirt faol modda qo‘shiladi.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim, namoyish etish, savol-javob, “Bumerang”, “Klaster”, “Blis-so’rov”, “Fikrlash xaritasi” , Charxpalak, B.B.B jadvali.
Adabiyotlar: A6; A12. Q2; Q3; Q4.
Do'stlaringiz bilan baham: |