Toshkent Farmatsevtika Instituti 2 bosqich Farmatsiya fakulteti Profissional ta’lim yo’nalishi 201 (A) gruh talabasi Bahromov javohir Mavzu


Organik moddalarning kimyoviy tuzilishi nazariyasi



Download 83,92 Kb.
bet3/3
Sana03.04.2022
Hajmi83,92 Kb.
#526533
1   2   3
Bog'liq
BahromovJjavohir

Organik moddalarning kimyoviy tuzilishi nazariyasi
XIX asr kimyogarlarining quyidagi ishlari organik birikmalar tuzilishi nazariyasining yaratilishiga asos bo`ldi.
E. Frankland tomonidan valentlik tushunchasi kiritildi (1852).
Organik birikmalarda uglerodning doimo 4 valentlik bo`lishi aniqlandi (F. Kekule va A. Kol be, 1857).
Uglerod atomlari o`zaro birikib uzun S-S bog` hosil qiladi (F. Kekule va A. Kuper, 1858).
Rus olimi A. M. Butlerov (1828-1886) organik moddalar tuzilishi nazariyasining to`la ma`noda asoschisi hisoblanadi. U bu nazariyaning asosiy qoidalarini 1861 yilda bayon qildi.
Izomeriya tushunchasining mohiyatini birinchi bo`lib tushuntirib berdi (1864), izobutilenni sintez qildi va uning polimerlanish reakciyasini amalga oshirdi (1867), bu bilan yuqori molekulyar birikmalar sinteziga asos soldi. Ko`p organik moddalarni sintez qildi.
Organik moddalarni tuzilish nazariyasi:

  1. Molekulada atomlar tartibsiz joylashgan emas, ular bir-biri bilan valentliklariga muvofiq ravishda ma`lum izchillikda birikkan. Molekulada atomlarning bunday izchillikda birikishi kimyoviy tuzilish deyiladi.

  2. Moddalarning xossalari uning molekulasi tarkibida qanday atomlar va qancha miqdorda bo`lishigagina emas, balki ularning kimyoviy tuzilishiga ham bog`liqdir.

  3. Tuzilish nazariyasining bu qoidasi, organik kimyoda keng uchraydigan izomeriya hodisasining mohiyatini tushuntirib beradi.

  4. Berilgan moddaning xossalarini o`rganish natijasida uning molekulyar tuzilishini aniqlash, molekulasining tuzilishidan esa uning xossalarini oldindan aytib berish mumkin.

A. M. Butlerovga qadar molekulaning tuzilishini aniqlab bo`lmaydi, deb hisoblanar edi. Ko`pchilik olimlar hatto molekulada atomlar real mavjudligini inkor etar edilar. A. M. Butlerov bu fikrlarni noto`g`ri ekanligini isbotlab berdi. U moddalarning xossalarini o`rganish orqali molekulaning tuzilishini, aksincha, molekulaning tuzilishi orqali ba`zi kimyoviy xossalarini aytib berish mumkinligini amalda ko`rsatib berdi.
Modda molekulasidagi atomlar va atomlar gruppasi o`zaro bir-biriga ta`sir etadi.
Bizga molekulasi tarkibida bir xil gruppa bo`lgan, lekin turli xossalarga ega bo`lgan moddalar ma`lum. Misol uchun, NaOH, C2H5OH, NO2OH, CO2(OH)2 larda gidroksil gruppalar mavjud. Shunga qaramay, ularning xossalari turlicha:NaOH – kuchli asos, S2N5ON – amalda neytral modda, NO2OH va CO2(OH)2 kuchli kislotalar hisolanadi. Bunga sabab bu moddalar bilan bog`langan atomlar hamda atomlar gruppasining o`zaro ta`siridir.
Bir-biriga bevosita bog`lanmagan atomlar ham o`zaro ta`sir ko`rsatadi. Misol uchun, xloretan CH3-CH2-Cl bilan vinil xlorid CH2qCH-Cl da xlorning reakciyaga kirishish qobiliyati turlicha bo`lishligi xlor atomiga etil va vinil radikallarining turlicha ta`siri natijasidir.
Kimyoviy reaksiyalarda modda molekulasining tashkil etgan barcha atomlargina emas, balki ayrim atomlar yoki atomlar gruppasi ham ishtirok etadi. Misol qilib etil spirti bilan natriy metalining o`zaro ta`sirini olish mumkin.
Bu reaksiyada gidroksil gruppasi (ON) dagi vodorodning o`rnini Na oladi, natijada vodorod ajralib chiqadi. Reakciya natijasida С2N5O – atomlar gruppasi o`zgarishsiz qoladi. Shu sababli, bu reakciyani barcha spirtlar uchun umumiy holda quyidagicha yozish mumkin:
A. M. Butlerovning kimyoviy tuzilish nazariyasi organik kimyo nazariy asosining poydevori hisoblanadi. Ahamiyati jihatidan uni D. I. Mendeleevning elementlar davriy qonuni bilan bir qatorga qo`yish mumkin. Davriy qonun yangi elementlar borligini oldindan aytishga imkon bergan bo`lsa, bu nazariya orqali hali hali topilmagan yangi moddalarning borligi va ularning tuzilishini aniqlashga imkon yaratdi va bir nechtasini A. M. Butlerovning o`zi sintez qilishga muyassar bo`ldi.
Tuzilish nazariyasining kashf etilganiga 140 yildan ortiq vaqt o`tgan bo`lsa ham, o`z ahamiyatini yo`qotgan emas. Fanning aniq yutuqlari bu nazariyani yangi dalillar bilan boyitmoqda va uning asosiy ma`nosini to`g`ri ekanligini isbotlamoqda.
Organik birikmalarning tuzilishini o`rganish hozirgi kunda ham organik kimyoning asosiy vazifalaridan biri bo`lib kelmoqda. Buning uchun mumtoz kimyoviy usullar bilan bir qatorda tekshirishning zamonaviy fizik-kimyoviy hamda spektroskopik (UB-ul trabinafsha, IQ-infraqizil, PMR-proton magnit rezonans, mass spektroskopiya) usullari ham keng qo`llanilmoqda. Bu borada misol qilib, buyuk o`zbek kimyogari, tabiiy birikmalar kimyosi sohasida yirik tadqiqotchilar maktabining asoschisi, akademik Sobir Yunusovich Yunusovning dunyoga mashhur fundamental ishlarini keltirish mumkin. S. Yu. Yunusov va uning shogirdlari tomonidan O`rta Osiyoda o`sadigan o`simliklardan 500 dan ortiq yangi alkoloidlar toza holda ajratib olinib, bu alkoloidlarning xossalarini o`rganish hamda tekshirishning zamonaviy spektral usullarini qo`llash natijasida barcha alkoloidlarning kimyoviy tuzilishi aniqlangan.
Izomеriya klassifikatsiyasi

IZOMERIYA




Struktura izomeriyasi

Dinamik izomeriyasi (tautomeriya)

Fazoviy izomeriyasi
(stereoizomeriya)

Uglerod skletining izomeriyasi



O`zaro holat izomeriyasi

Geometrik izomeriyasi

Dieosteromeriya

Holat izomeriyasi

Aylanma izomeriyasi(konformatsion)

Меtомеr


Optik izomeriyasi


Download 83,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish